O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti
PEDAGOGIKA FAKULTETI
« Tarbiyachiika » kafedrasi
5141600-Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish yo’nalishi
3- kurs talabasi
Xalnazarova Gulnoraning
«Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Tarbiyachining kasbiy fazilatlari
Ilmiy rahbar: Sh.Eshpo’latov
Samarqand – 2012
Reja
Kirish.
1. Tarbiyaviy ishlar tizimida tarbiyachining faoliyati.
2. Tarbiyachining kasbiy xususiyatlari.
3. Tarbiyachining shaxsiy xususiyatlarining tasnifi.
Xulosa.
Foydalangan adabiyotlar.
Kirish
Tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishlar kasblar, kasbiy faoliyatlar va birinchi navbatda, tarbiyachilik, kasbi va faolyati bilan bogliq ekanligi hammaga ayon.
Jamiyatda tarbiyachining tutgan o’rni, davlatning pedagoglarlarga bo’lgan munosabati, o’qituvchilarning iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli o’sha davlat, mamlakatning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi. Pedagoglik kasbi qanchalik jamiyatda yuqori mavqyega ega bo’lsa, o’sha mamlakatning kelajagi ham porloq bo’ladi.
Agarda mamlakatda bo’lsa u davlatning porloq kelajagi, jadal rivojlanishi haqida gap bo’lishi mumkin emas.
Qadimda ham tarbiyachilarning jamiyat rivojlanishidagi yuksak o’rnini tushunishgan, ularning mehnatlarini qadrlashgan va buyuk so’z bilan ustoz deb atashgan. Ustozlar ham bundan muqaddas so’zga munosib bo’lishga harakat qilishgan va o’z kuchlari, bilimlari, aqil zakovotlarini yosh avlodga berishgan. Jamiyatda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy munosabatlar o’zgarganda bu jarayonning istiqloliy rivojlanishi bevosita ta’lim tarbiya tizimi isloh etish bilan bog’liq holda ko’chib o’tish davriga xos so’ngi o’n yil mobaynidagi tajribalardan ko’rinib turibdi.
“T’alim to’g’risida”gi va “Kadirlar tayorlash milliy dasturi” qonunlarda belgilab berilganidik, islohatlarni muvaffaqiyatli amalgam oshirishga ma’sul bo’lgan jamiyat a’zolari birinchi galda o’z kasbining mohir ustasi bo’lgan tarbiyachi kadrlar tayorlash dolzarb vazifa bolib qolmoqda.
Ayniqsa milliy g’oya va milliy mafkura asosida amalga oshadigan rivojlanishga yoshlarning ongli munosabatlarini shakillantirish tarbiyachilar oldiga katta mas’uliyat yuklaydi. Shundan kelib chiqib, Prezidentimiz I.A.Karimov yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan hozirgi kun talablari asolarida fikrlay oladigan etuk kadrlarni tayorlash – ham ijtimoiy, ham iqtisodiy muommolarimizni hal etishning kaliti hisoblanadi- deb alohida uqtirib o’tgan.
Sharqona kasbiy- insoniy munosabatlarni shakillanishi axloqiy tarbiya bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning ma’naviy asosi xususida birinchilar qatorida allomalar, Xos Xojib va Alisher Navoiy tomonidan fikr yuritilgan. Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy madaniy insoniy xususiyatlarining shakillanishida boy ma’naviy merosimiz asoslari Koshifiy Abdulla Avloniy va boshqa kabi allomalarimizning ulkan merosini o’rganish hamda amalga tadbiq etish bugunning, ayniqsa tarbiyachiika faning dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Ushbu muommoning ijtimoiy tarbiyachiic mohiyati N.Abdukarimov, M.Achilov, M. Ashurov, N. Shodiyev, M. Qurbonov va boshqalarning ilmiy izlanishlarida o’z ifodasini topgan.
Ammo ko’rib chiqilgan tadqiqot ishlarida bo’lajak tarbiyachining kasbiy madaniy va insoniy munosabatlarini shakillantirishi muammosi to’laligicha o’z echimini topgan deb bo’lmaydi. Shu vaqtga qadar ,,Kadrlar tayorlash milliy dasturida belgilab berilgan” mehnat bozoriga xos munosabatlarida o’qituvchining o’rni vazifasi, kasbiy insoniy xislatlari etarlicha aniqlanmagan iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar echimida sharqona kasb madanyatining mohiyati etarli ilmiy asosda echilmagan. Bo’lajak pedagog- talaba erkin shaxs sifatida munosabatlar olamida o’zining kasbiy - madaniy, insoniy mavqeyini to’liq anglab olish imkloniyatiga qodir emas. O’z echimini kutayotgan bu masalalar muommoning dolzarbligini belgilaydi.
Shundan kelib chiqib, ushbu muommoning qo’yilishi va ilmiy jihatdan hal etilganligiga ko’ra ishining mavzusi “Tarbiyaviy ishlar metodikasida tarbiyachi mahoratining o’rni” deb belgilangan.
Ishining maqsadi tarbiyaviy ishlar tizimida tarbiyachi mahorati, uning insoniy ahloqiy sifatlari, kasbiga oid ko’nikma va malakalarning mohiyatini ochib berishdan iborat.
Ishing maqsadidan kelib chiqqan holda qo’ydagi vazifalar belgilanadi:
1. Tarbiyaviy ishlar tizimida tarbiyachi mahoratining kasbiy-insoniy xususiyatlarini nazariy – metodologik va ijtimoiy mohiyatini yoritib berish.
2. Tahlillar asosida tarbiyachida shakillanishi lozim bo’lgan ijobiy hislatlar tizimini aniqlash.
3.Tarbiyaviy ishlar tizimida tarbiyachi mahoratining kasbiy, madaniy, insoniy xususiyatlarini takomillashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy, uslubiy tavsilotlarni tahlil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |