www.ziyouz.com
kutubxonasi
386
qasamyodi» – shifokor burchi va xulq-atvorining qisqacha ta’rifi shu olim qalamiga mansub deb
hisoblanadi. Bu yerda Navoiy Suqrot hakimni bilimdon, donishmandlikda zamonasining Buqroti desa
bo‘ladi, – deya ta’riflamoqda.
XX
Bu bob sorlavhasida Farhodning Yunon mamlakatiga borishga azm etgani, Xoqon Mulkoro bilan
kengashib, Farhodni olib Yunonga qo‘shin tortmoqqa qaror qilgani bayon etiladi.
1. Baytning mazmuni: Bugun shoh (ya’ni Xoqon) zamonning eng aqlli kishisidir, uning porloq
ko‘ngli davlat mash’alidir.
2. Dastur – bu o‘rinda «vazir», ma’nosida ishlatilgan.
3. Baytning mazmuni: qo‘shin to‘plakadigan vaqtni va joyni tayin qilib, tavochi har garafga bu
haqda jar soldirdi.
XXI
Bu sarlavhada Farhodning maqsadlariga yo‘l topish uchun Xoqonning Yunonga qo‘shin surgani
va u yerda mamlakat donishmandlari bilan birgalikda Suhaylo hakim g‘origa va barchalari Suqrot
g‘origa yetishganlarini ma’lum qiladi.
1. Suhaylo – bu ism Suhayl nomli yorug‘ yulduz nomidan olingan (ast. Konopus). O‘rta asr
munajjimlari bu yulduz yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, deb biladilar. Bu yerda Yunondagi mashhur
donishmand hakimning nomi. U ham Suqrot kabi g‘orda yashaydi.
2. Jomosp – qadimgi Eronning afsonaviy donishmandi va munajjimi. Uni Luqmonning shogirdi
deb biladilar. Kelajak voqealaridan xabar qiluvchi «Jomospnoma» nomli kitobni shu donishmandga
nnsbat- beradilar. Navoiy Suqrot g‘origa ketayotganlarga Suhaylo «Jomosp»dan Farhodga yulduzi
baland degan xushxabar yetkazganini bayon qiladi.
3. Baytning mazmuni: maqsadim mamlakatlarni fath etish emas, balki tahlikali joylarni yengish
edi.
4. Baytning mazmuni: abadiy saodat hamrohlik qilib Atorid yoniga oy bilan quyosh keldilar. Bu
yerda Navoiy istiora san’atini ishlatadi. U Suhaylo hakimni Atorid, Farhodni oy, Xoqonni esa quyosh
deb atamoqda.
5. Bu va keyingi baytlarda Suhaylo tilidan – Jomospning o‘limidan keyin hakimlar uning
aytganlarini yozib qoldirishlaridan menga ayonki, ming yildan so‘ng Chindan Yunonga bir Farhod
degan yigit keladi. U ancha qiyinchiliklardan so‘ng Iskandar tilsimini ochadi. Ammo ungacha Farhod
ajdarni o‘ldirishi kerak, shunda bebaho xazina chiqadi. So‘ngra devni (ya’ni Ahramanni) qatl etishi
kerak, buni bajarganda Sulaymon payg‘ambarning uzugini qo‘lga kpritadi. Tilsimni ochganida
Jamshid jomiga ega bo‘ladi. Bularnn Farhod Xoqonga bag‘ishlasin, unga esa Suqrotni ko‘rishi va
Iskandar oynasi kifoyadir, – deydi.
6. Sulaymon hotami – Sulaymon – Tavrot bo‘yicha Solomon podshoh, islomda Sulaymon
payg‘ambar. Diniy rivoyatlarga qaraganda, unga xudoning muqaddas, yashirin va sirli ismi ma’lum
bo‘lgan va bu so‘z (ismi a’zam) uning hotamiga – uzugiga naqshlangan – o‘yib yozilgan ekan. Bu
uzuk vositasida Sulaymon faqat odamlarga emas, balki hayvonlar, hasharotlar, insu jinslarga ham o‘z
hukmini o‘tkaza olar ekan. Sharq adabiyotida uning Sabo (Navoiyda Saibo) diyori malikasi Bilqis
bilan oshiq-ma’shuqligi hamda sehrli uzugi qalamga olinadi. Navoiy o‘zining «Tarixi anbiyo va
hukamo” asarida Sulaymon haqidagi rivoyatlarga keng o‘rin ajratadi (q. Alisher Navoiy. Asarlar. 15-
tom, 224–231-betlar).
7. Samandar – mayda bir jonivor. Afsonalarga ko‘ra, u olovda tug‘ilib, olov ichida yashar emish.
Bu yerda Suhaylo hakim Farhodga ajdar bilan olishuv paytida o‘t-olovdan saqlanish uchun bir idishda
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |