42
uchun, grafikada yorug‘lik, shakl va fazoni tusning kontrasti vositasi yordamida
kо‘rsatmoq lozim.
Tusning tо‘qligini о‘zgartirib:
yorug‘lik ob’yektning shaklini keltirib chiqarishini;
ob’yektlarni fazoda joylashishini;
ob’yekt yuzasini rangi va fakturasini kо‘rsatsa bо‘ladi.
Qalam yoki tushni qо‘llab tus bir necha asosiy texnikalari mavjud:
shtrixlash;
kо‘ndalang (kesishtirma) shtrixlash;
turli tomonga yо‘naltirilgan shtrixlash;
punktirli shtrixlash.
4
Me`moriy chizmalarni turli xil bezak usullaridan foydalanib kо‘rsatish mumkin.
Masalan: grafika,
shtrixli grafika, guashda bо‘yash (rangli grafika), suvbо‘yoqda
bо‘yash va h.k.lar. Suvbо‘yoqda bо‘yash grafikasi nur va soya xususiyatlarini yengil
va nafis kо‘rinishlarda ishlash imkoniyatlarini beradi.
4
Ching, Frank, 1943 – Architectural graphics/Francis D.K.Ching – 4
th
ed. All rights reserved. Authorized translation
from the English language edition published by John Wiley&Sons, Inc. Pages 125 – 127.
43
Suvbо‘yoq– me`moriy chizmaga ishlov berishning tipik va asosiy uslubi
hisoblanadi – malakaviy texnik tajriba bо‘lishi talab qilinadi.
Suvbо‘yoq deganda chizmaning nafaqat nur va soya modeli tarzida emas, balki
me`moriy chizmalarni har xil tonda ishlab chiqish imkoniyatlari tarzida tushunmoq
darkor. Suvbо‘yoqning asosini suv tashkil etib, chizmani bо‘yash uchun tush, akvarel
va mayin mо‘yqalam (kist')dan foydalaniladi. Me`moriy chizmalarning deyarli
barcha turida qо‘llaniladigan suvbо‘yoq bо‘yicha berilgan kо‘rsatmalar mutloq emas,
chunki ob`yektning yoritilish sharoiti, me`moriy shakl xususiyati va qо‘yilgan grafik
vazifa xilma – xil bо‘lishi mumkin. Suvbо‘yoqni qо‘llash doirasi juda keng bо‘lib, u
bino elementlarini (bosh tarh, tarh, tarz,derazalar, kichik soyalar va h.k.) kulrang yoki
qora bо‘yoqda elementlarga rang berishdan tortib
to keng fazo va yer tekisligi, tarh
va bosh rejalarning soyalarini bо‘yashni о‘z ichiga qamrab oladi.
Chizmaning ta`sirchanligi suvbо‘yoqning xarakteriga bog‘liq.Bir tekisda
ishlangansuvli bо‘yash chizmani kuchsiz, nimrang (monoton)qilibkо‘rsatsa,
tо‘qroqtushda bо‘yalgan quyuqroq ishlangan suvli bо‘yash qog‘oz chegaralarining
oqligini yanada bо‘rttirib kо‘rsatadi.Odatda kulrang tasvirga qora bо‘yoq
kiritish
orqali jon jonlantiriladi (о‘t – о‘lan, odamlar, shrift).
Me`moriy chizmalarning suvbо‘yog‘i faqat shaffofashyolarda bajariladi: xitoy
tushida yoki rangli suvbо‘yoq (akvarel) qatlamning ravshanligini saqlagan holda
chizmada chiziq kо‘rinishini ifodalaydi va och ranglardan tо‘q ranglarga nafis
о‘tishni ta’minlaydi.
Bajarish usullari: qog‘oz yuzasini mо‘yqalam yordamida
rang bilan qoplash
(suvbо‘yoq), rangni pul'verizator yoki aerograf yordamida purkash (mexanik usul).
Yana tekstura, fakturani hosil qilishda mо‘yqalam yoki boshqa ashyolardan (gubka,
paxta) foydalaniladi. Yuqorida qayd etilgan uslublarni har biri о‘ziga xos (spetsifik)
xususiyatga ega. Kichik yuzalarni xitoy tushida bо‘yash hech qanday texnik
qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ammo yuzaning kengayishi suvbо‘yoqning bir tekisda
bо‘yalishini murakkablashtiradi. Chizmani bir tekisda bо‘yash
uchun avvalambor
mos ravishda eritma tayyorlash lozim. Tush namlangan likob ustida maydalanadi va
qaynagan suvda eritiladi, doka yoki paxta orqali tozalanadi.
44
Eritma miqdori amaliyot orqali hisoblanadi, ammo uni doim kо‘proqqilib
tayyorlash lozim, chunki har doim ham kerakli rangni birinchi martada keltirib
chiqarish qiyin bо‘ladi.
Buyashni katta mо‘yqalam (№ 18 – 22)
yordamida, dastlab doskaga tortilgan
qog‘ozni mо‘yqalam bilan arra yо‘nalishi bо‘yicha yuvib chapdan о‘ngga 45° ostida
amalga oshiramiz (bо‘yoq pastga qarab oqib ketmasligi lozim), tekis bо‘yalishi uchun
qog‘oz nam holatda bо‘lishi lozim. Bо‘yash qog‘ozning yuqori qismidan 20°-30°
qiyalikda amalga oshiriladi. Qog‘ozning yotiq (gorizontal) joylashuvida bо‘yoq
surkalib ketib, oqimlar yuzaga kelishi mumkin. Bо‘yalishning bir tekisda bajarilishi
mо‘yqalamning ritmik (bir tekisda) harakati orqali amalga oshiriladi. Har qanday
malakaviy darajadan qat’iy nazar birinchi martadan kerak tonga va tush qatlamining
bir tekisda bо‘yalishiga erishish qiyin. Shuning uchun
har doim oldingi qatlamga
nisbatan keyingi bо‘yama perpendikulyar ravishda amalga oshiriladi (10 – rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: