Sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkazishning xususiyatlari
Transportdan jarohatlanishning sud tibbiyoti ekspertizasida ekspertga
ko’pgina savollarni echishga to’g’ri keladi. Bularga quyidagilar kiradi:
1)
transportni boshqaruvchi ekspertizasiga aloqador savollar;
2)
transportdan jarohatlanish, uning turi va hosil bo’lish
mexanizmi, to’g’risidagi savollar;
3)
ashyoviy dalillarni tekshirishga aloqador savollar;
4)
sud tibbiyoti va avtotexnik ekspertizaga aloqador chegara
savollar.
Transportni boshqaruvchisining ekspertizasiga sog’lig’ini aniqlashga
qaratilgan va yo’l-harakati hodisalari paytida unda mastlik alomatlari borligi
kiradi. Odatda bu savollarni sud tibbiyoti eksperti emas, balki mutaxasis-
narkologlar tomonidan amalga oshiriladi. Agar haydovchi qandaydir jarohatlanish
olgan bo’lsa, sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkaziladi.
Ashyoviy dalillarning ekspertizasi byuroning biologik laboratoriyasida
maxsus bilimga ega bo’lgan ekspertlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda
qonning o’ziga xos guruhlari va marhumdan ajralgan ajralmalar: qonning borligi
va guruhlarga aloqadorligi, soch, organ va to’qima parchalari (transport vositasida
topilgan) borligi to’g’risidagi savollar echiladi. Bunda murdani kesib ko’ruvchi
ekspertning vazifasi tergovchiga sud biologik laboratoriyasiga topilgan izlardan
ashyoviy dalillarni topish, to’g’ri olish, yaxshilab o’rash va jo’natishga
yordamlashishdan iborat bo’ladi.
Yo’l transport hodisalarini qayta ko’rishda asosiy masala jarohatlanish
mexanizmi va transportdan jarohatlanish turini aniqlash haqidagi savollarni
134
echilishidir. Bunda ekspertga quyidagilarni aniqlash: umuman urilganmi; tananing
qaysi qismi va qanday balandlikda, kanday yo’nalishda va transportning qaysi
qismi bilan urilganligi; transport vositasi jabrlanuvchini bosib ketganmi, agar
bosgan bo’lsa, tananing qaysi qismidan o’tgan va g’ildirak qaysi yo’nalishda
aylanma harakat qilganligi; jarohatlanishning ketma-ket etkazilganligi;
jarohatlanish paytida jabrlanuvchi transport vositasiga nisbatan qanday holatda
bo’lganligi; tanasi sudralganmi, uning yo’nalishi, sudralish paytida jabrlanuvchi
tanasining qanday holatda bo’lishi; marhumning tanasida sodir bo’lgan
jarohatlanish avtomobil kabinasida paydo bo’lishi mumkinligi; jarohatlanishning
joylashuvi va o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra, jabrlanuvchi kabinaning qaysi
joyida bo’lganligi va boshqa ko’pgina masalalarni echishga to’g’ri keladi.
Transportdan jarohatlanish borligi va turini aniqlash mumkinligini bilishga
imkon beruvchi jarohatlanish va uning maxsus belgilari nisbatan kam uchraydi. Bu
savollarni echish uchun ekspertga butun kompleks savollarni echishga to’g’ri
keladi. Jarohatlanish mexanizmi haqida ilmiy asoslangan mukammal javob
berishda ekspert uslubiy jihatdan ekspertizani to’g’ri o’tkazishi: barcha iloji
bo’lgan tekshiruv usullari orqali tana va kiyimlardagi jarohatlanishlar va ularning
xususiyatlarini aniqlash; har bir jarohatlanishning vujudga kelish mexanizmini va
ularni bir xil tip mexanizmiga ko’ra guruhlarga bo’lish; topilgan kompleks
jarohatlanishlar asosida jaroxatlarning turi haqida taxminiy muhokamaning
shakllanishi va differentsial tashxis usullarining to’g’riligini tekshirish;
jaroxatlanishlarning turi haqida isbotlangan oxirgi xulosaga kelishni baholash talab
qilinadi.
Ekspert faqat murda va uning kiyimlarini tekshirish natijasida olingan
ma’lumotlarga qarab jaroxatlanishlarning mexanizmi haqidagi savollarga
ko’pchilik hollarda javob berishi mumkin. Ammo, yo’l transport hodisalari va
transport vositalarini voqea sodir bo’lgan joyda kuzatish yuqoridagi savollarni
echishni ancha osonlashtiradi. Ayrim xollarda murdani tekshirgandan keyin voqea
sodir bo’lgan joyni va avtomashinalarni qaytadan ko’zdan kechirish zarurligi,
shuningdek qidiruv tajribasi o’tkazishga to’g’ri keladi. Bunda jarohatlanish fazalari
135
va etkazilish mexanizmi haqidagi aniq bir maqsadga yo’naltirilgan savol o’z
vaqtida echiladi.
Jarohatlanish mexanizmi haqidagi savollarga javob bo’lgandagina ekspert
xulosasi mukammal hisoblanadi. Faqat shunday xulosa voqea ko’rinishini ob’ektiv
tasavvur qilishga, qachon ishning holati noma’lum bo’lsa tergov organlari va sud
organlariga etarlicha yordamlashishga ko’maklashadi.
Avtotexnik va sud tibbiyoti orasidagi chegara savollar orasida avtomobilni
turi va modelini aniqlash, avtomobil harakatining taxminiy tezligi, qancha kuch
bilan urilganligi va boshqa masalalarni ko’rsatish mumkin.
Yashiringan avtomobil tipini va modelini aniqlashda voqea sodir bo’lgan
joyni o’z vaqtida va sifatli ko’zdan kechirish muhim ahamiyatga ega. Bunda
transport vositalariga aloqador anchagina miqdordagi belgilar (g’ildiraklarning
kengligi, g’ildirak va uning soni, g’ildirak protektorining radiusi va izlarining
o’ziga xos xususiyatlari) ko’zga tashlanishi mumkin. Transport vositasining odam
bilan to’qnashganda ajralgan har xil detallar, shisha siniqlari, lak-bo’yoq
qoplamalari zarrachalarining topilishi ham bu savollarni echishda ko’maklashadi.
Bulardan tashqari, jabrlanuvchi tanasi va kiyimlarida topilgan ayrim
jarohatlanishlar ham avtomobilning tipi va modelini muhokamasida
yordamlashadi, chunki jarohatlanishning joylashuvi va o’ziga xos xususiyatlari
ma’lum darajada avtomobillarning konstruktiv xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Bu
savolni echishda birlamchi urilishdagi jarohatlanish balandligini aniqlash va uni
har xil avtomobilning chiqib turgan qismlari bilan solishtirish muhim ahamiyatga
egadir.
Bizga ma’lumki, engil avtomobillarning bamperi balandligi 35-42 sm, yuk
mashinalariniki – 55 sm va undan yuqorida joylashishi mumkin. Shunday ekan,
o’rta balandlikdagi odamning boldiri o’rta qismida topilgan bamper-sinish
jarohatlanishni engil avtomobil; agar bamper-sinish son suyagida ko’zga tashlansa
bu 4 t gacha yuk ko’taruvchi avtomobil; agar yuk avtomobili 4 t dan ko’p yuk
tashiydigan bo’lsa, uning bamperi hatto katta odamning ko’krak va boshining
to’g’riligida joylashsa, ko’kragi va boshi jarohatlanishi mumkin. Ammo bunda
136
avtomobil odam bilan to’qnashayotganda tormozlangan bo’lsa, avtomobilning
oldingi qismi bir necha sm pastga tushishi ham mumkinligini e’tiborga olish zarur.
Ko’kragi va boshiga vagon tipidagi kuzovli avtomobil bilan birlamchi
urilganda jarohatlanish u erda joylashishdan darak beradi. Ba’zan mashinaning tipi
va modeli marhumning kiyimi va tanasidagi g’ildirak protektori tamg’asining
izlariga qarab aniqlanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |