www.ziyouz.com kutubxonasi
244
Topib andin navozishlar gadolar,
Ko‘rub har dam navolar benavolar.
Ayoqqakim tikan kirsa nihoni,
Tilab mujgoni birla cheksa oni.
Anga bu holu, ammo Xusravi ahd,
Aning daf’ig‘a aylar sa’y ila jahd.
Tunu kun aylabon oning so‘zin zikr,
Buzurg Ummid birla ko‘p qilib fikr
Ki, shoyad ishga nav’i chora bo‘lg‘ay
Ki, Farhod o‘rtadin ovora bo‘lg‘ay
Ki, andin bo‘lmasa xotir haroson,
Bo‘lur qo‘rg‘onni olmoq ul dam oson.
Aning har bir ishin kim el qilib fosh,
Taajjub yo g‘azabdin irg‘otib bosh.
Ham oxir bo‘ldi raydo naqshboze,
Ne mushkil hiyla bo‘lsa chorasoze.
Qachonkim zohir aylab makru talbis,
Bo‘lub bir fahmi yo‘q shogirdi iblis.
Anga shah zohir etti muddaosin
Ki, istarbiz bu majnun ibtilosin.
Agar sen aylasang bu ishga chora,
BErurmen naqd behaddu shumora.
Fusunrardoz mundog‘ surdi guftor
Ki, oni makr ila aylay giriftor.
Aningdekkim, dimog‘idin ketib hush,
O‘luk yanglig‘ yiqilsun yerga madhush.
Vale kelturmagiga chora bilmon,
Bu ajzimdin bu ishga bora bilmon.
Dedi Xusrav: «Sen etsang oni behush,
Kamingahda qo‘yay men yuz zirihro‘sh
Ki, chorqoylar kamindin bo‘lg‘ach ogoh,
Keturgaylar ani andoqki dilxoh».