Ma’mur qahhorov



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/143
Sana11.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#444229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   143
Bog'liq
Ma’mur qahhorov

diniy dunyoqarashdir
. Mifologik dunyoqarash turli narsa-
hodisalar sababini ko‘plab afsonaviy, g‘ayritabiiy kuchlar bilan 
bog‘lab talqin etsa, diniy dunyoqarash, abstract tafakkurga 
asoslanib, bir butun, yagona borliqning mavjudligi va o‘zgarishini 
yagona xudo bilan bog‘lab tushuntiradi.
Diniy dunyoqarash – bu tabiat, jamiyat, insonni ilohiy yaratuvchi 
kuch bilan bog‘liq deb tushunish va tushuntirishdir.
Diniy 
dunyoqarash borliqning diniy ilohiy manzarasini yaratadi. Diniy 
dunyoqarashni oliy ruhiy kuch bo‘lmish xudo to‘g‘risidagi ta’limot - 
ilohiyot o‘rganadi. Unga ko‘ra, butun borliqni xudo yaratgan va o‘zi 
boshqarib turadi. Diniy dunyoqarash, shu tamoildan kelib chiqib, 
barcha dunyoviy narsa hodisalarga ilohiy tus beradi. Diniy 
aqidalarga ko‘ra, butun borliq xudoning ilohiy yaratuvchilik mahsuli, 
hamma joyda va hamma narsada uning xohish irodasi xukmron. 
Dunyo ikki qismdan iborat: “bu dunyo” – o‘tkinchi, foniy hisoblansa, 
“u dunyo”, ya’ni odam vafotidan keyin uning ruhi yashaydigan 
haqiqiy, abadiy, boqiy dunyodir. Har ikki dunyoning chegarasi 
“oxirat” deb ataladi. Inson bu yolg‘onchi dunyoga o‘zini bog‘lab 
qo‘ymasligi, oxiratni o‘ylab yashashi, haqiqiy dunyoga rixlatga 
tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Islom dini aqidalariga ko“ra, xudo olamni 
olti kunda yaratgan va u etti qavatdan tuzilgan. Odam yettinchi 
qavatda binoga kelgandir. Diniy dunyoqarash isbot talab 
qilmaydigan aqidalarga asoslanadi. Masalan, islom dinining beshta 
aqidasi mavjud: olloh va farishtalarning borligiga, olloh tushirgan 
kitoblarga, payg‘ambarlarga va oxiratdagi hisob kitob kuniga 
ishonish. Diniy aqidalarga ishonish vojib hisoblanadi, ularga zarracha 
bo‘lsin xilof ish to’tish xudoga shak keltirishga teng bo‘ladi, oxiratda 
do‘zax azobi bilan jazolanadi, deb uqtiriladi. Demak, diniy 
dunyoqarash xudodan qo‘rqish, xudo g‘azabidan saqlanish his-
tuyg‘ulariga asoslanadi. Diniy dunyoqarash insonning kundalik 
hayoti, faoliyati, kechinmalari, his-tuyg‘ulari, umid va e’tiqodlari bilan 
aloqador bo‘lganligi sababli ham mifologik dunyoqarashdan 
hayotiyligi hamda barqarorligi bilan ajralib turadi. Diniy 
dunyoqarash takomillashib borishi bilan din kelib chiqadi. Din 
ko‘pchilik xalqlar, shu jumladan, o‘zbek xalqi uchun ham e’tiqodgina 
bo‘lib qolmasdan, ma’naviyatning o‘zagi va hayot tarzining uzviy 
qismidir.
Mustaqil O‘zbekistonda din va diniy tashkilotlarga yangicha 
munosabat shakllangan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 


31-moddasida: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir 
inson xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod 
qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarning majburan singdirilishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi”, deyiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. 
Karimov “Olloh qalbimizda, yuragimizda” (1999 yil) nomli asarida 
ta’kidlanganidek, 
“Islom 
asrlar 
mobaynida 
umuminsoniy 
qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, u bundan keyin ham 
xalqimizni tarixiy va madaniy merosga yaqinlashtirishi lozim”. Shu 
bilan birga dunyoviy davlatda dinning siyosatga, sud ishlariga
xokimiyat uchun kurashga aralashuvi davlat xavfsizligi va 
barqarorligiga putur etkazadi. Diniy dunyoqarash umuminsoniy 
qadriyatlar vositasida jamiyat ma’naviy kamolotiga xizmat qilishi 
lozim. 
Dunyoqarshning uchinchi shakli

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish