Tibbiyot instituti talabalari uchun


Sun’iy kasalliklar va o’z-o’zini jarohatlash sud tibbiyoti ekspertizasining



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Sun’iy kasalliklar va o’z-o’zini jarohatlash sud tibbiyoti ekspertizasining 
o’ziga xos xususiyatlari
Sun’iy kasalliklar va o’z-o’zini jarohatlash hollarida sud-tibbiyoti eksperti 
tergov organlari tomonidan qo’yilgan savollarni echilishida barcha savollar 
tekshiriluvchida qanday jarohatlanishish yoki patologik jarayonlar topilganligi; 
ular qanday etkazilishi mumkinligi va tekshiriluvchida qanday holatda sodir 
bo’lganligini ta’svirlaganligini bilish muhim ahamiyatga egadir.
Sun’iy kasalliklar va o’z-o’zini jarohatlash sud-tibbiyoti ekspertizasi tirik 
shaxslarni ko’zdan kechirish umumiy qoidalariga asosan o’tkaziladi, ammo uni 
o’tkazish usullarining o’ziga xos ayrim xususiyatlari mavjud. Ko’zdan 
kechiruvchini so’rash paytida qachon, qaerda, qay darajada va qanday holatda 
(ishchi, operatsiya, xo’jalik ishlari va boshqalar) jarohatlanish olingan; buni kim 
ko’rgan, eshitgan; jarohat etkazgan asbob yoki qurol qaerda bo’lgan; jarohat 
372


olgandan keyin jabrlanuvchi nima qilgan, qaerga tezlik bilan yordam uchun 
murojaat qilganligi aniqlaniladi. Sun’iy kasalliklarda kasallik vaqti va sabablari, 
qanday davolash usullari, shuningdek operatsiya qo’llanilganligi oydinlashtiriladi.
Tekshiriluvchini ko’zdan kechirish uning umumiy holatini qayd qilishdan 
tashqari, jarohatlanish paytida topilgan o’zgarishlar, kasallikning barcha belgilarini 
to’liq yozilishini o’z ichiga oladi. Bunda jarohatlanishning joylashuv joyidan 
tashqari, oyoq kiyimi tagligi to’g’risidan va tananing o’rta chizig’idan to tanish 
nuqta orasidagi masofa ham ko’rsatiladi. Shuningdek, jarohatlanishning umumiy 
shakli, uning soni va o’lchamlari; to’qimada defekt borligi; qirralarining xarakteri; 
jarohatlanishning tubi va uning nima bilan to’lganligi, nihoyat atrofdagi teri 
qoplamalarining holati sinchiklab o’rganiladi.
Ashyoviy dalillarni tekshirishda ularni ko’zdan kechirish, tana va oyoq 
kiyimlari va ulardagi jarohatlanish izlarini yozish va suratga olish, jarohatlanish 
etkazgan asboblar, kesib tashlangan barmoqlar va yaralarning kesilgan chetlari, o’q 
otar qurollari bilan jarohatlanishda har xil qistirmalar va boshqalarni o’rganilishi 
katta ahamiyatga egadir.
Tekshiriluvchini ko’zdan kechirmoq va ashyoviy dalillarni tekshirish qator 
qo’shimcha usullarni qo’llash: to’g’ridan-to’g’ri epistereomikroskopiya (kuyish, 
yara, chandiqlar, chopilgan yoki uzilgan barmoqlar, tana va oyoq kiyimlari va 
boshqalar); suyaklarning jarohatlanish xarakteri va jarohatlanish zonasida yot 
jismlarni (in’ektsion igna bo’lakchalari, o’q otar qurollari o’qi) aniqlash; gistologik 
tekshiruvlar (kesib olingan o’smalar, yara tubi qirindilari, o’q otar qurollari yarasi 
chetlaridan kesib olingan materiallar); sud-kimyoviy usuli (yaqin masofadan otilish 
izlari, flegmona, abstsesslar ajralmalari, yaradan ajraluvchi, siydik va boshqalar) ni 
aniqlash o’tkaziladi.
O’z-o’zini jarohatlash ishida ko’pincha ekspertga qidiruv ishlarida 
qatnashishga to’g’ri keladi. Bunda ekspert voqea sodir bo’lgan joyni kuzatish va 
qidiruv tajribasi o’tkazishda qatnashadi.
Voqea sodir bo’lgan joyda chopilgan barmoq qismlari, qon izlari bo’lgan 
bolta va boshqa predmetlar, barmoqlar chopilgan paytda panjalarning yotishi; 
373


yaqin masofada qon va boshqa izlar joylashgan har xil qistirmalar topilishi 
mumkin.
Qidiruv tajribasi o’tkazilishida sud tibbiyoti eksperti aktiv qatnashadi. 
Birinchi etapda tekshiriluvchi o’zini harakatlari to’g’risida gapirib beradi va 
bo’lgan voqeani aslidan takrorlab, avval ilgari surilgan jarohat olish mexanizmini 
ko’rsatadi. Buning uchun tergovchi unga kerakli predmetlar, masalan, chopuvchi 
yaralarda – boltaning kartonli yoki yog’ochli maketini, tarasha, taxtalar; o’q otar 
qurollari bilan jarohatlanishda – maket yoki haqiqiy o’zi, ammo o’qsizlantirilgan 
qurollarni taqdim qiladi. Ba’zan jarohatlanish olish holati to’g’risidagi taxminiy 
fikrni olg’a surish tekshiriluvchini so’roq qilish paytida ularga ko’rsatilganda 
aslidan tasvirlay olmasligi ko’zga tashlanadi. U mahalda tergovchi yangi taxminiy 
fikrni ilgari suradi yoki birinchi ko’rsatmani soxtaligiga ishonadi va haqiqatan ham 
jarohatlanish qanday sodir bo’lganligi to’g’risidagi xulosaga keladi.
Qidiruv tajribasining ikkinchi bosqichida sud tibbiyoti ekspertidan 
tekshiriluvchi qanday poza va holatda turganda qurol yoki asbob bilan 
jarohatlanishni ko’proq olish mumkinligini so’raydi. Masalan, tekshiriluvchi 
qidiruv tajribasi paytida chap panjaning 2 ta chopilgan barmog’i og’irlik tufayli 
sodir bo’lganligini ko’rsatishga harakat qilganligi ko’zga tashlandi.
Ekspert amaliyotidan ma’lumki, barmoqlarini chopish og’irligi bilan 
mumkin emas. Shuning uchun ham tajribaning ikkinchi etapida tekshiriluvchining 
barmoqlari tagiga qattiq predmet shunday holatda qo’yilishi kerakki, ular voqea 
sodir bo’lish davrida balki shunday holatda bo’lgandir.
Simmulyatsiya, aggravatsiya, sun’iy kasalliklar, o’z-o’zini jarohatlashning 
murakkab holatlarida sud tibbiyoti ekspertizasi komission ekspertiza sifatida 
o’tkaziladi. Komissiya a’zolari sifatida jarohatlanish yoki kasallikning xarakteriga 
bog’liq holda vrach-mutaxassislar jalb qilinadi. Ko’pincha qo’yilgan savollarga 
malakali javob berish uchun tekshiriluvchini kasalxonaga tekshiruv uchun 
joylashtirishga to’g’ri keladi. Bu to’g’risida tergovchi alohida qaror qabul qilishi 
zarur.
374



Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish