Haqiqiy germafroditizm
bir kishida ham erkaklik, ham xotinlik jinsiy
bezlari bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bunday odamlarning tashqi ko’rinishi va
umumiy rivojlanishi xotinlik yoki erkaklik turiga ega bo’lishi, ba’zan esa aralash
turni eslatishi mumkin. Bu juda kamdan kam hollarda uchraydi.
Soxta germafroditizm
bu ko’proq uchraydi. Soxta germafroditizmda
sub’ekt bir jinsli bo’lib, unda yo moyagi yoki tuxumdoni borligi kuzatiladi, ammo
tashqi jinsiy organlarining tuzilishi noto’g’ri rivojlangani uchun bezlari jinsiga
to’g’ri kelmaydi.
Soxta erkaklik germafroditizmida jinsiy bezlari xotinlarnikiga, jinsiy a’zolari
esa qisman erkaklarnikiga o’xshaydi (97-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |