partalar olingan.
23
Karnizlarning umumlashtirilgan (massalardagi) kо‘rinishlari
Toskan orderi Ion va Dor orderlari Korinf orderi
Kapitel (kallak)larning umumlashtirilgan tasvirlari
Toskan va dor orderlari Korinf orderi
Ion kapitelining umumlashgan tasviri
1 - rasm. Order qismlarining umumlashgan tasviri.
24
2 - rasm. Rim orderlarining modullardagi о‘lchamlari:
a) Toskan orderi; b) Dor orderi; d) Ion orderi; e) Korinf order.
Rim orderlarining modullardagi о‘lchamlari jadvali:
Т№
Order
qismlari
Toskan
orderi
Dor
orderi
Ion orderi
Korinf
orderi
№1
Karniz
balandligi
1.1/3
1.1/2
1.3/4
2
№2
Frizbalandligi
1.1/6
1.1/2
1.1/2
1.1/2
№3
Аrхitravbalandligi
1
1
1.1/4
1.1/2
№4
Antablement
balandligi
3.1/2
4
4.1/2
5
№5
Kapitel
balandligi
1
1
2/3
2.1/3
№6
Baza
balandligi
1
1
1
1
№7
Ustun
balandligi
14
16
18
20
№8
Karniz
balandligi
½
1/2
1/2
5/6
№9
Ustun bazasining
balandligi
½
5/6
1/2
5/6
25
ORDER SHAKLLARINING TURLARI. ORDER KOMPOZITSIYALARI
Ustunlar orasida joylashgan interkolumniylarni kо‘z oldimizga keltirsak,
ustunlar qisman devor ichiga kirib ketganini kо‘ramiz, bunday kо‘rinish yarim ustun
deyiladi. Odatda ustunlar devor tekisligidan ¾ qismda bо‘rtib chiqadi.Yarim ustun
plastik jihatdan ta’sirchan emas, chunki u devor bilan о‘tmas burchak ostida birikadi,
natijada nursoya devor fonidan uncha ajralmaydi. Uch chorakli ustun devor bilan
о‘tkir burchak ostida birikadi va botiq joy paydo bо‘lishi hisobiga shakllari aniq
kо‘rinadi.
Ustunlar devor bilan yonma – yon turgan, lekin birikib ketmagan holatida ular
suyangan ustun deb nomlanadi. Juftlab о‘rnatilgan ustunlar "qо‘sh ustun"lar deyiladi.
Klassik me`morchilikda order ustuniga о‘xshash vertikal bо‘rtiq planida tо‘g‘ri
tо‘rtburchak kо‘rinishidagi shakllar mavjud. Bu yassi ustun devor uzunligiga nisbatan
1/6 -¼ qismga bо‘rtib chiqgan, uning nomi "pilyastra". Pilyastralar mustaqil order
yoki devor oldida о‘rnatilgan ustun sifatida qabul qilingan.
Ustunli order kamdan – kam holda mustaqil ravishda mavjud bо‘lgan, odatda u
binoning umumiy me’moriy kompozitsiyasiga kiradi. Mustaqil ravishda order
kolonnadada, ya`ni antablement bilan berkitilgan bir yoki ikki qator ustunlarda
qо‘llanilgan, masalan Pavlovskdagi Apollon kolonnadasi hamda Rimdagi Avliyo
Pyotr ibodatxonasining old maydonini о‘rab turuvchi kolonnada bunga misol bо‘la
oladi. Sankt – Peterburgdagi Kazansk ibodatxonasi, Pushkin shahridagi
Aleksandrovsk qasri, Moskvadagi Strannopriimniy uyini qamrovchi kolonnadalar
mustaqil bо‘lishiga qaramay, bino bilan kompozitsion jihatdan uzviy bog‘liq bо‘lib,
uning ajralmas qismi sanaladi.
Klassik me`morchilikda turli xil kompozitsion qurilmalarda orderning har xil
qо‘llanish usullari mavjud. Ustunning eng kо‘p tarqalgan qо‘llanmasi bu binoning
old, ust qismida turuvchi yoki atrofida terib chiqilgan kolonnada – portik hisoblanadi.
Misol tariqasida Isaakievskiy ibodatxonasi, Gorniy instituti, Sankt –
Peterburgdagi Tavricheskiy saroyi, Moskvadagi “Большое театр” oldiga dastgohli
portiklarni olsak bо‘ladi.
26
Portik deb yana bir tomoni devor, ikkinchisi esa kolonnada ifoda etuvchi ochiq
galereya yoki ayvon kо‘rinishidagi alohida turuvchi inshootni aytishadi. Bunday
portiklar kirishni hashamatli qilib kо‘rsatadi,bu Smol'niy maydoniga kirishda о‘z
aksini topgan.
Monumental granitdan bajarilgan Sankt – Peterburg ostidagi Pulkov yaqinida
joylashgan favvora tо‘rtta ustunda bajarilgan ochiq portik kо‘rinishidadir. Binoni
atrofini о‘rab turuvchi kolonnada peripterial turdadir, ular qadimgi yunon
mehroblarida yoki Sankt – Peterburgdagi Birja binosida joylashgan.
Klassik me`morchilikda orderlar binoning kompozitsion yechimida keng
qо‘llanilgan. Agar har bir yarus о‘zini maxsus orderiga ega bо‘lsa, uni kichik eki
qavatma – qavat deyiladi, Rimdagi Kolizey bunga yaqqol misol. Agarda bitta order
bir nechta qavatlarni birlashtirsa uni yirik yoki kolossal order deb atashadi.U Kech
Uyg‘onish davr me’morchiligida keng qо‘llanilgan. Bu nom shartli hisoblanadi va
faqatgina kompozitsion yechimning xususiyatiga kirib, qurilmaning absolyut
о‘lchamidan farq qiladi.
Orderli ustunlarning arkada (pilonlarga tayanuvchi qator arkalar) bilan
uyg‘unlashuvi Rim me`morchiligida keng qо‘llangan – bu Rim arkali uyasi desa ham
bо‘ladi. Bu yerda ikki parallel sistema birlashtirilgan, ya`ni dalda arka
konstruksiyasiva uning ustiga qо‘yilgan tiranuvchi kolonnada, uch chorakli ustun va
pilyastr kolonnadalaridan tashkil etgan order konstruksiyasi order kо‘rinishini ifoda
etgan. Bu usul me’morchilik rivojining keyingi bosqichlarida ham о‘z aksini topgan.
Arkaning о‘ziga odatda plastik ishlov berilgan.Arkaning markaziy ponasi
"замковый камень" (qulfli tosh) deya ataladi va devor yuzasidan oldinga qarab
ozgina bо‘rtib chiqadi. Arkaning egri chiziqli naqshlari "arxivol't" deb ataladi.
Arxivol't klassik arkalarda "pyata" joyida tugaydi va gorizontal karniz "impost"ga
tiralib qoladi. "Zamkoviy kamen'" odatda vertikal kronshteyn kо‘rinishida bajariladi
va naqsh, odam yoki she’r haykali kо‘rinishida bajariladi, uni "maskaron" deb
atashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |