www.ziyouz.com kutubxonasi
243
Valek ul yonki Farhod erdi sokin,
Cherik kelmak yovuq yo‘q erdi mumkin.
Tiyib a’do sirohin ming qoridin,
Dema bir soridinkim, har soridin.
Yetib toshi nechukkim, ra’d toshi,
Uchub gar tegsa sheri sharza boshi.
Toshig‘a ming qori yerda nishona,
Urub gar xud erur xashxosh dona.
Bu andin turfaroqkim tegsa ul tosh,
Bo‘lub Alburz tog‘i bo‘lsa xashxosh.
Chorib xoroni beandoza haddin,
Otar toshi yo‘nub ko‘rrak adaddin.
Bu ishlar bor edi mardudi oning,
Vale izhoridin maqsudi oning
Aodi xaylini qo‘rqutmoq erdi,
Alardin o‘zni solim tutmoq erdi.
Yo‘q ersa yo‘q edi mumkinki ul zor,
Tegurgay rashshaning rarrig‘a ozor.
Birovga yetsa erdi charxdin ranj.
Bu andin ko‘p bo‘lur erdi alamsanj.
Zaife cheksa erdi dardlig‘ oh,
Bu tortar erdi yuz ming ohi jonkoh.
Ne mumkin erdi ul mahzun ishiga
Ki, andin bir alam yetkay kishiga.
Vale a’doni qo‘rqutmoq futuri,
Anga jon vahmidin erdi zaruri
Ki, jonkim andadur jonon vafosi,
Nechuk qilg‘ay ani dushman fidosi.
Shukuhidin yetib biym ahlig‘a biym,
Ko‘rub taslim andin ahli taslim.
Borib darmondalar qoshig‘a oning,
To‘kub ko‘z yoshi ko‘z yoshig‘a oning.