O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurigadi
Ta’im sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Jamol Kamol
Qatrada olam mujassam Buyuk ingliz
adibi Vilyam Shekspirning
o‘lmas ijodi namunalarini
mutolaa qilar ekansiz,
ulardagi olamshumul
g‘oyalar, ummondek hadsiz va bo‘hrondek shiddatli ehtiroslar, ezgulik va
razillikning hayot-mamot kurashi sizni sehrlamay qolmaydi. Daho
dramaturg va shoir nazmiy va nasriy asarlarida g‘oyat
mahorat bilan
qalamga
olgan tarixiy voqealar,
siyosiy va huquqiy muammolar,
murakkab insoniy munosabatlar adabiyot
ixlosmandlarini girdobiga
tortishi shubhasizdir.
Sinchkov o‘quvchi ayni paytda V.Shekspir
tomonidan bitilgan
satrlarda quyosh shu’lasida nogahon tovlangan olmos qirralaridek “yarq”
etadigan so‘zlarni uchratib, o‘zgacha zavq-shavq oladi.
V.Shekspirning so‘z boyligi hayratga solmay qolmaydi.
Tadqiqotchilar uning ingliz tilini rivojlantirishga qo‘shgan
beqiyos
hissasini yakdillik bilan ta’kidlaydilar.
Shu bilan bir qatorda, u “qatrada
olamni mujassamlashtirish” qudratiga ega adib ekanligi yaxshi ma’lum.
Buyuk ingliz shoiri va dramaturgi asarlaridagi quyma, serma’no jumlalar
allaqachon maqol va matallarga aylanib ulgurgan.
(125 so‘z)