www.ziyouz.com
kutubxonasi
305
Kim ul devona sori devrayvand,
O‘zi devu so‘zi devona monand.
Bu ra’noni aningdek aylamish sayd
Ki, dev etgay kishini ozg‘urub qayd.
Singursam g‘ussadin o‘lmak kerakdur,
Ishimga borcha el kulmak kerakdur.
Kishi ko‘rgaymu mundoq turfa o‘lmak,
Ulusdin yig‘lamoq o‘rnig‘a kulmakg‘
Agar xud aylasam oshubu bedod,
Muning birla ham o‘lmas xotirim shod
Ki, majnunni bilurmen begunahdur,
Gunahsiz qong‘a mayl etmak tabahdur.
Kamandi rishtai fikrim uz oxir,
Manga bu ishda bir yo‘l ko‘rguz oxir.
Ikovlon aytibon afsona behad,
Ko‘p aylab bir-birining ra’yini rad.
Ham oxir bo‘yla bo‘ldi ishga tadbir,
Qayu tadbirg‘ Makru revu tazvir
Ki, torqaylar nahusat intisobi
Ki, bo‘lg‘ay qatl anga ra’yi savobi.
Degaylarkim borib devona sori,
Nuhusat o‘tidin urg‘ay sharori.
Degaykim, Xusrav Arman shahrin oldi,
Bori komin sirehr ilgiga soldi.
Ishi Shirin bila surmak durur kom,
Mihinbonu bila ichmak durur jom.
Qilib Bonu anga Shirinni hammahd,
Ikovdurlar nechukkim shakkaru shahd.
Chu ul ko‘rdi sanga Xusravni foyiq,
Anga oshiqlig‘ing emdi ne loyiqg‘
Chu sendin ketti ul, sen ham qo‘ru ket,
Yeriga yetti, sen ham mulkinga yet.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |