10 - rasm.
Tush, guash va akvarelyordamida bо‘yashning sxemalari. A) tush va akvarel. Chizma 20°-30°
qiyalikda joylashtiriladi va bо‘yash chapdan о‘ngga qator gorizontal egri shtrixlar (45°) yordamida
yengil harakatlar bilan amalga oshiriladi. Rangli qatlamning bir tekisda bо‘yalishi xuddi shu uslub
orqali amalga oshiriladi, lekin oldingisiga nisbatan perpendikulyar bajariladi. B) guash, tempera,
belila bilan akvarel. Chizma gorizontal ravishda о‘rnatiladi va mо‘yqalam yoki fleycda tez va bir
yо‘nalishda amalga oshiriladi. Rang berishdan sо‘ng butun yuza bо‘yicha toza mо‘yqalam yoki
fleyc bilan о‘tish lozim, oldingi qatlamga perpendikulyar ravishda yoki nimquruq mо‘yqalam bilan
tugallash uslubidan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |