www.ziyouz.com
kutubxonasi
302
Qachonkim minsa gardunraykari tez,
Qo‘lida chekkan o‘lsa tig‘i xunrez.
Erur Xusravg‘a bas andishai xom,
Qayon ul borsa qo‘ymoq ul taraf gom.
Chu bu afsonani fahm etti Rarvez,
Tafakkur o‘ti tushti ko‘ngliga tez.
Hamul yerdinki erdi xasta Farhod,
Bu yerga tegrukim ul sarvi ozod
3
.
Ne yo‘lkim bor edi aylab kaminlar,
Kamingahlarda qo‘ydi ahli kinlar
Ki, tergab borg‘anu kelgan kishini,
Tafahhus aylabon har kim ishini.
Aningdek kimsa uchrab yo‘llarig‘a
Ki, taqrir o‘ldi kirsa qo‘llarig‘a.
Keturgaylar ani Rarvez uchun tez,
O‘zi bilgay nechukkim qilsa Rarvez.
Qazodin ul iki-uch kunda Shorur
Topib Farhod robo‘sig‘a dastur
4
.
Parivashdin yana bir noma olib,
Borur erdi sabodek ro‘ya solib.
Chu tortilar ul el, qilg‘onni matlub,
Tafahhus qilg‘och oni, chiqti maktub.
Bitik birla o‘zin Xusravg‘a filhol,
Tavaqqu’lar bila qildilar irsol.
Chu bu nav’ ish ayon qildi zamona,
Bo‘lub Xusrav bag‘oyat shodmona.
Qilib ul elga ulkim sharti ehson
Ki, bu mushkil alardin bo‘ldi oson.
O‘qudi chun ochib ul turfa noma,
Quyi solib boshin andoqki xoma.
Chiqordi ul savodi anbarolud,
Savodi xoma yanglig‘ boshidin dud.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |