O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/261
Sana14.02.2022
Hajmi11,17 Mb.
#448095
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   261
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y.

moddalar
to'planishiga va 
uning
mineralizatsiyasiga imkon yaratadi) ro‘y beradi. 
Oqsillar anabolizmi oshishiga, suyaklarda o‘sish hududi bekilishiga va h.k. olib 
keladi. Bu gormon jinsiy intilishni aniqlaydi. Testesteronning faolsizlanishi asosan 
jigarda kechadi, u yerda u metabolizm mahsulotlariga aylanadi. Bu mahsulotlar 
siydik bilan 17-K S shaklida ajraladi. Moyaklar funksiyasi gipotalamo-gipofizar 
tizim nazorati ostida turadi. Spermatozoidlaming yetilishi follitropin gormoni 
(FSG), androgenlar sekretsiyasi esa interstitsial hujayralami stimullovchi gormon 
(IHSG) ta’siri ostida turadi. Oxirgi gormon ayollarda lutropin (LG) deb nom olgan. 
Gonadotrop gormonlar tomonidan jinsiy bezlar ftmksiyasi regulatsiyasi teskari 
aloqa prinsipida amalga oshiriladi.
Tuxumdonlar -
juft a’zolar bo‘lib, kichik tosda joylashgan. Ularning har 
binning uzunligi 3 - 4 sm, eni 2 - 2,5 sm, og‘irligi 6 - 7 g, ikki xil: tashqi po‘stloq 
va ichki miya moddalardan iborat. Tuxumdonlarga tomirlar kiradigan joy ularning 
darvozasi deyiladi. Tuxumdon darvozasida moyak glandulotsitlarini (Leydig 
hujayralari) eslatuvchi hujayralar to‘plami mavjud. Bu hujayralar androgenlar 
ajratadi. Tuxumdonda ikkita ayol jinsiy gormonlari - progesteron va estradiol 
ishlab chiqariladi. Progesteron sariq tana mahsuloti, sariq tana esa tuxumdon 
vezikular follikulalari o‘raida granuleza hujayralari va ichki tekadan (follikulalar) 
(yunoncha «theke - «biror narsa saqlanadigan joy, quti») hosil bo‘ladi. Kam 
miqdorda progesteronni yetiluvchi follikulalar (granuleza hujayralari) ham ishlab 
chiqaradi. Homiladorlik davrida progesteron yo‘Idoshda ham hosil bo‘ladi. 
Progesteron bachadonda urug‘langan tuxum hujayrasining qabul qilinishi va 
homilaning vaqtida tug‘ilishi uchun sharoit tug'diradi, bachadon mushaklarini 
qisqartiruvchi qo‘zg‘aluvchanlikni tormozlaydi, sut bezi alveolaiari o‘sishini 
stimullaydi, hayz sikli davrida bachadon shilliq qavatiga estrogenlar ta’sirini 
pasaytiradi. Jigarda progesteron pregnandiolga aylanadi, u glukuron kislota bilan 
birikib siydik bilan ajraladi.
Estradiol asosan granulezalar va ichki teki hujayralarida ishlab chiqariladi. 
Kam miqdorda esterogenlar sariq tana va buyrak usti bezi to‘rsimon hududida 
ham ishlab chiqariladi. Eng faol esterogen esterodiol hisoblanadi. Gormonal 
xususiyatga estrodiol metabolizmi mahsulotlari - estron va estriollar ham ega. 
Esterogenlar bachadon, qin o‘lchamining kattalashishiga, endo - va miometriyalar 
proliferatsiyasiga olib keladi, ayol ikkilamchi jinsiy belgilarining (sut bezlari


rivojlanishi, ayol qaddi-qomati va skeleti tegishli xususiyatlari) shakllanishini 
ta’minlaydi va oqsil-anabolik ta’sir ko‘rsatib, skelet differensirovkasi va 
suyaklanishini tezlashtiradi. Qonga tushgandan so‘ng esterogenlaming ko‘p qismi 
qonda oqsillar, glukuron, sulfat kislotalari bilan birikkan holda va nihoyatda 
kam miqdorda erkin holda sirkulatsiya qiladi. Esterogenlar faolsizlanishi asosan 
jigarda va qisman o‘pka, bachadon, buyraklarda kechadi.
Tuxumdon funksiyasi gipotalamo-gipofizar tizim nazorati ostida bo‘ladi. 
FSG va kam miqdorda LG laming birgalikda ta’siri natijasida follikulalaming 
o‘sishi va rivojlanishi hamda ular tomonidan estrogenlar hosil bo‘lishi, sekretsiyasi 
ro‘y beradi. Ovulatsiya LG konsentratsiyasi cho'qqisiga chiqqanda boshlanadi, 
bu esa o‘z navbatida estrogenlar ovulatsiya oldi miqdorining yuqori bo‘!ishi 
bilan bog‘liq, 0 ‘z navbatida tuxumdonlar gormonlari rilizing - omillar ishlab 
chiqaruvchi gipotalamik markazlariga ta’sir ko'rsatib, gipofiz tomonidan 
gonadotrop gormonlaroing sekretsiyasini regulatsiya qiladi. Estrogenlaming kam 
miqdori FSG sekretsiyasini stimullaydi, katta miqdori (fiziologik) esa uni 
tormozlaydi. LG sekretsiyasining gipofizdan kuchayishi progesteronning kam 
miqdorida, tormozlanishi ko*p miqdorida yuzaga keladi.
4. 
1969-yilda angliyalik olim A. Pirs tomonidan ishlab chiqilgan nazariyaga 
binoan, organizmda tarkibiga eodokrin hujayralami biriktiruvchi funksional faol 
tizim mavjud bo‘lib> u asab hujayralari bilan umumiy kelib chiqishi va qator umumiy 
xususiyatlarga ega boMgan oqsil tabiatli gormonlami, shuningdek ham gormonlar, 
ham neyromediatorlar funksiyasini bajaruvchi biogen aminlami ishlab chiqaradi. 
Bu tizim «APUD - tizim» deb nom oldi. (inglizcha «amine content, ptecursor uptace 
decarboxylation» - «aminlar ushlovchi, o‘tmishdoshlarning shimilishi va 
dekorboksillanishi, gormon hosil qiiuvchi hujayralaming bu tizimga aloqadorligini 
aniqlovchi»). APUD tizim yana diffuz endokrin tizim - DET deb ham nomlanadi 
(Yaglov V. V., Lomonosova G. A, 1985). Hujayralaming (apudotsitlar) asosiy 
og‘irligi hazm qilish, nafas, tanosil a’zolari va terida joylashgan. Hazm qilish a’zolari 
apudotsitlari sekretidan tashqari quyidagi polipeptid gormonlarini: gastrin, 
xoletsistokinin - pankreozimin, motilin, gastroingibirlovchi peptid (GIP), vazofaol 
intestinal peptid (VIP), R substatsiyasi, bombezin, neyrotenzin, enkefalin, 
somatostatin, glukagon va enteroglukagon, serotonin va melatomnlami sintezlaydi. 
DES funksional nuqtai nazardan sezgi a’zolari, asab tizimi va mahalliy immun 
hujayralari bilan bog‘liq, ular birlamchi reaksiya berish, xabardor qilish va 
organizmni himoyalashning yagona tizimi sifatida xizmat qiladi.
31-mashg‘ulot

Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish