Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet359/392
Sana15.02.2022
Hajmi0,87 Mb.
#450057
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   392
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
375
Shiringa ega bo‘lish maqsadida o‘z otasi Xusravni o‘ldirganida, Shirin erining jasadi ustida o‘zini 
halok qiladi. 
Xusrav Dehlaviyda Shirin ancha sust, sevgida ham barqaror bo‘lmagan (Xusrav Parvez va Farhod 
sevgilariga javobda ikkilanadi), hatto Farhod o‘limidan keyin Xusravdan o‘ch olish maqsadida uning 
xotinini zaharlab o‘ldirishgacha yetib boradi. Binobarin, Xusrav Dehlaviy talqinida Shirin vatani va 
xalqi qayg‘usini chekkani o‘z aksini topmaydi. 
Navoiy esa Shirinni har jihatdan mukammal, Farhodning muhabbatiga loyiq, unga vafodor bo‘lgan 
qahramoya qilib yaratadi. «Navoiy tasvirida u nihoyatda go‘zal va bu go‘zallik esa uning ruhiy 
dunyosining asosini ham tashkil qiladi. Navoiy Shirinni elning baxtu saodati, yurtning obodonligi 
tajassumi sifatida ham tasvirlaydi”. (Erkinov S. Farhod va Shirin // O‘zbek adabiyoti tarixi. II. 242-
bet). 
11. Xusrav – Sharq xalqlari og‘zaki ijodi va yozma adabiyotida keng tarqalgan obraz. Uning tarixiy 
ildizi sosoniy podshohlaridan Xusrav II Parvez (VI asr oxiri) faoliyatiga qadaladi. Badiiy adabiyotda, 
chunonchi, Firdavsiyning “Shohnoma»si, Nizomiyning «Xusrav va Shirin»ida ideal shoh. Alisher 
Navoiyda esa Xusrav mutlaqo salbiy qahramon sifatida talqin etiladi. 
12. Shabdez – qora tusli ot. Xusrav otining nomi. Bu baytda shu so‘z orqali ham kecha 
qorong‘uligiga, ham otga ishora qilinmoqda. 
13. Shopur – Eroniy mashhur rassom (q. XXXIV bob. 2-izoh). 
14. Sheruya – Xusrav Parvezning o‘g‘li. 
15. Nikiso – Xusrav Parvezning xos mashhur mashshoqlaridan. 
16. Zuhra – Venera, Sharqda erta tongda, G‘arbda kechqurun porlab ko‘rinadigan yorqin yulduz. 
Qadim yunonlarda muhabbat ma’budasi sifatida tasvirlangan. Zuhra ba’zan Nohid nomi bilan ham 
ataladi. Zuhra go‘zallik, muhabbat hamda musiqa homiysi hisoblanadi.
17. Borbad – Borbud – Xusrav Parvezning mashhur hofizi. Badiiy adabiyotda umuman yaxshi 
xonandani anglatadi. 
18. Bahrom – Mirrih– Mars sayyorasi. Ilmi nujumcha Bahrom harbiy ishlar homiysi sanalgan. 
19. Besutun – Bihistun (Bihishtun)–Shimoliy Eronda, Hamadon shahridan 100 km. g‘arbda tog‘ 
oralig‘idagi qoya. Bu qoya rivoyat va afsonalarda ko‘pincha Farhod nomi bilan aloqali holda tilga 
olinadi. Farhod shu tog‘ etaklarida kanal qazigan, shu tog‘ni kesib yo‘l ochgan qahramon sifatida 
tasvirlanadi. 
Shoir o‘z dostoni «Farhod va Shirin»ni minglab mashhur Besutun yodnomalaridan yuksak deb 
ta’riflaydi. Bu bilan adabiyotdagi mubolag‘a san’atini qo‘llaydi, ayni choqda “faxriya” san’atidan ham 
foydalanadi. 
III 
1. Bu bob «Munojot» deb atalsa-da, unda Navoiy insonni yo‘qlikdagi holati, so‘ngra, vujudga 
kelishi, go‘dakligi, hayoti to‘g‘risidagi fikrlarni bayon etadi. Shoirning inson yaratilgach, iloh 
ixtiyorida bo‘ladi, u taqdir belgilagan ishlarnigina bajaradi, bnnobarin, inson yo‘l qo‘ygan xato, 
gunohlar uchun aybdor emas, unga shularni avvaldan ravo ko‘rgan o‘sha yaratuvchi aybdordir, – deya 
bildirgan fikrlari uning inson himoyasida nechog‘lik qat’iy turganligini ko‘rsatadi (Qayumov A. 
«Farhod va Shirin» sirlari, 10-bet). 
2. Mustafo – arabcha tanlangan, saralangan, saylangan demakdir. Muhammad payg‘ambarning 
laqabi. Bu va oldingi misralarda Navoiy ilohga murojaat qilib, shu asarni yaratishda madadkor 
bo‘lishni iltijo qiladi, bu yo‘lda Muhammad payg‘ambardan ham shafoat yetishishini istaydi. 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish