Dunyoqarash ijtimoiy
-
tarixiy mohiyatga ega.
Insoniyat tarixida davr
shart-sharoitlari, amaliy faoliyat hamda olam haqidagi bilimlarning
kengayib borishi bilan bog‘liq ravishda ijtimoiy dunyoqarashning
oddiydan murakkabga yo‘nalgan mifologik, diniy va falsafiy tiplari
yuzaga kelgan.
Mifologik dunyoqarash
miflar (asotirlar, naqllar, irvoyatlar) negiziga
qurilgan bo‘lib, insoniyat evolyutsiyasining ilk bosqichlari uchun
xosdir. Ilmiy bilish imkoniyatlari bo‘lmagan qadimgi dunyo sharoitida
borliq xayoliy-fantastik usulda idrok etilgan, izohlangan va
baholangan. Ajdodlarimiz tabiat va jamiyatning o‘zlari oxirigacha
anglab etmagan hodisa va jarayonlarini afsonaviy qahramonlar,
ma’budlar, g‘ayritabiiy kuchlar obrazida gavdalantirganlar. Shu yo‘l
bilan dunyoga o‘z munosabatlarini ifodalaganlar va tasavvurlarini
shakllantirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |