28
Dor orderi:
Yunonistonda tashkil topgan. U qadimgi yunon me`morchiligining
eng keng tarqalgan namunasidir. Orderning nomi Vitruviyning asarlarida ham
uchraydi. Toskan orderiga nisbatan doriy orderi ancha hushqaddir. Uning karnizdan
farqqiladigan ikkita kо‘rinishi mavjud.
Karnizni ushlab turuvchi qismi birinchi tur orderida qator plitalarga ega, ular
sleznik (tarnov)li plitaning tagida joylashgan. Bu konstruktiv yechimli,
bо‘rttirmalarga ega bо‘lgan konsollar "modulon" deb ataladi. Bu orderlarning turi
"modulonli doriy orderi" degan nomga ega. Modulonlarning pastki qismi о‘ziga xos
detallar bilan ishlangan, ular "kaplya" (tomchi), "gutta"lar (о‘zi bilan modulonlarning
tepa qismiga biriktirilgan kesik konusni ifodalaydi) deyiladi. Karniz esa ancha
oldinga bо‘rtib chiqgan, uning uzunligi ikki modulga teng.
Dor orderining yana bir turi - "zubchik"li (tishli) orderdir. U modulonlar о‘rniga
zubchiklar yoki suxariklar (dantikulalar) joylashganligi bilan farqqiladi. Zubchiklar
bо‘rtib chiqgan toshlarga о‘rnatilgan va shakli parallelepipeddir. Ular о‘zida osilib
turgan plitalarni ushlab turuvchi konsol vazifasini mujassam etgan. Bu jismlar
qadimda taxta tо‘sinlardan,ingiyaka hо‘lalar ishlatilishidan kelib chiqgan bо‘lishi
ham mumkin.
Dor orderining sezilarli xususiyatlari bor. U sal bо‘rtib chiqgan tо‘g‘ri burchakli
tо‘rtburchaklardan tashkil topgan. Tо‘g‘ri burchakli tо‘rtburchaklar chetlaridan
"faska"lar bilan bezatib chiqilgan. Tarz qismida esa tarnovda tutashuvchi ikki vertikal
uchburchaklar bilan ishlov berilgan. Doriy frizining bu qismi triglif deyiladi.
Karnizning pastki tokchasi friz tekisligidan sal bо‘rtib chiqgan, triglifni aylanma
о‘rab chiqadi va triglif kapitelini tashkil qiladi. Trigliflar modulonlar bilan bir
kenglikda joylashgan va kengligi 1, balandligi esa 1 ½ modulga teng. Triglif
orasidagi modullar esa "metopa" deyiladi, ular ba`zida relyefli haykallar tasvirida
ishlangan. Arxitrav va trigliflar tiranib turadigan, bо‘rtib chiqgan tokchalar bilan
bezatilgan. Bu tokchaning nomi "teniya". Har bir triglifga "regola" deb nomlanuvchi
tokchalar tо‘g‘ri keladi. Uning tagida 6ta "kaplya" (tomchi) joylashgan va bu
tomchilarning о‘qlari triglif qovurg‘ali kesmalariga mosdir.
29
Bu tomchilar kesmalangan konuslarning yarmi yoki ¾ qismidagi shakllardir va
ular arxitrav tekisligiga mos ravishda birikadi. Tarnov tekisligining pastki qismi soffit
deyiladi va modulonlar orasida yengil chuqurchalar kо‘rinishida ishlanadi.
Trigliflar ustunlarning о‘qlari va oralari bо‘ylab joylashadi. Ularning miqdori
interkolumniyalarning kengligiga bog‘liq. Triglifni ustunda burchak ostida
joylashuvida friz va triglif orasida metopa qismi uchun joyqoladi. Bu usul Rim doriy
orderiga mansub.
Ba`zi tadqiqotchilar doriy order antablementining shaklini oldingi davrda
taxtadan yasalgan ustunning о‘ziga xos kо‘rinishi deb izoh beradilar. Ehtimolga
qarshi oldin bu konstruksiyalarning arxitravi gorizontal joylashgan va berkituvchi
tо‘sinlarga terilgan bruslardan tashkil etgan deb hisoblangan. Bruslarning kо‘ndalang
kesilgan joylari taxtalar bilan berkitib chiqilgan, keyinchalik ular triglif hosil
bо‘lishida asos bо‘lgan. Pastdan bu taxtalar yonida yotgan arxitrav reykasi teniyasi
bilan birikkan va chо‘plar, ya`ni regolalar bilan qisib qо‘yilgan, bu qurilma yog‘ochli
mix (nagel') lar bilan mahkamlangan. Ular triglif tagidagi tomchilarga – guttlarga
aylangan. Trigliflar ustidan bog‘lama solingan, unga stropil oyoqchalar tiranib
turardi, ular doriy karnizida modulon kо‘rinishida hosil bо‘lgan.
Dor ustunining fusti uzunligi bо‘ylab 20ta kannelyura bilan ishlangan. Old
kesimidan kannelyura aylananing qismlarini tashkil etadi va vertikal chegara –
kannelyura qovurg‘alarini hosil qiladi.
Kanonik doriy orderining kapiteli va bazasi toskan orderining о‘xshash
qismlaridan kо‘p farqqilmaydi. Doriy orderining Rim ustunida baza mutlaqo yо‘q
bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |