www.ziyouz.com kutubxonasi
304
Haq andin asrasunkim, bo‘yla oshiq
O‘zin ko‘rgay murod avjida foyiq.
Chu ul maqsud bilmish ishqdin kom,
Mening vaslim xayolidur anga xom.
Erur bu ishda sa’yu ehtimomi,
Tamomi harzau zoe tamomi.
Mening jismimda to jondin ramaqdur,
Ishim qo‘rg‘onda o‘zni asramaqdur.
Qazo qilsa meni oning asiri,
O‘lumdin chun kishining yo‘q guziri.
Tanimni aylabon xanjar bila chok,
Ani qilmay visolimdin tarabnok.
Bu yanglig‘ ko‘p hadisi otashangez
Ki, bir-bir o‘qudi borini Rarvez.
Balou dard o‘ti jonig‘a tushti,
Tazalzul jismi vayronig‘a tushti.
Agar insof ila aylab taammul,
Bilibkim, har nekim yozmishdur ul gul.
Savob ish mutlaq oning jonibidur,
Bori ishda Haq oning jonibidur.
Va lekin saltanat nomusu nomi,
Yana surmak havoyi nafs komi.
Ani insof sori qo‘ymayin hech,
Solib ko‘ngliga fikri rech-darrech.
Ishorat aylabon Shorurg‘a band,
O‘zi g‘am bandida Shorur monand.
Buzurg Ummidni chorlab nihoni,
Arog‘a qo‘ydi rinhon mojaroni
Ki, bu ish anduhidin chiqti jonim,
Ko‘ngildin ko‘z sori mayl etti qonim.
Manga bu dard aro bir chora qilg‘il,
Halok o‘lg‘umdurur yo‘q ersa, bilgil.