O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurigadi
Ta’im sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Toshkent
Toshkent - mustaqil O‘zbekiston Respublikasining poytaxti. Bu
go‘zal shahar MDHda eng chiroyli shaharlardan biri hisoblanadi. Poytaxt
shaharda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorgohi joylashgan.
Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi,
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy va Oliy
xo‘jalik sudlari, ijroiya hokimiyatning markaziy organlari, ya’ni
respublika vazirliklari va davlat qo‘mitalari faoliyat ko‘rsatadi. Poytaxt
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik vakolatxonalari
joylashgan maskandir.
Toshkent - qadimiy, ikki ming yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan yirik
shahar. Tarixiy manbalarda uning nomi “Choch”, “Shosh”, “Shoshkent”,
“Madinat-ash Shosh”, “Binkat” va “Tarkan” shakllarida uchraydi.
Shaharning Toshkent deb atalishi dastlab X-X1 asrning mashhur olimlari
Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshg‘ariy asarlarida tilga olinadi.
Zamonaviy Toshkentning umumiy maydoni 25 ming gektarni
tashkil etadi. Toshkent aholisining soni jihatdan MDH davlatlari ichida
Moskva, Sankt- Peterburg va Kiyevdan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.
(130 so‘z)
Do'stlaringiz bilan baham: |