Tibbiyot instituti talabalari uchun


 Avtomobil g’ildiragining odam tanasidan o’tishi tufayli jarohatlanish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

2. Avtomobil g’ildiragining odam tanasidan o’tishi tufayli jarohatlanish. 
Avtomobildan jarohatlanishning mustaqil turi sifatida solishtirilganda kamdan kam 
uchraydi. Ko’pincha avtomobil g’ildiragining odam ustidan o’tishi avtomobildan 
jarohatlanishlarning boshqa turlari – urilish yoki harakatlanuvchi avtomobildan 
jarohatlanishlar bilan birgalikda uchraydi. Odatda yuk avtomashinasining 
g’ildiragining odam ustidan o’tib ketishi kuzatiladi, chunki yuk avtomashinasi 
halqasi diametri va yo’l oralig’idagi masofa bu mashinalarda engil mashinaga 
qaraganda anchagina katta bo’ladi.
Mashina g’ildiragining odam tanasidan o’tishida jarohatlanishning asosiy 
107


mexanizmi yuzaga kelishi jabrlanuvchi tanasining xarakatlanuvchi mashina 
g’ildiragi bilan yo’l orasida siqilishi bilan bog’liq. Bundan tashqari, jarohatlanish 
g’ildirakning urilishi, odam tanasini yuzasiga sirg’alishi, to’qimalarining 
cho’zilishi va sudrab ketishi tufayli yuzaga kelishi mumkin (1-jadvalga qaralsin).
Odatda, avtomobilning odam ustidan o’tib ketishi natijasida og’ir ko’p xil 
ikki tomonlama jarohatlanish kuzatiladi. Jarohatlanishning keng va og’irligi 
avtomashinaning og’irligi, tanadan o’tish yo’nalishi va bunday davrda odam 
tansining holatiga bog’liq bo’ladi.
Mashina g’ildiragi izi va jarohatlanishining spetsifik belgilariga g’ildirak 
qoplamasining tamg’asi rasmi kirib, bular jabrlanuvchining tanasi va kiyimlarida 
topilishi mumkin (25-rasm). Bunday tamg’alar ko’pchilik hollarda yuzaki va 
pozitiv bo’lishi hamda g’ildirak qoplamasini do’mpayib chiqqan qismi 
hisoblanadi. Shuningdek, negativ bo’lishi va bu g’ildirak qoplamasini ichkariga 
kirgan chuqurlikdagi holatini ko’rsatadi. Pozitiv tamg’alar odatda kiyimlar va 
odam tanasida ifloslanish qoplamasi, terisida esa shilinishlar borligi bilan 
xarakterlanadi. Negativ tamg’alar, odatda, qontalashlar ko’rinishida bo’lib, bunda 
g’ildirak qoplamasining yuqoriga ko’tariluvchi qismi bilan bosilishi va terining 
qon tomirlari siqilishidan g’ildirak qoplamasi chuqurligida teri ichiga qon quyiladi. 
Agar g’ildirak jabrlanuvchi kiyimi yoki tanasiga o’zining yonbosh qismi bilan 
tekkanda, tamg’a izi g’ildirak qoplamasining yonbosh qismida yuzaga keladi.
Mashina g’ildiragi qoplamasi rasmini aniqlash muhim ahamiyatga ega bo’lib, 
ekspertning oldiga qo’yilgan qator savollarga javob berishda ko’maklashadi. Bu 
avtomobildan jarohatlanishning turi va borligi, jabrlanuvchi tanasi holatining 
mashina g’ildiragi o’tgandagi holati, avtomobilning tipi va markasi, ba’zan odam 
tanasidan o’tgan aniq avtomobilning turi kabi ma’lumotlarni beradi. Ayrim 
hollarda protektor tamg’asining odam kiyimidagi rasmi faqatgina infraqizil nurlar 
yordamida aniqlaniladi (Zaslavskiy G.I., 1969) (25, 26, 27, 28-rasmlar).
Odam tanasiga mashina g’ildiragini chiqish paytida yuzaga keladigan 
jarohatlanish mashina g’ildiragining odam tanasidan o’tishini aniqlashda katta 
ahamiyatga egadir (tanadan o’tishning uchinchi fazasi – 1-jadvalga qaralsin). 
108


Bunda mashina g’ildiragining aylanma harakati tufayli bosilishi va siljishidan keng 
yo’lsimon shilinishlar va terining ko’chishi tufayli qon bilan to’lgan bo’shliq hosil 
bo’ladi. Ba’zan terini ko’chishi ancha kattagina o’lchamga ega bo’lib, son yoki 
barcha oyoq-qo’llarni tsirkulyar holda egallashi mumkin. Bu joylarda teri osti 
kletchatkasi ezilib, muskullarining qatlamlarga ajralishi kuzatiladi.
25a
25b

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish