Landshaft dizayni va interyer



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/70
Sana15.02.2022
Hajmi2,26 Mb.
#449457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70
Bog'liq
interyer loyihalash va arxitekturaviy grafika


partalar olingan. 


23 
Karnizlarning umumlashtirilgan (massalardagi) kо‘rinishlari 
Toskan orderi Ion va Dor orderlari Korinf orderi 
Kapitel (kallak)larning umumlashtirilgan tasvirlari 
 
Toskan va dor orderlari Korinf orderi 
Ion kapitelining umumlashgan tasviri 
1 - rasm. Order qismlarining umumlashgan tasviri. 


24 
2 - rasm. Rim orderlarining modullardagi о‘lchamlari: 
a) Toskan orderi; b) Dor orderi; d) Ion orderi; e) Korinf order. 
 
Rim orderlarining modullardagi о‘lchamlari jadvali: 
Т№ 
Order 
qismlari 
Toskan 
orderi 
Dor 
orderi 
Ion orderi 
Korinf 
orderi 
№1 
Karniz 
balandligi 
1.1/3 
1.1/2 
1.3/4 

№2 
Frizbalandligi 
1.1/6 
1.1/2 
1.1/2 
1.1/2 
№3 
Аrхitravbalandligi 


1.1/4 
1.1/2 
№4 
Antablement 
balandligi 
3.1/2 

4.1/2 

№5 
Kapitel 
balandligi 


2/3 
2.1/3 
№6 
Baza 
balandligi 




№7 
Ustun 
balandligi 
14 
16 
18 
20 
№8 
Karniz 
balandligi 
½ 
1/2 
1/2 
5/6 
№9 
Ustun bazasining 
balandligi 
½ 
5/6 
1/2 
5/6 


25 
ORDER SHAKLLARINING TURLARI. ORDER KOMPOZITSIYALARI
Ustunlar orasida joylashgan interkolumniylarni kо‘z oldimizga keltirsak, 
ustunlar qisman devor ichiga kirib ketganini kо‘ramiz, bunday kо‘rinish yarim ustun 
deyiladi. Odatda ustunlar devor tekisligidan ¾ qismda bо‘rtib chiqadi.Yarim ustun 
plastik jihatdan ta’sirchan emas, chunki u devor bilan о‘tmas burchak ostida birikadi, 
natijada nursoya devor fonidan uncha ajralmaydi. Uch chorakli ustun devor bilan 
о‘tkir burchak ostida birikadi va botiq joy paydo bо‘lishi hisobiga shakllari aniq 
kо‘rinadi. 
Ustunlar devor bilan yonma – yon turgan, lekin birikib ketmagan holatida ular 
suyangan ustun deb nomlanadi. Juftlab о‘rnatilgan ustunlar "qо‘sh ustun"lar deyiladi.
Klassik me`morchilikda order ustuniga о‘xshash vertikal bо‘rtiq planida tо‘g‘ri 
tо‘rtburchak kо‘rinishidagi shakllar mavjud. Bu yassi ustun devor uzunligiga nisbatan 
1/6 -¼ qismga bо‘rtib chiqgan, uning nomi "pilyastra". Pilyastralar mustaqil order 
yoki devor oldida о‘rnatilgan ustun sifatida qabul qilingan. 
Ustunli order kamdan – kam holda mustaqil ravishda mavjud bо‘lgan, odatda u 
binoning umumiy me’moriy kompozitsiyasiga kiradi. Mustaqil ravishda order 
kolonnadada, ya`ni antablement bilan berkitilgan bir yoki ikki qator ustunlarda 
qо‘llanilgan, masalan Pavlovskdagi Apollon kolonnadasi hamda Rimdagi Avliyo 
Pyotr ibodatxonasining old maydonini о‘rab turuvchi kolonnada bunga misol bо‘la 
oladi. Sankt – Peterburgdagi Kazansk ibodatxonasi, Pushkin shahridagi 
Aleksandrovsk qasri, Moskvadagi Strannopriimniy uyini qamrovchi kolonnadalar 
mustaqil bо‘lishiga qaramay, bino bilan kompozitsion jihatdan uzviy bog‘liq bо‘lib, 
uning ajralmas qismi sanaladi. 
Klassik me`morchilikda turli xil kompozitsion qurilmalarda orderning har xil 
qо‘llanish usullari mavjud. Ustunning eng kо‘p tarqalgan qо‘llanmasi bu binoning 
old, ust qismida turuvchi yoki atrofida terib chiqilgan kolonnada – portik hisoblanadi. 
Misol tariqasida Isaakievskiy ibodatxonasi, Gorniy instituti, Sankt – 
Peterburgdagi Tavricheskiy saroyi, Moskvadagi “Большое театр” oldiga dastgohli 
portiklarni olsak bо‘ladi. 


26 
Portik deb yana bir tomoni devor, ikkinchisi esa kolonnada ifoda etuvchi ochiq 
galereya yoki ayvon kо‘rinishidagi alohida turuvchi inshootni aytishadi. Bunday 
portiklar kirishni hashamatli qilib kо‘rsatadi,bu Smol'niy maydoniga kirishda о‘z 
aksini topgan. 
Monumental granitdan bajarilgan Sankt – Peterburg ostidagi Pulkov yaqinida 
joylashgan favvora tо‘rtta ustunda bajarilgan ochiq portik kо‘rinishidadir. Binoni 
atrofini о‘rab turuvchi kolonnada peripterial turdadir, ular qadimgi yunon 
mehroblarida yoki Sankt – Peterburgdagi Birja binosida joylashgan. 
Klassik me`morchilikda orderlar binoning kompozitsion yechimida keng 
qо‘llanilgan. Agar har bir yarus о‘zini maxsus orderiga ega bо‘lsa, uni kichik eki 
qavatma – qavat deyiladi, Rimdagi Kolizey bunga yaqqol misol. Agarda bitta order 
bir nechta qavatlarni birlashtirsa uni yirik yoki kolossal order deb atashadi.U Kech 
Uyg‘onish davr me’morchiligida keng qо‘llanilgan. Bu nom shartli hisoblanadi va 
faqatgina kompozitsion yechimning xususiyatiga kirib, qurilmaning absolyut 
о‘lchamidan farq qiladi.
Orderli ustunlarning arkada (pilonlarga tayanuvchi qator arkalar) bilan 
uyg‘unlashuvi Rim me`morchiligida keng qо‘llangan – bu Rim arkali uyasi desa ham 
bо‘ladi. Bu yerda ikki parallel sistema birlashtirilgan, ya`ni dalda arka 
konstruksiyasiva uning ustiga qо‘yilgan tiranuvchi kolonnada, uch chorakli ustun va 
pilyastr kolonnadalaridan tashkil etgan order konstruksiyasi order kо‘rinishini ifoda 
etgan. Bu usul me’morchilik rivojining keyingi bosqichlarida ham о‘z aksini topgan. 
Arkaning о‘ziga odatda plastik ishlov berilgan.Arkaning markaziy ponasi 
"замковый камень" (qulfli tosh) deya ataladi va devor yuzasidan oldinga qarab 
ozgina bо‘rtib chiqadi. Arkaning egri chiziqli naqshlari "arxivol't" deb ataladi. 
Arxivol't klassik arkalarda "pyata" joyida tugaydi va gorizontal karniz "impost"ga 
tiralib qoladi. "Zamkoviy kamen'" odatda vertikal kronshteyn kо‘rinishida bajariladi 
va naqsh, odam yoki she’r haykali kо‘rinishida bajariladi, uni "maskaron" deb 
atashadi. 
 



Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish