e’tiqod
tashkil qilsa, ijtimoyi
dunyoqarashning jipslashtiruvchi ma’naviy-g‘oyaviy o‘zagini
mafkura
tashkil etadi. Individual va ijtimoiy dunyoqarashlar bir-biridan farq
qilishiga qaramay, ular biri ikkinchisini taqozo qiladi va o‘zaro
dialektik aloqadorlikdadir. Shaxs dunyoqarashi jamiyatda ustuvor,
xukmron g‘oyalar ta’sirida shakllansa, ijtimoiy dunyoqarash, xususan,
uning yadrosi bo‘lmish mafkura oddiy kishilarning kundalik his-
tuyg‘lari, orzu-umidlari, maqsadlari, ma’naviy ehtiyojlari va ideallarini
inobatga olgandagina muvaffaqiyat qozonadi.
Dunyoqarashning amal qilishi va rivojlanishiga xos muhim qonuniyat
vorisiylik
tamoyilida ko‘rinadi, ya’ni eskirib qolgan g‘oyalar,
qarashlar, tasavvurlardan voz kechiladi, ularning ijobiy tomonlari
saqlab qolinadi, asrab-avaylanadi, uning negizida yangi tarixiy
bosqich va ijtimoiy sub’ektlar talab-ehtiyojlariga muvofiq kaluvchi
yangi dunyoqarash shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |