Landshaft dizayni va interyer



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/70
Sana15.02.2022
Hajmi2,26 Mb.
#449457
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70
Bog'liq
interyer loyihalash va arxitekturaviy grafika

28 
Dor orderi:
Yunonistonda tashkil topgan. U qadimgi yunon me`morchiligining 
eng keng tarqalgan namunasidir. Orderning nomi Vitruviyning asarlarida ham 
uchraydi. Toskan orderiga nisbatan doriy orderi ancha hushqaddir. Uning karnizdan 
farqqiladigan ikkita kо‘rinishi mavjud.
Karnizni ushlab turuvchi qismi birinchi tur orderida qator plitalarga ega, ular 
sleznik (tarnov)li plitaning tagida joylashgan. Bu konstruktiv yechimli, 
bо‘rttirmalarga ega bо‘lgan konsollar "modulon" deb ataladi. Bu orderlarning turi 
"modulonli doriy orderi" degan nomga ega. Modulonlarning pastki qismi о‘ziga xos 
detallar bilan ishlangan, ular "kaplya" (tomchi), "gutta"lar (о‘zi bilan modulonlarning 
tepa qismiga biriktirilgan kesik konusni ifodalaydi) deyiladi. Karniz esa ancha 
oldinga bо‘rtib chiqgan, uning uzunligi ikki modulga teng. 
Dor orderining yana bir turi - "zubchik"li (tishli) orderdir. U modulonlar о‘rniga 
zubchiklar yoki suxariklar (dantikulalar) joylashganligi bilan farqqiladi. Zubchiklar 
bо‘rtib chiqgan toshlarga о‘rnatilgan va shakli parallelepipeddir. Ular о‘zida osilib 
turgan plitalarni ushlab turuvchi konsol vazifasini mujassam etgan. Bu jismlar 
qadimda taxta tо‘sinlardan,ingiyaka hо‘lalar ishlatilishidan kelib chiqgan bо‘lishi 
ham mumkin. 
Dor orderining sezilarli xususiyatlari bor. U sal bо‘rtib chiqgan tо‘g‘ri burchakli 
tо‘rtburchaklardan tashkil topgan. Tо‘g‘ri burchakli tо‘rtburchaklar chetlaridan 
"faska"lar bilan bezatib chiqilgan. Tarz qismida esa tarnovda tutashuvchi ikki vertikal
uchburchaklar bilan ishlov berilgan. Doriy frizining bu qismi triglif deyiladi. 
Karnizning pastki tokchasi friz tekisligidan sal bо‘rtib chiqgan, triglifni aylanma 
о‘rab chiqadi va triglif kapitelini tashkil qiladi. Trigliflar modulonlar bilan bir 
kenglikda joylashgan va kengligi 1, balandligi esa 1 ½ modulga teng. Triglif 
orasidagi modullar esa "metopa" deyiladi, ular ba`zida relyefli haykallar tasvirida 
ishlangan. Arxitrav va trigliflar tiranib turadigan, bо‘rtib chiqgan tokchalar bilan 
bezatilgan. Bu tokchaning nomi "teniya". Har bir triglifga "regola" deb nomlanuvchi 
tokchalar tо‘g‘ri keladi. Uning tagida 6ta "kaplya" (tomchi) joylashgan va bu 
tomchilarning о‘qlari triglif qovurg‘ali kesmalariga mosdir.


29 
Bu tomchilar kesmalangan konuslarning yarmi yoki ¾ qismidagi shakllardir va 
ular arxitrav tekisligiga mos ravishda birikadi. Tarnov tekisligining pastki qismi soffit 
deyiladi va modulonlar orasida yengil chuqurchalar kо‘rinishida ishlanadi.
Trigliflar ustunlarning о‘qlari va oralari bо‘ylab joylashadi. Ularning miqdori 
interkolumniyalarning kengligiga bog‘liq. Triglifni ustunda burchak ostida 
joylashuvida friz va triglif orasida metopa qismi uchun joyqoladi. Bu usul Rim doriy 
orderiga mansub.
Ba`zi tadqiqotchilar doriy order antablementining shaklini oldingi davrda 
taxtadan yasalgan ustunning о‘ziga xos kо‘rinishi deb izoh beradilar. Ehtimolga 
qarshi oldin bu konstruksiyalarning arxitravi gorizontal joylashgan va berkituvchi 
tо‘sinlarga terilgan bruslardan tashkil etgan deb hisoblangan. Bruslarning kо‘ndalang 
kesilgan joylari taxtalar bilan berkitib chiqilgan, keyinchalik ular triglif hosil 
bо‘lishida asos bо‘lgan. Pastdan bu taxtalar yonida yotgan arxitrav reykasi teniyasi 
bilan birikkan va chо‘plar, ya`ni regolalar bilan qisib qо‘yilgan, bu qurilma yog‘ochli 
mix (nagel') lar bilan mahkamlangan. Ular triglif tagidagi tomchilarga – guttlarga 
aylangan. Trigliflar ustidan bog‘lama solingan, unga stropil oyoqchalar tiranib 
turardi, ular doriy karnizida modulon kо‘rinishida hosil bо‘lgan. 
Dor ustunining fusti uzunligi bо‘ylab 20ta kannelyura bilan ishlangan. Old 
kesimidan kannelyura aylananing qismlarini tashkil etadi va vertikal chegara – 
kannelyura qovurg‘alarini hosil qiladi. 
Kanonik doriy orderining kapiteli va bazasi toskan orderining о‘xshash 
qismlaridan kо‘p farqqilmaydi. Doriy orderining Rim ustunida baza mutlaqo yо‘q 
bо‘ladi. 



Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish