www.ziyouz.com kutubxonasi
308
Talavvun jinsi jinsidin muraqqa’
4
.
Degil Maryam haramda tormayin kom,
Kelibdur Tur uza tutmoqqa orom.
Ko‘rub Farhod yerdin qo‘rti filhol,
Salomig‘a, alifdek qad qilib dol.
Savol etti kelur kayfiyatini,
Bu kelmaktin ne erkan niyatini.
Dedi qalb oyati xolis namuna,
Urub holig‘a na’li bozguna
Ki, bordurmen zaifi xastajone,
Ulusdin rishta uzgan notavone.
O‘n-o‘n besh yil maqomim xilvat erdi,
Ishim xilvatda Haqqa toat erdi.
Jahon ichra kishi birla ishim yo‘q,
Ishim bu — Tengridan o‘zga kishim yo‘q.
Chu Arman mulkida amniyat erdi,
Mening holimg‘a bu kayfiyat erdi.
Bu shohekim, kelibtur oti Rarvez,
Aningdek fitna o‘tin ayladi tez
Ki, eldin bordi zavqi xonumoni,
Eshitmish bo‘lg‘asen sen dog‘i oni.
Chu ul mulk ahli bo‘ldi munqalib hol,
Manga ham munqalibvash bo‘ldi ahvol.
Huzuri toat anda qolmadi hech,
Dedimkim, erta kunni qilmayin kech.
Xaloyiqdin yiroqroq tiyra g‘ore,
Toray yonida oning chashmasore.
g‘izou qut olib zikri nihondin,
Kiray andoqki, hargiz chiqmay ondin.
Ajaldin yetsa umrum xaylig‘a zo‘r,
Hamul tiyra mag‘ok o‘lg‘ay manga go‘r.
Kezar erdim bu savdodin mushavvash