O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/261
Sana14.02.2022
Hajmi11,17 Mb.
#448095
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   261
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y.

filtratsion
imkoniyatini, ya’ni 1 
daqiqada 
hosil 
boiadigan birlamchi siydik miqdorini aniqlash uchun, faqat filtratsiya yordamida 
ajraladigan va kanalchalarda reabsorbsiyaga uchram aydigan moddalar 
qoilanilishi lozim. Ularga bo‘sag‘asiz moddalar, masalan, inulin va giposulfit 
kiradi.
29-mashg‘ulot
I. 
Gipotalamus
neyroendokrin regulator tizimning eng muhim qismidan biri 
hisoblanadi. U vegetativ, almashinuv, endokrin, trofik funksiyalar, organizm 
immunologik reaktivligi, uyquning uyg‘oqlik bilan almashinishi, mushak tonusi, 
issiqlik hosil bo'Iishi va chiqarilishi, arterial bosim, ochlik va tashnalik 
sezgisining saqlanishi, hissiy va fe'l - atvor reaksiyalarida ishtirok etadi va 
organizmda gomeostazning ushlab turilishida katta rol o‘ynaydi (Makarchenko 
A. F. va b., 1978; Korneva E. A. vab., 1978; SudakovK. V., 1980 vab.).
Gipotalamusda 32 nafar yadrolar joylashgan. Gipotalamus hujayra elementlari 
ichida quyidagi hujayralar neyrosekretor faoliyatga ega: gipotalamus old qismi yirik 
reyronlari, bazal-tuberal gipotalamus mayda hujayralari, periventrikular kulrang 
modda adrenergik neyronlari, gipotalamusning tashqi va o‘rta qismi arkuat va 
ventromedial yadrolari (Aleshin V. V., 1972). Bu neyrosekretor hujayralar ichida 
adenogipofiz gormonopoetik funksiyasiga nisbatan asosan bazal-tuberal 
gipotalamusning mayda hujayralari (gipotalamusni adenogipofizar hududi mayda 
hujayralari) muhim ahamiyat kasb etadi. Holbuki gipotalamus old qismi yirik


gomorimusbat hujayralari organizmda osmotik muvozanatni va ayrim a’zolar 
faolligini saqiashga javobgar hisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda adenogipofiz gormonopoetik funksiyasining regulatsiya 
qilinishida gipotalamus old qismi yirik hujayralarimng roli ham ehtimoldan xoli 
emas. Nisbatan yaqin oralarda (Bugnon et a l, 1982) chaqaloqlar paraventrikular 
yadrosida gipofizning AKTG gormoni ajralishini regulatsiya qiladigan neyronlar 
topilgan. Bundan tashqari paraventrikular yadroning o‘zida ham oksitotsin va 
ham vazopressin sintezlaydigan neyronlar borligi aniqiangan, ammo oxirgi 
vaqtlargacha vazopressin sekretsiyasi uchun supraoptik yadro, oksitotsin 
sekretsiyasi uchun esa paraventrikular yadro javobgar deb hisoblanib kelingan.
Neyrosekret sintezi va ajralishi (neyrosekretsiya) murakkab jarayondir. A. L. 
Polenov (1971) neyrosekretsiyani quyidagicha ta’riflaydi. Neyrosekretsiya 
deganda deb yozadi u: «Biz alohida yuqori darajada ixtisoslashgan asab to‘qimasi 
elementlarining - neyrosekretor (neyrobezli) hujayralarning biologik faol 
moddalar - neyrogormonlar - ajratish xususiyatini tushunamiz. Ular qisqa 
muddatli va lokal ta’sir ko‘rsatuvchi, neyronlar tomonidan sinapslarga ajratiluvchi 
mediatorlardan farqli ravishda, organizm gumoral muhitlariga (qon, orqa miya 
suyuqligi) tushadi, katta diapazonda distant va uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatuvchi 
regulatsiyani amalga oshiradi».
Neyrosekret yoki rilizing omil (Rf) inkretsiyasini va ularning qonga tushishini 
gipotaiamus-ning medio-bazal qismida joylashgan asab hujayralari ishlab 
chiqaradigan monoaminlar (dofamin, noradrenalin, serotonin) regulatsiya qiladi 
deb hisoblashadi (Potemkin V. V., 1978). Rilizing gormonlarining adenogipofiz 
hujayralariga ta’sir qilish mexanizmi hujayralar membranasi depolarizatsiyasi va 
ular o‘tkazuvchanligining oshishi bilan bog‘liq (Aleshin В. V., 1972).
Adenogipofizning hamma trop gormonlariga nisbatan rilizing omillarining 
mavjudligi tasdiqlangan. 11-jadvalda adenogipofiz trop gormonlarining 
ajralishini regulatsiya qiluvchi gipotalamik omillarning nomlari keltirilgan 
(Potemkin V. V., 1986; Ashmarin I. P., Obuxova M. F., 1988).
Adenogipofizning yettita trop gormonlari uchun liberinlar va statinlar4 
aniqiangan (Ashmarin I. P., Obuxova M. F., 1988). Ularning tuzilishi 
(aminokislotalar ketma-ketligi) murakkab bo‘lmay, bir necha aminokislotalardan 
(3 dan 44) tuzilgan, shuning uchun ular oligopeptidlar guruhiga kiritilgan.
Gipotalamus mayda hujayrali yadrolar neyrosekreti oraliqdagi tepalik 
sohasidagi portal tomirlar orqali adenogipofizga tushadi. Bu tomirlar bilan 
gipotalamus sekretor neyronlari zich bog‘langan va kontaktirlanadi. A. L. Polenov 
(1962) bo‘yicha, bu kontaktning yuqori shakli endotsellularkapillarlar, ya’ni 
neyroplazma o‘siqlari bilan o‘rab olingan kapillarlar hisoblanadi.
4 Toza va amaliy kimyo xalqaro jamiyatining biokimyoviy nomenklatura bo‘yicha Komissiyasi 
va Xalqaro jamiyat (1974) taklifiga binoan gipotalamik rilizing omillar oxirida «liberin», 
gipotalamik rilizing ingibirlovchi omillar oxirida «statin» so‘zi bilan ifodalanadi.


Gipoflz tro p gormonlar! ajralishini regulatsiya qiiuvchi va 
ingibirlovchi gipotalamik om illar (gormonlar)
Q a b u l
A m ia o k is lo t a U r
N o m la r l
S in o n im i
q illn g a n
q ls q a r tir is b la r
m a le k u la s in in g
s o n i
K o rtik o lib e rin
K o r tik o tr o p in —rU iz in g o m i!
K R O
41
F o llib e rin
F o llik u lo s U m u lla y d ig a n
g o rm o n r iliz in g — o ra ili
F S G - R O
G o n a d o lib e rin
G o n a d o tro p in —rU iz in g — o m i!
G T - R O
L u lib e rin
L u te in iz irlo v c h l g o rm o n riliz in g —o m ili 
M e la n o tro p in — r iliz in g o m il
L G - R O (LG O )
10
M e la n o lib e rin
M e la n o tro p in — r iliz in g
M R O
5
M e la n o s ta tin
in g ib ir lo v c h i — o m il
P ro ld k tin — r iliz in g
om il
M R IO
3
P ro la k to lib e rin
P ro la k tin — r iliz in g —
PRO
P ro la k to s ta tin
in g ib ir lo v c h i — o m il 
S o m a to tro p in — r iliz in g o m il; o 's is h
PR IO
S o m a to lib e rin
g o rm o n i r iliz in g o m ili
S o m a to tro p in — riliz in g
SRO
44
S o m ato sta tin
in g ib ir lo v c h i o m il
T ir o tr o p in — r iliz in g —
SR IO
14
T tro lib e rin
o m ili
T R O
3
Tomir tarmoqlaridagi asab terminallari bilan ko‘p sonli neyrolomir kontaktiari 
mavjudiigi ta’riflangan (Voytkevich A. A., 1969). Neyrosekretor moddalar 
gipofizga nafaqat portal tomirlar, shu bilan birga П1 qorincha bo‘sh!ig‘i orqali 
umumiy qon oqimi va orqa miya suyuqligiga ham tushishi mumkin, ya’ni 
organizmga Iran sadenogipofizar dan tashqari paradenogipofizar ta’sir ham mavjud.
Gipotalamus old qismi yirik hujayrali supraoptik va paraventrikular 
yadrolari neyrosekreti neyronlar aksonlari orqali gipotalam o-gipofizar 
neyrosekretor trakt tarkibida oqib kelib neyrogipofiz orqa asosiy qismiga 
tushadi. U yerda aksonlar terminallarida depolanadi. U yerdan neyrogormonlar 
ehtiyojga qarab qonga tushadi (Akmaev I. G., 1979).
Gipotalamus bosh miya po‘stlog‘i, retikular formatsiya, po'stloq osti 
tuzilmalari, ko‘rish do‘mbog‘i, miya ustini, simpatik va parasimpatik asab tizimi 
bilan bog‘langan. Vagus dorsal yadrosi va gipotalamus dorsamediokaudai sohasi 
hamda gipotalamus paraventrikular yadrosi arosida ko‘p sonli sinaptik asab 
aloqalarining borligi I. G. Akmayev va b. (1979, 1982) tomonidan ta’riflangan. 
Periferik adreno - yoki xolinreaktiv tuzilmalarining qo‘zg‘alishi gipofizar -
adrenal tizim funksiyasining kuchayishiga olib keladi (Naumenko E. V., 1971).
Gipotalamus va gipoflz yagona bir-biriga bogiiq tizimni tashkil qiladi. 
Gipotalama gipofizar tizim periferik ichki sekretsiya bezlari faoliyatini nazorat 
qiladi, o‘z navbatida u ichki sekretsiya bezlar tomonidan kuchli ta’sir sezadi. 
Teskari aloqa tizimi yoki «musbat-manfiy o‘zaro ta’sir» taniqli biolog 
endokrinolog М. M. Zavadovskiy (1941) tomonidan ifodalangan. Bu aloqa 
organizmda me’yoriy darajada gormonlar ishlab chiqarilishi va natijada ichki 
muhit doimiyligi, organizmning har xil funksiyalarini ta’minlaydi.



Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish