Avstriya iqtisodiyot maktabining namoyondasi Y. Shumpeter 1912 yilda
yozgan “Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi” deb atalgan kitobida iqtisodiyotni
harakatga keltiruvchi asosiy kuch – tadbirkorlik degan xulosaga kelgan.
Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o’zining “Bandlik, foiz va pulning
umumiy nazariyasi”(1936) degan kitobida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: milliy
daromad, kapital, xarajatlar, iste‘mol va jamg’arishning o’zaro bog’liqligini tahlil
qilib, investitsiya va iste‘molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi -
iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko’rsatadi. Keyns ta‘limoti, ya‘ni