Transportdan jarohatlanish tufayli o’lgan odam murdasini
tekshirishning o’ziga xos xususiyatlari: murdaning teri qoplamlari va tanasi
sinchiklab ko’zdan kechiriladi, chunki ko’pincha voqea sodir bo’lgan joyda murda
topilmaydi. Butun topilgan jarohatlanishlar oyoq tagligidan qanday
balandlikdagiligi o’lchab ko’riladi. Murdani kesib ko’rishda asosiy tekshiruvdan
tashqari elka, quymuch va oyoq-qo’llarining uzun naysimon suyaklari,
umurtqalarni suyaksimon o’simtasi, chanog’i, shuningdek kuragining yumshoq
to’qimalari qo’shimcha sektsion kesib ko’riladi (32-rasm).
Kerakli hollarda jarohatlangan suyaklar ajratib olinadi va sinishlarning
xarakteri suyak preparatida o’rganiladi. Bu o’z navbatida jarohatlanish
mexanizmini aniqlashni ancha engillashtiradi. Bunda ko’rish va eshituv
organlarining holati tekshirilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |