Lintbik tizim
- belbog* pushti yoki limbik po‘stloqni, gippokampni (limbik
tizim yuragi), bodomsimon kompleksni, gipotalamusning yonbosh va orqa
qismlari, oldingi va orqa miya bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Hid sezgisi, ichki
a ’zolar (yurak, tomirlar, OIT) ishini, fe'l-atvor, ruhiy faollik, xatti-harakat
instinktlari (o‘z jonini saqlash, jinsiy, ota-ona instinkti, suv va ovqatga erishish),
hissiy (shodlik, qo‘rqish, g‘azablanish, huzur-halovat, kayf-safo), uyqu yoki
uyg‘oqlik holati, xotirani regulatsiya qiladi.
2. Hid sezgisi miyasi bazal po‘stloq chakka bo‘lagini, bodomsimon tananing
dengiz otchasi yonidagi egri-bugriliklami o‘z ichiga oladi. Limbik tizimning
bir qismi shaklida boshqa tuzilmalar bilan kompleksda fe'l-atvor motivatsiyasi,
xotira funksiyasi, hissiy reaksiyalami ta’minlaydi.
3. Vegetativ asab tizimi (VAT) ichki a’zolar funksiyasini regulatsiya qiladi.
Gipotalamus oliy po‘stloq osti vegetativ markaz hisoblanadi, uning funksiyasi
ma’lum darajada miya po‘stlog‘i tomonidan regulatsiya qilinadi. VAT ning
funksional roli ichki a’zolar funksiyasini regulatsiya qilish, to‘qima trofikasini,
shuningdek gomeostazni saqlashdan iborat; ikkinchidan, energetik talablami,
ruhiy va fiziologik faoliyat shakllarini (almashinuv jarayonlari, yurak-tomir va
nafas tizimi faoliyati va b.) ta’minlashdan iborat. Uning xususiyatlaridan biri
a’zolami qo‘shaloq innervatsiya qilish, simpatik va parasimpatik qismlarining
funksional antagonizmi (yurak tomirlarining torayishi, kengayishi va h.k.)
hisoblanadi. Faqat simpatik innervatsiyaga ega buyrak usti bezi, tomirlar hamda
ter bezlari bundan mustasno.
4. Retikular formatsiya (RF) - miya ustunidagi uzunchoq tuzilma bo‘lib,
asab hujayralari, tolalari kompleksini акг> ettiradi va miya ustuni qopqog‘ining
markaziy qismi bo‘ylab joylashgan. RF tolalari ko‘rish do‘mboqlari oldingi
boiimlariga yetib boradi. Unga yuqoriga va pastga yo'nalgan asosiy yo‘llardan
ko‘p sonli kollaterallar kelib qo‘shiladi. RF gipotalamus, ko‘rish do‘mbog‘i,
striopallidar tizim tuzilmalari, katta yarim sharlar po‘stlog‘i (ayniqsa limbik tizim
po‘stlog‘i) hamda miyacha, miya ustuni yadrolari va ko‘nda!ang orqa tutam tizimi
bilan o‘zaro aloqaga ega. RF dan simpatik miyaga (retikuloorqamiya yo‘llari)
tolalari chiqadi. RF tuzilm alari uzunchoq m iyadagi nafas va tomir
harakatlantiruvchi markazlar, ko‘rish ko‘prigi markazi faoliyatida ishtirok qiladi.
Miya ustunida striopallidar tizim (qizil yadro, qora modda), harakat koordinatsiya
tizimi (pastki zaytun), chuqur sezgi (ingichka va ponasimon yadrolar), orqa
ko'ndalang tutam tizimiga (Darshkevich yadrosi) va b. ga aloqador yadro va
yoilar joylashgan.
RF quyidagicha jamlanishi mumkin bo‘lgan qator jarayonlarda ishtirok etadi:
1) po‘stloq neyronlari faolligiga ta’sir qilish orqali ong darajasini regulatsiya
qilish, masalan, uyqu - uyg‘onish siklida (YUFRT - yuqoriga ko‘tarilish
yo‘nalishida faollashtiruvchi retikular tizim) ishtirok etish; 2) sensor stimullarga,
shu jumladan, oldin yonbosh arqonchadan keluvchi og'riq signaliariga afferent
axborotni limbik tizimga o‘tkazish orqali effektiv-hissiy tus berish; 3) o‘zaro
koordinatsiyalanishni talab qiiuvchi vegetativ regulatsiya qiiuvchi fimksiyalar,
sbu jumladan, har xil afferent va efferent tizimlar orqali ko‘pgina hayotiy muhim
reflekslarda (sirkulator va nafas, tomoq, yo'tal, askirish reflektor aktlari) ishtirok
qilish; 4) miya ustuni harakat markazlarining muhim komponenti sifatida
gavdaning turishi va maqsadga yo'nalgan harakatlarida ishtirok etish.
5 . 1. P. Pavlov bo'yicha oliy asab faoliyatining 4 turi mavjud. Harakatchan
tur, Gippokrat ta’rif bergan sangvinik tipiga mos keladi, jo ‘shqin kuch,
harakatchanlik, asab jarayonlarining baravarlashgani bilan tavsiflanadi. Tinch
tip (Gippokrat bo‘yicha, flegmatik) - jo ‘shqin kuch va asab jarayonlarining
baravarlashganligi xos, ammo harakatchanlikning sustligi, asab jarayonlarining
inertligi bilan ajralib turadi. Tiyiqsiz tip (xolerik) qo‘zg‘aluvchanlik jarayonlari
kuchli, lekin asosiy asab jarayonlari baravarlashmagan. Kuchsiz tip (Gippokrat
bo‘yicha, melanxolik), unga asab jarayonlarining sustligi xos. Bu odam irodasi
past, qiyinchiliklardan qo‘rqadi, boshqa odamning ta’siriga yengil beriladi, o‘zini
doimo shubha, vahima sezgisi va g‘amgin kayfiyat ostida sezadi.
H i f o v a
VAZIYATLIMASALALARGA JAVOBLAR
19-mashg‘ulot
1-masala.
1. Rang ko‘rsatkichi - 0,9
2. 1 -2kun
2-masala.
1. Rang ko‘rsatkichi - 0,77
2. a) gipoxromiya
b) normablastik
c) o‘tkir postgemorragik
d) regenerator
3-masala.
1 • Rang ko‘rsatkichi - 0,6
2. Temirdefitsit
Do'stlaringiz bilan baham: |