www.ziyouz.com
kutubxonasi
378
VII
1. Bu bob sarlavhasidan uning Abdurahmon Jomiy madhiga bag‘ishlangani ma’lum bo‘ladi.
2. Zindapili Jomi (XI–XII) – Jomda tug‘ilgan mashhur-mutasavvuf shoir Abu Nasr Ahmad binni
Abdulhasanning laqabi. Uning taxallusi «Ahmadi Jomiy» bo‘lgan. Navoiy u bilan Abdurahmon
Jomiyni taqqoslab, Nizomiy va Xusrav Dehlaviylarning she’riyatdagi iqtidori ikki filcha bo‘lsa,
Jomiyning kuchi yuz filcha, tasavvuf bobida esa Zindapilning o‘ziga teng, deya mubolag‘ali ta’riflaydi.
3. Naf’yi vujud – tasavvuf istilohi –«o‘zlikni yo‘qotish” demakdir.
4. Ikki jaxon – bu dunyo va oxirat ma’nosida.
5. Olami kubro – aynan: ulug‘ olam, butun koinotni anglatadi. Tasavvufda esa inson, inson qalbi
demakdir. Shoir Jomiy kamolotini nazarda tutmokda.
6. Maqsadi aqso – aynan: eng olis, qariyb yetib bo‘lmas maqsad; bu yerda inson va uning yuragi,
qalbi mazmuniga ega.
7. Olami sug‘ro – aynan: kichik olam, tasavvufda esa bu dunyo ko‘zda tutiladi.
8. Bu va keyingi baytlarda Navoiy Jomiyni dengizga, uning asarlarini dengizdagi durlarga,
qalamini gavhar sochuvchi, ichi shakar bilan to‘la nayshakarga o‘xshatadi. So‘ngra uni duo qilib,
madhiyalar o‘qiydi.
VIII
Bu bobda Navoiy dostonni yozishga nimalar sabab bo‘lganini bayon etadi. Uning e’tiroficha, bu
dostonni yaratish orzusi – tamannosi paydo bo‘lgach, bepoyon durru gavharlar dengiziga cho‘madi,.
ya’ni ko‘p mutolaa qiladi, o‘ylaydi.
1. Qoqum xori ila naqb kelturmak – aynan: qoqum (ya’ni mayin junli) hayvonning tuki bilan
chuqur qazimoq. Shoir bu iborani qiyin mashaqqat bilan amalga oshadi, degan ma’noda ishlatadi.
2. Zaruriy bo‘ldi avzoig‘a tag‘yir – aynan: uning avzoini o‘zgartish zarur bo‘ldi. Navoiy bu
misrada o‘z asarini salaflar dostonidan boshqacha, farqli qilib yaratish fikri zarur tug‘ilganini bildiradi.
3. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonini yozishga undagan sabablardan biri – o‘zining muhabbat
sevgisi bo‘lib, bu ishqning alam va iztiroblari edi. Shoir keyingi baytlarda o‘z mahbubasi, u tufayli
o‘ziga yetishgan azobu uqubatlar bayonini beradi.
4. Baytning mazmuni – shoir ko‘ngil qo‘ygan mahbubasining ovozasi Farang (Yevropa), Xito
(Koshg‘ar) va Chin (Xitoy)ga ham yetib borgan edi, ya’ni G‘arbda ham Sharqda ham ma’lum edi,
demoqchi bo‘ladi.
5. Baytning mazmuni – menda bu g‘amdan aqlu hush qolmagan bir paytda g‘oyibdan nido (orig.–
surish) keldi, deydi. Keyingi baytlarda ana shu nidoni sharhlab shoir: Axir sen bu g‘amlarga giriftor
bo‘lishdan avval qalaming o‘tkirlashib qolgan, Xizrga o‘xshab, qorong‘i zulmatdan tiriklik suvini
xalqqa sochgan eding ya’ni yaxshi asarlar bilan xalqni bahramand qilgan eding, deb yozadi.
6. Bu baytda «Hayrat ul-abror” rejalanib, yozib tugatilgani aytiladi. Keyingi baytlarda Navoiyning
mashaqqat bilan mehnat qilib, dur va javohirlarga to‘la xazinaga erishgani, ya’ni ter to‘kib ijod qilib,
bebaho asarlar yaratgani ta’riflanadi.
7. Baytning mazmuni: g‘oyibdan kelgan nido shoirni telbalikni vayronalarda qoldirib, yana bir ganj
sori qo‘l sunishga, yana bir kon qazishga, ya’ni yangi bir asar yozishga kirishishga da’vat etadi.
Keyingi baytlarda kon qazish uchun Farhod bilan hamsuhbat bo‘lish, uning qayroq toshida teshani
tezlab olib, ish boshlash lozimligi maslahat ko‘riladi.
8. Bu baytda so‘z «Xamsa» dostonlaridan biri («Hayrat ul-abror») yozilgani, endi ikkinchisiga
(«Farhod va Shirin») kirishishi haqida bormoqda. 9. Hotif– g‘oyibdan ovoz beruvchi.
10. Pir – aynan: Qari, keksa; maj. biror diniy – ruhoniy guruhning boshlig‘i, rahbari, so‘fiylar
boshlig‘i. Bu yerda shoir Jomiyni ko‘zda tutadi.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |