funkstional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila
iqtisodiyoti.
Ba’zan ularni yaxlitlashtirib,
makroiqtisodiyot
va
mikroiqtisodiyot
deb ataladi.
Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bo’lishidan qat’iy nazar
ularning hammasi bir maqsadga bo’ysungan: u ham bo’lsa insoniyatning yashashi,
ko’’ayishi va kamol to’ishi uchun
shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy
vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan,
iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning ‘oydevorini tashkil etib, uning o’zi ham
insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo’lmaydi va mazmunga ham ega emas.
Insonning iqtisodiyotdagi juda katta va keng rolini qisqacha qilib quyidagicha
ko’rsatish mumkin:
1. Inson tabiatning bir bo’lagi, uning ajralmas qismi sifatida harakat qiladi,
tabiat ashyolarining shaklini o’zgartirib, iste’molga
yaroqli holga keltiradi,
boshqacha qilib aytganda, inson iqtisodiyotning harakatga keltiruvchi kuchi,
hamma tovar va xizmatlarining iste’molchisi, ularning
ishlab chiqaruvchisi va
yaratuvchisidir.
2. Inson hamma tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchilarga
etkazib beruvchi, bozor iqtisodiyoti sharoitida esa sotuvchisi rolini bajaradi. Bunda
u ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi aloqaning bajaruvchisi sifatida
namoyon bo’ladi.
3. Inson tovar va xizmatlarning sotib oluvchisi va binobarin,
ularning
iste’molchisi hamdir.
4. Inson iqtisodiyotning hamma darajalarida uning tashkilotchisi,
boshqaruvchisi bo’lib, uning turli omillari, bo’laklari, sohalari o’rtasidagi
uyg’unlikni, aloqalarning bir-biriga mosligini ta’minlovchi sifatida harakat qiladi.
Insonning iqtisodiyotdagi roli uning hayotning turli davrlarida va bosqichlarida
turlicha namoyon bo’ladi. U yoshligida va qariganida ko’’roq iste’molchi bo’lib,
ya’ni boshqalar yaratgan tovarlar va xizmatlardan foydalanuvchi sifatida ko’zga
tashlansa, ishlab turgan
davrida ishlab chiqaruvchi, tashkilotchi, boshqaruvchi
sifatida ish ko’radi, o’zi uchun, bolalarga va qariyalarga hayotiy ne’matlarni
yaratadi va etkazib beradi. Sodda qilib aytganda, inson mehnat qobiliyatiga ega
bo’lib, ishlab turgan vaqtida yoshlikda olgan qarzini uzadi, o’zini-o’zi ta’minlaydi,
qarigan chog’i uchun zamin tayyorlaydi va yosh avlodga qarz beradi.
Insoniyatning iqtisodiyotdagi roli uning tabiatdagi eng oliy tirik mavjudot ekanligi
bilan, ya’ni, ongli ravishda ma’lum maqsadga qarata
ijodiy mehnat qila olish
qobiliyati bilan belgilanadi. Insonning boshqa tirik mavjudodlardan farqi ham
uning ongli va ijodiy mehnat qila olishida, o’z faoliyati uchun zaruriy mehnat
qurollarini yaratish qobiliyatiga egaligidadir.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati
bo’yicha takror ishlab chiqarish turli fazalardan - ishlab chiqarish, ayirboshlash,
taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida
eng asosiysi va boshlang’ichi
Do'stlaringiz bilan baham: