Bog'liq sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1
7.5. Temir yo’l transportidan jarohatlanish Temir yo’l transportidan jarohatlanishdan o’lim avtomobil transporti
jarohatlanishidan keyingi ikkinchi o’rinda turadi. Temir yo’l hodisalari holati va
sharoitlariga bog’liq holda bu jarohatlanishlar asosan 5 turga bo’linadi:
1. Harakatlanuvchi temir yo’l transportining urib ketishi.
2. Temir yo’l transporti g’ildiragining odam tanasi ustidan o’tib ketishi.
3. Harakatlanuvchi poezddan yiqilish.
4. Vagonlar orasida qisilishi.
5. Temir yo’l halokatida vagonlar ichida jarohatlanish.
Ko’pincha urilish va yiqilish keyinchalik transportning odam ustidan o’tishi
bilan birgalikda uchraydi.