Tibbiyot instituti talabalari uchun


-rasm. O’ng soni va qornida ko’pincha parallel shilinishlar



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

29-rasm. O’ng soni va qornida ko’pincha parallel shilinishlar. 
O’ng chot qismida yirtilgan yara. O’rmalovchi 
traktorning tanadan o’tib ketishi.
120


Bunday jarohatlanishlar orasidagi masofa taxminan bir xil bo’lib, traktor 
gusinitsasi tishsimon qismlari orasiga to’g’ri keladi. Anig’ini aytganda bunday 
jarohatlanishlar traktor gusenitsasi tishsimon qismi kontaktli tamg’asi hisoblanadi. 
Agar tishsimon qismlar yaxlit bo’lsa, bunda shilinishlar (qontalashlar) ham yaxlit 
bo’ladi. Ayrim hollarda tishsimon qismlar ulama bo’lsa, shilinishlar ham uzilgan 
xarakterga ega bo’ladi. Shilinishlar orasidagi masofani o’lchash, shuningdek 
shilingan qismlarni orasida alohida jarohatlanmagan teri borligi aniqlanilib, bu 
o’rmalovchi traktorning markasini aniqlashga imkoniyat beradi.
Ko’pincha o’rmalovchi traktorning odam tanasidan o’tishida, shilinish va 
qontalashlardan tashqari, anchagina kengroq lat eb yirtilgan yaralar yuzaga kelib, 
ularning bir tomoni pastki to’qimalarning keng ko’chishi tufayli hosil bo’lgan 
parcha bir tomonga qarab buralib chiqqanligi ko’rinadi. Yaraning chuqurligida o’t-
alaf va ifloslangan tuproq aniqlaniladi. O’rmalovchi traktorning odam tanasidan 
o’tishi tufayli tananing kuchli siqilishidan suyaklarning ko’plab joyidan sinishi va 
ichki organlarning emirilishi ko’zga tashlanadi. Odamning boshi orqali o’tganida 
kalla suyagining ko’p joyidan ochiq sinishi tufayli boshining deformatsiyaga 
uchrashi, bosh miyaning ezilishi va miya moddasining itarilib, hosil bo’lgan yara 
yoki tabiiy teshiklar orqali chiqishini kuzatish mumkin. Agar odamning tanasi 
orqali o’tganida qobirg’alarning ikki tomonlama ko’p joyidan sinishi, chanoq 
suyagi sinishi, ichki organlarning emirilishi, ularning uzilishi va bir bo’shliqdan 
ikkinchi bo’shliqqa o’tishi kuzatiladi. Oyoq-qo’llarni uzunasiga bosib o’tganda 
naysimon suyaklarning o’ziga xos xarakterli sinishlari kuzatilib, bu zinapoyasimon 
xarakterga ega bo’ladi va sinish kengligi tuproqni ushlab turish qalinligiga 
yaqinlashadi (Novikov G.A., 1970).
Murdani tekshirilishida doimo uning kiyimini ko’zdan kechirilishi muhim 
ahamiyatga egadir. Bunda kiyimida odam tanasidan o’tganlik uchun xarakterli 
jarohatlanishlar va izlarni topish mumkin. Bunga yo’lsimon ifloslanish, 
to’qimalarning yassilanishi, yoriqsimon yorilishlar hamda kiyimning yog’lovchi 
moddalar bilan ifloslanishlari kiradi. Kriminalistik usullarni qo’llanilishi (rangli 
ta’sir usuli, infraqizil nurlar yordamida tekshirish, yumshoq rentgen nurlari) 
121


kiyimdagi bunday izlarni aniqlashga va metallarning mayda zarrachalari 
kirganligini bilishga imkon beradi. O’rmalovchi traktorning odam tansidan 
o’tganligiga xos xarakterli belgilarni bilish ekspert oldiga qo’yilgan savollarni 
ishonchli echishda: traktordan jarohatlanish turi va borligini aniqlash, traktorni 
odam tanasidan o’tayotganda tananing holati, traktor harakatining yo’nalishi, birin-
ketin jarohat etkazilganligi, ba’zan o’rmalovchi traktorning markasi haqidagi 
muxokamada muhim ahamiyatga egadir.
Odam tanasini traktor bilan harakatsiz predmet orasida siqilishi traktordan 
jarohatlanishning eng kam uchraydigan turi bo’lib, bu ko’krak qafasi va qorin 
bo’shligining siqilishi bilan ko’zga tashlanadi. Bunda qobirg’alarning ikki 
tomonlama ko’p joyidan sinishi, ichki organlarning yorilishi va bir bo’shliqdan 
boshqa bo’shliqqa siljishi kuzatiladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish