O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/261
Sana14.02.2022
Hajmi11,17 Mb.
#448095
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   261
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y.

3. 
Buyrak usti bezi
(hayotiy muhim ichki sekretsiya juft a’zosi) buyrak ustida I 
bel va XI ko‘krak umurtqa pog‘onasi orasi balandiigida joylashgan. Shakliga ko'ra 
o*ng buyrak usti bezi piramida, undan ozgina kattaroq chap buyrak usti bezi esa 
yarim oyni eslatadi. Ikkita buyrak usti bezi og‘iriigi 6 dan 12 g gacha. Buyrak usti 
bezining uzunligi 40-60 mm, eni 20-35 mm, qalinligi 6-10 mm ga yetadi. 
Morfofimksional jihatdan (Xamidov D. X. va b., 1966; Husinov A. A., 1972; 
Potemkin V. V., 1986) buyrak usti bezi biriktiruvchi to‘qima qobig'i bilan o'ralgan, 
undan bezning chuqur qatlamlariga uni hududlarga bo'luvchi tasmalar ketadi.


Buyrak usti bezi tashqi sariq rangli po‘stloq va ichki qizg‘ish - jigar rangli miya 
moddalaridan iborat. Po‘stloq modda o‘z navbatida uchta:!) tashqi koptokcha; 2) 
o'rtadagi o‘rinni egallovchi tutam; 3) miya moddasiga tegib turuvchi to‘rsimon 
joylardan iborat. Koptokcha joy eng tor, tutam hududi esa eng keng hududlardir. 
Koptokcha hudud ko‘p burchakli yoki noto‘g‘ri kubik (oltiyoqlik) shaklti 
koptokcha hosil qiiuvchi hujayralardan iborat. Tutam hududini kubik ko‘pburchak 
shakili bez hujayralari tashkil qiladi. Ammo bu hudud hujayralari ko‘pincha prizma 
shakliga ega. Koptokcha hududdan to‘rsimon hududga ketuvchi bu hujayralar 
tasmalari tutam shaklini egallaydi. To‘rsimon hudud maydaroq bez hujayralardan 
iborat bo‘lib, noto‘g‘ri, noaniq to‘r shaklida joylashgan.
Buyrak usti bezining miya moddasi noaniq tuzilishga ega va taxminan mag'iz 
moddaning 1/10 qismini tashkil qiladi va ko‘pburchakli prizmatik yoki yumoloq 
shakili xromaffin (feoxrom), simpatik ganglioz hujayralardan iborat. Xromaffin 
hujayralar tasma yoki guruhlar shaklida joylashgan. Xromaffin hujayralari xrom 
kislota tuzlari bilan bo‘yalganda qo‘ng‘ir rangga kiradi, shuning uchun ham 
feoxrom hujayralari deb ataladi.
Buyrak usti bezi mag‘iz moddasidan 50 ga yaqin steroid birikmalari olingan. 
Ulaming kimyoviy tuzilishi asosida 17-uglerod atomidan iborat steroid halqa 
(sikiopentanopergidro-fenantren yadrosi) yotadi. Shuning uchun ular 
kortikosteroidlar deb nom olgan. S tadan ortiq faol kortikosteroidlar aniqlangan, 
ammo ular ichida haqiqiy gormonlar kortizol (gidrokortizon), kortikosteron va 
aldosteron va b. hisoblanadi, ular bezda hosil bo‘ladigan gormonlaming 80% ni 
tashkil qiladi.
Koptokcha hududi gormonlari (DOK, aldosteron) o‘zining ta’sir qilish 
xususiyati bo'yicha m ineralkortikoidlar deb nom olgan. Ular suv-tuz 
almashinuvlari regulatorlari hisoblanadi. Aldosteron asosan buyrak kanalchalarida 
natriy ionlari reabsorbsiyasiga yordam beradi; siydik bilan natriy ajralishini 
kamaytiradi; kaliy ionlarining ajralishini kuchaytiradi. Natijada gormon to‘qima 
gidrofilligi, plazma hajmi, arterial qon bosimni oshiradi. Aldosteron ta’sirida 
organizmda natriy va kaliyning me’yoriy balansi saqlanadi. U proya!lig‘lanish 
gormoni hisoblanadi - organizmda yallig‘lanish jarayonlarini kuchaytiradi.
Tutam hudud gormonlari (kortizol va kortikosteron) glukokortikoidlar 
hisoblanadi. Kortizol karbonsuvlari, oqsil va yog‘lar almashinuvida ishtirok 
qiladi. U glikoneogenezni kuchaytiradi, jigarda giikogen to‘planishiga olib keladi, 
gavda mushaklariga glukoza tashilishida ishtirok qiladi, organizmning stress 
omillar ( infeksiya, intoksikatsiya, jarohat olish va b.) ta’siriga moslashishida 
(adaptatsiya) katta rol o ‘ynaydi. Kortizol kuchli yallig‘lanishga qarshi va 
antiallergik ta’sir ham ko‘rsatadi. Uning bu ta’siri kapillarlar o‘tkazuvchanligining 
kamayishi va antitanalar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. U shuningdek hujayra 
lizosoma apparatini stabillashtirish xususiyatiga ega, arterial qon bosimi 
regulatsiyasida ishtirok qiladi. Aldosteronning o‘tmishdoshi kortikosteron qisman 
koptokcha hududda ham sintezlanadi. Unda glukokortikoid xususiyati bilan 
birgalikda kuchli mineralkortikoid alomatlari ham bor.


To‘rsimon hudud gormonlari (testesteron, estradiol) jinsiy a ’zolaming 
shakllanishida va ikkilamchi jinsiy belgilaming rivojlanishida ishtirok qiladi. 
Shu bilan bir qatorda bu gormonlar anabolik ta’sir ham ko‘rsatadi, shuningdek 
libido regulatsiyasida ishtirok qiladi.
Kortikosteroidiar xolesterindan, ehtimol atsetosirka kislotasidan ham, maxsus 
fermentlar va degidolgenazalar (21 - gidroksilaza, 11~P - gidroksilaza, 3 -(} -
degidrogeneza va b.) ta’sirida hosil bo‘ladi. Pregnenolondan 17 - oksipregnenolon 
hosil bo‘lishi mumkin, u 17 - oksiprogeste-ron, so‘ng oxirgi mahsulot -
gidrokortizonga (kortizol) aylanadi. Taxminan pregnenolonni 54% progrestron 
bosqichdan o‘tmasdan 17 - oksikortikosteroidlarga aylanadi va ular tarkibiga 
kiradi (Yudaev N. A., Pankov Yu. A., 1965). Pregnenolonning kortikosteroidlarga 
progesteron bosqichisiz aylanishi, ehtimol faqat gidrokortizon hosil bo‘lishi 
uchun xosdir (Gorizontov P. D., Protasova T. N., 1968).
Glukokortikoidlar va anderogenlar ishlab chiqarilishi va sekretsiyasi AKTG 
tomonidan regulatsiya qilinadi (gipofiz olib tashlanganda buyrak usti bezining 
bu gormonlami ishlab chiqaruvchi tutam va to‘rsimon hududlari atrofiyaga 
uchraydi). Aldosteron sekretsiyasi buyrak yukstaglomerular apparati ta’sirida, 
giperkaliemiya, gipovolemiya, goponatriemiya va kam darajada AKTG ta’sirida 
oshadi.
Gormonlaming ko‘p qismi qonga tushgandan keyin plazma oqsillari, birinchi 
navbatda transkortin (plazma a, - giobulinlarga kiruvchi a ,- glikoproteid), juda 
oz miqdorda zardob albuminlari bilan birikadi va biologik faollikka ega emas. 
Gormonlaming kam miqdori (kortizolning 8 - 1 0 % atrofidagi miqdori) qonda 
erkin (biologik faol) holatda sirkuiatsiya qiladi. Kortikosteroidiar metabolizmi 
asosan jigarda kechadi. Unda kortizol, kortikosteron va aldosteronlaming ko‘p 
qismi biologik nofaol hisoblanuvchi tetragidrobirikm alarga aylanadi. 
Kortizolning 10% ga yaqini jigarda 11 - oksi - 17 - ketosteroidlarga, 
kortikosteronning esa kam qismi pregnandiol va pregnantriolga aylanadi. Buyrak 
usti bezi androgenlari (androstendiol, degidroepiandrosteron) jigarda 17 -
ketosteroidlarga (17-KS) aylanadi. Kortikosteroidiar metabolizmining hamma 
keltirilgan mahsulotlari organizmdan siydik va kam miqdorda axlat orqali 
glukuron yoki qisman sulfat kislota bilan birikkan holatda chiqariladi.
Buyrak usti bezi miya moddasi parenximatoz hujayralarida adrenalin va 
noradrenalin hosil bo‘ladi. Ammo noradrenalin sintezlanadigan asosiy joy 
simpatik paragangliyalar hisoblanadi, chunki bez miya moddasida noradrenalmni 
adrenalinga aylantiradigan ferment yo‘q (Potemkin V. V., 1986). Adrenalin va 
noradrenalin fenilalanin aminokislotasidan sintezlanadi. Qator birin-ketin 
keluvchi jarayonlardan (gidroksidlanish, dekarboksillanish va metillanish) o‘tib 
fenilalanin tirozinga, so‘ng dioksifenilalaninga, dofamin va keyin noradrenalinga 
(andrenalin o‘tmishdoshi) aylanadi. Tirozinning dioksifenilalanin hosil boMishi 
bilan gidroksillanishida tirozin gidroksilaza (KF1. 14. 16. 2) fermenti ishtirok 
qiladi (Manuxin B. N. va b., 1979). Adrenalin va noradrenalin sekretsiyasi simpatik 
asab tizimi va bosh miya po‘stlog‘ida joylashgan yuqori markazlar, retikular


formatsiya va gipotalamus tomonidan regulatsiya qilinadi. Bu gonnonlaming 
asosiy qismi qonga tushgandan keyin albumin bilan birikadi, kam qismi qonda 
erkin holatda bo‘ladi.
Adrenalin yurak qisqarishini kuchaytiradi, pulsni tezlashtiradi, qon bosimini, 
asosan sistolik bosim hisobiga oshiradi, puls bosimining oshishiga oUb keladi. U 
shuningdek bronxlar, ichak silliq mushaklarini bo‘shashtiradi, yurak mushaklari 
tomirlarini kengaytiradi va teri tomirlari, shilliq qavatlar va qorin bo‘shlig‘i 
a’zolari tomirlarini toraytiradi. Adrenalin bachadon va taloq mushaklarining 
qisqarishiga ham olib keladi. U pigmentlar almashinuvida ishtirok qiladi, 
qalqonsimon bezni TTG ta’siriga sezuvchanligini oshiradi, organizmning stressor 
vaziyatlarga reaksiyasida katta rol o‘ynaydi. Adrenalin ta’sirida AKTG, demak 
kortekosteroidlar ishlab chiqarilishi ko‘payadi. U jigarda glikogen parchalanishi 
va lipolizni kuchaytiradi.
Noradrenalin, adrenalindan farqli ravishda, karbonsuvlar almashinuvi va silliq 
muskulaturaga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. U arterial bosimni asosan diastolik 
bosim hisobiga oshiradi, bu ta’sir asosan uning mushak arteriolalarini qisqartirish 
xususiyati bilan bog‘liq. Adrenalin, noradrenalin bilan bir qatorda dofamin 
(noradrenalin o‘tmishdoshi) biologik faollik xususiyatiga ega. Adrenalin, 
noradrenalin va dofamin «katexolaminlar» nomi bilan biriktiriladi, chunki ular 
prokatexinlar (ortodioksibenzol) hosilalari hisoblanadi.
30-mashg‘ulot

Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish