Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/392
Sana15.02.2022
Hajmi0,87 Mb.
#450057
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   392
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
381
Badiuzzamon Mirzo – Husayn Boyqaroning katta o‘g‘li. Otasi o‘lgandan keyin (1506) Xuroson 
taxtiga o‘tiradi va Shayboniyxon kelganda unga qarshi urushda mag‘lubiyatga uchrab (1507 y. 20 
may), Shoh Ismoil safaviy huzuriga qochadi. Usmonli turk sultoni Sulton Salim Shoh Ismoil bilan 
urushib Tabrizni ishg‘ol qilgach (1514), Badiuzzamonni Istanbulga olib ketadi, U yerda ko‘p o‘tmay 
Badiuzzamon vabo kasalidan vafot etadi. Qabri Ayyub Ansoriy qabristonida. 
Alisher Navoiy bu shahzodaga katta umidlar bog‘lagan edi. U bilan Sulton orasida nizolar paydo 
bo‘lganida Navoiy ularni murosaga keltirish uchun, o‘g‘ilning ota izmida bo‘lishi uchun tinmay 
harakatlar qilgan edi. Navoiyning «Munshaot» tarkibidagi qator maktublari, dostonlaridagi 
bag‘ishlovlar bu fikrga dalildir. 
2. “Nasrun minalloh” – arabcha: yordam Ollohdandir. 
3. Birjis (Burjis) – Mushtariy – Yupiter sayyorasi. Bu baytda shoir shahzodani ta’riflab, uning 
yuzini quyoshga, yuzidagi terlarni Zuhra va Mushtariylarga nisbat beradi. 
4. Bog‘i nav – Hirot atrofidagi go‘zal bog‘lardan biri.
XII 
Bu bob sarlavhasida Chin xoqonining ta’rifi beriladi, uning befarzand ekani va Farhodning 
tug‘ilishi haqida so‘z ketishi bayon etiladi. 
1. Adam shabistonidin vujud gulshanig‘a kelgani – aynan: yo‘qlik qorong‘i kechasidan borliq 
gulshaniga kelishi, ya’ni dunyoga kelishi, tug‘ilishi. 
2. Afridun – Faridun – qadimgi Erondagi peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Navoiyning 
«Tarixi muluki Ajamda yozishicha, ba’zi manbalarda uni Jamshid nabirasi, boshqalarida esa Taxmuras 
(Jamshidning aka yoki ukasi) avlodidan deb qayd qilinadi. Faridun zolim va odamxo‘r shoh Zahhokka 
qarshi temirchi Kova – Kovai ohangar isyoniga qo‘shilib Zahhokni o‘ldiradi. Navoiy Faridunni 
«yaxshi axloqli va odil» edi deb ta’riflaydi. Faridun o‘zining xazina – boyligi bilan mashhur. Bu yerda 
shoir Farhodning otasi Chin xoqoni fazilatlarini Faridunga o‘xshatadi. 
3. Qorun – nihoyatda katta boylikka ega afsonaviy shaxs, lekin u o‘ta xasis bo‘lgan emish. Diniy 
rivoyatlarga ko‘ra, u Muso payg‘ambar aytganlariga amal qilmagan, buning uchun xudo butun boyligi, 
xazina, saroylari bilan yer qa’riga kiritib yuborgan emish. Badiiy adabiyotda Qorun davlatmandlik va 
xasislik ramzi kabi ishlatiladi. Bu yerda Chin xoqoni xazinasi Qorunnikidan yuz ming marta ortiq edi
deb ta’riflanadi. 
4. Kishvardih – aynan: mamlakat beruvchi. Bu bayt mazmunida «qaram», «tobe» ma’nosida 
keladi. 
5. Kishvarsiton – aynan: mamlakat oluvchi. Bu yerda «hukmdor» ma’nosini anglatadi. 
6. Bu va keyingi baytda shoir obrazli qilib: – davron xoqon barmog‘iga shunday bir uzuk taqdiki, 
bu uzukning ko‘zida otashin la’l parchasi yonib turgandek edi. Uning yuzida ishq sirlari yozilgan, 
ichida esa dard, alamlar tumori o‘yib bitilgan edi, – deydi. Navoiy shunday qilib, Farhodning dunyoga 
kelishidayoq uni ishq nuri va otashi bilan yo‘g‘rilgan, ana shu ishq iztiroblariga mahkum etilgan edi, 
deya o‘quvchilarini ogohlantirib o‘tadi. 
7. Siyovush – qadimgi afsonaviy qahramon, Eron shohi Kaykovusning o‘g‘li. Firdavsiyning 
«Shohnoma»sida yozilishicha, uni pahlavon Rustam tarbiyalagan. Siyovushga o‘gay onasi Sudoba 
oshiq bo‘lpb qoladi. Siyovush uni rad etganda Sudoba tuxmat qiladi. Otashparast (o‘tga, olovga 
tolpinuvchilar) odatiga ko‘ra, Siyovushning otasi uning pokligini isbotlash uchun oti bilan gulxandan 
o‘tkazadi. Shu ondayoq alanga gulshanga aylanadi. Siyovush Turonga, uning podshohi Afrosiyob 
panohiga qochadi. Afrosiyob qizi Farangizni berib, Siyovushni o‘ziga kuyov qilib oladi, lekin 
keyichalik saroydagi fitnalar natijasida undan badgumon bo‘lib, boshinn kestiradi. Sharq pozziyasida 
«Siyovush qoni» tushunchasi juda ko‘p uchrab turadi. Bu baytda shoir Farhodning pokligi, dard elining 
shohi ekanligini ta’kidlash uchun go‘yo uni Siyovushning o‘t ichida sayr qilib yurganida tug‘gan 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish