jabrlanadilar. Bu o’z navbatida ikki g’ildirakli harakat
vositasining bardoshli
bo’lmasligidir.
Mototsiklni haydovchisi va yo’lovchisi mototsiklni boshqa transport bilan,
har xil harakatsiz predmetlar bilan to’qnashuvi tufayli jarohatlanish olishlari
mumkin. Shuningdek harakatlanuvchi mototsikldan yiqilganda ham jarohatlanishi
mumkin. Yo’lovchilar odatda mototsiklni qismlari bilan urilganda, ayrim hollarda
mototsikl g’ildiragi odam tanasidan o’tganda jarohatlanishlar sodir bo’ladi.
Odatda, piyodalar bilan to’qnashganda mototsikl yiqiladi va natijada mototsiklni
boshqaruvchisini ham jarohatlanishi ko’zga tashlanadi.
Harakatlanuvchi mototsikl yo’lovchilarga oldingi g’ildiragi, g’ildirakning
ifloslanuvchi qalqoni, zinapoyasi, rul boshqaruvi richagi,
mototsikl kolyaskasi
oldingi qismi bilan urilishi mumkin. Bunda birlamchi urilishda jarohatlanish
tananing pastki qismida joylashgan bo’ladi.
G’ildiragi va zinapoyasi bilan urilishda ba’zan siljish izi bilan birgalikda
shilinish, qontalash, lat eb yirtilgan yara va boldir suyagining sinishlari kuzatiladi.
Rul richagi bilan urilish qorin bo’shlig’i, beli, chanog’ida joylashib, qorin
bo’shlig’i organlarini ko’pincha
jarohatlanishiga olib keladi, qisman chanoq
suyaklari sinadi. Keyinchalik jabrlanuvchining yiqilishidan og’ir kalla-miya
jarohatlanishi ko’zga tashlanib, ko’pincha o’limning sababchisi hisoblanadi.
Oyoqlar va boshining jarohatlanishi jabrlanuvchi haydovchi va mototsikl
yo’lovchilari uchun xarakterli hisoblanadi. Oyoqlar asosan
mototsikl detallariga
urilish yoki ishqalanish natijasida jabrlanadilar. Bunday jarohatlanishlar son va
boldirning oldingi-ichki yuzasida joylashib, yo’lsimon shilinishlar, lat eb yirtilgan
yaralar, boldir suyaklarining sinishi, qisman-son suyagining sinishlari bilan
xarakterlanadi. Keyinchalik yo’l qoplamasiga urilish
tufayli kalla suyagining
bosilib yoki bo’lakchalanib sinishi va bosh miyaning jarohatlanishi, ba’zan qo’llar
va ko’kragining shikastlanishi ko’zga tashlanadi. Ag’darilib ketgan mototsiklning
motor qismi bilan tananing siqilishidan qo’shimcha jarohatlanishlar, ba’zan,
ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’innig bosilishidan asfiksiya, jabrlanuvchi
tanasining issiq dvigatelga uzoq muddatda
tegib turishi tufayli kuyish,
117
quyilayotgan benzin ta’sirida kimyoviy kuyish hollari ham kuzatiladi.
Ba’zan mototsikl haydovchisida rul richagiga ishqalanish va bir yoki
ikkala qo’l panjalariga urilishdan I va II-barmoqlarning bir-biriga qaragan
yuzalarida uncha chuqur bo’lmagan yaralar va shilinishlar hosil bo’ladi. Yo’lga
ko’ndalang tortib qo’yilgan simdan o’tishda mototsiklistning boshi deyarli to’liq
bo’linib ketishi mumkin.
Shunday qilib, mototsikldan jarohatlanishda avtomobildan jarohatlanishga
qaraganda anchagina kichikroq jarohatlanishlar kuzatiladi. Bundan mototsiklni
avtomobil yoki poezdga to’qnashuvi istisnodir. Bunday avtomobil-mototsikldan
kombinatsiyalashgan jarohatlanishlarda mototsikl yo’lovchilari va
boshqaruvchilarida ko’p miqdordagi qo’pol jarohatlanishlar kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: