assimetrik (tenglikning mavjud emasligi) ma‟lumot
deyiladi. Bu
iqtisodiy kelishuvda bir tomonning boshqa tomonga nisbatan ko‗proq ma‘lumotga
ega bo‗lishidan kelib chiqadi.
Moliyaviy institutlar va bozorlarda ikki xil assimetrik ma‘lumotlar mavjud:
Bu qachonki, qimmatbaho qog‗oz sotuvchilari/qarzdorlaridan sotib
oluvchilar/qarzga oluvchilardan o‗z xarakter borasida ko‗proq ma‘lumotga ega
bo‗lganda noqulay tanlovni yuzaga keltirishi mumkin. Eng riskli moliya institutlari
qarz olishga eng ko‗p intiluvchilar hisoblanadi, biroq qarz beruvchilar past yoki
yuqori riskli qarz oluvchilarga qarz bermasligi mumkin, chunki ular o‗rtasidagi farq
borasidagi ma‘lumotlarga ega emas.
Qarz oluvchilar mablag‗larni qo‗lga kiritgan so‗ng, qarz beruvchilarga
nisbatan ijtimoiy xavflarni keltirib chiqaruvchi moliyaviy manbalardan
foydalanishi bo‗yicha ko‗proq ma‘lumotga ega bo‗lishadi. Agar qarz oluvchilar
qarz beruvchilarga zarar keltiruvchi faoliyatlarini o‗z zimmalariga olishsa risk
yuzaga keladi, biroq qarz beruvchilar qarz bermasligi mumkin, chunki ular qarz
oluvchilarni faoliyatini samarali nazorat qilish imkoniyatiga ega emas.
Deyarli barcha mamlakatlarda, bank faoliyatini tartibga solishda banklar va
ularning deponentlari uchun hukumat tomonidan beriadigan kafolat muhim
ahamiyat kasb etadi. Banklar uchun xavfsizlikning eng muhim tarkibiy qismi bu-
Markaziy bankning yordam beruvchi funtsiyasidir. Markaziy bankning mazkur
funktsiyasi-bu ishonch hosil qilish va bank deponentlarining qaytarib olishdagi
talablarini bajara olishda, to‗lov qobilyatiga ega bo‗lish demakdir.
Shunga qaramasdan, Markaziy bankni yordam beruvchi funktsiyasi ba‘zi
noqulayliklarni kelib chiqishiga sabab bo‗lishi mumkin
292
:
-
Amaliyotda, nolikvid bankni to‗lov qobilyatiga ega bo‗lmagan bankdan
farqlash juda murakkab. Bu bank boshqaruvchilariga (to‗lov qobilyatiga ega
292
Global Financial Markets./7 the edition. Stephen Valdez & Philip Molyneux. Palgrave McMillan, 2013. 130r.
296
bo‗lmagan bank qarz oladi va riskli investitsiyalarni amalga oshiradi) ma‘naviy
xavfni keltirib chiqaradi.
-
Markaziy bankning yordam berish funktsiyasi mavjudligi-bu kelajakda
foydalaniladi degan ma‘noni anglatmaydi, chunki banklar qarz berimasligi ham
mumkin, misol uchun likvid ehtiyojlarni kredit berish yoki aktivlar savdosi orqali
ta‘minlanishini afzal ko‗rishi natijasida, Markaziy bank yetarli likvidlikni
ta‘minlashda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin.
-
Agarda Markaziy bank yetarli xorijiy ayriboshlash zaxiralariga yoki boshqa
markaziy banklardan qarz olish imkoniyatiga ega bo‗lsa, banklar xorijiy valyuta
aktivlariga talabini qondirish uchun qarz olishi mumkin.
Bank inqirozi kelib chiqish sabablarini tushuntirishda asosan ikkita aniq
nazariya ilgari suriladi
293
:
Birinchi nazariyada, bank inqirozining kelib chiqishiga real iqtisodiyotdagi
o‗zgarishlarga bog‗lanmagan tasodifiy depozitlarni qaytarib olishlar sabab etib
ko‗rsatiladi. Bu nazariyada, iqtisodiy agentlar likvidlilik uchun zarur bo‗lgan uzoq–
muddatli investitsiyalarga qarz to‗lashda noaniq ehtiyojlar mavjud. Bu borada
ikkita muvozanat bor: birinchisi, agar deponentlar boshqa deponentlar
mablag‗larini qaytarib olishlariga ishonishsa, unda ularning e‘tirozlarini
qondirishda barcha agentlar ratsional deb topiladi va natijada tahlikali vaziyat
yuzaga keladi, boshqa tomondan, agarda barcha deponentlar tahlikali vaziyat
yuzaga kelmaydi deb ishonishsa hamda agentlar ehtiyojlariga ko‗ra mablag‗larini
qaytarib olishsa, bunday holatda tahlikali vaziyat yuzaga kelmaydi.
Ikkinchi nazariyada, inqirozlar biznes siklining tabiiy natijasi deb hisoblanadi.
Iqtisodiy inqiroz bank aktivlari qiymatini tushishiga olib keladi va bank
majburiyatlarining bajarmaslik ehtimolini oshiradi. Agar deponentlar iqtisodiy
inqiroz yuzaga kelishini avvaldan bilishsa, unda depozitlarni qaytarib olishga
harakat qilishadi. Demaki, inqirozlar bu tasodifiy hodisalar emas, balki
deponentlarning iqtisodiyotdagi yomon xabarlarga nisbatan harakatidir.
Banklarni samarali tartibga solishda, biz avvalo likvidlilik va to‗lov qobilyati
muammolarining sabablari, ya‘ni likvidlik muammolari to‗lov qobilyati
muammolariga qanday ta‘sir etishi, kichik tebranishlar likvid mablag‗larni
kamayishiga qanday sabab bo‗lishi va moliyaviy inqirozlarni qanday yuzaga
kelishini tushunib olishimiz zarur.
Har bir moliya institutini tartibga solish bilan butun moliyaviy tizim
barqarorligini ta‘minlash qiyin. Hozirgi kundagi tartibga solish islohotlari ortida
turgan asosiy mulohazalar, bu tartibga solishni individual banklar e‘tiboridan yaxlit
tizim barqarorligiga ishonch hosil qilishga qaratishdir.
―Tizimli risk‖ni tavsiflashda turli mualliflar turlicha ta‘rif berilgan bo‗lib,
biroq Rochet (2010) buni qisqacha qilib bank va moliya tizimi barqarorligini xavf
ostida qoldirishda barcha voqealikni qamrab olish layoqati deb tushuntiradi
294
.
293
Allen F., Babus A. and Carietti E. (2009) Financial Crises: Theory and Evidence Annual Review of Financial
Economics Volume 1, 2009 Allen, pp 97-116.
294
Rochet, Jean-Charles (2010). Systemic risk: changing the regulatory perspective. International Journal of Central
Banking, 6(4):259-276.
Misol uchun makroiqtisodiy tebranishlar barcha institutlarga birdaniga ta‘sir
etmaydi yoki salbiy oqibatlar, ya‘ni bir bankning to‗lov qobiliyatini yo‗qolishi,
boshqa banklarga ta‘sir etadi. An‘anaviy ravishda, bankni tartibga solish qoidalari
individual institutlarni sog‗lomlashtirishga qaratilib kelingan va yaxlit moliyaviy
tizimni sog‗lomlashtirish yetarli darajada ta‘minlangan edi.
Bank to‗lov qobilyatiga ega bo‗lishda ―riskni yo‗qolish‖ qiymati
majburiyatlarining kutilgan qiymatidan oshmasligini talab etadi. Inqiroz sharoitida
to‗lov qobilyatini aniqlash juda murakkab, chunki aktivlar narxi kutilgan naqd pul
oqimini baholashlardan ajratilgan bo‗ladi. To‗lov qobilyati va likvidlilik
muammolarini hal etish juda murakkab hisoblanadi.
Banklar odatda aktiv va passiv nomutonosibligiga ega bo‗lib, ular qisqa
muddat uchun qarzlar olish orqali moliyalashtiriladi, masalan, repo operatsiyalari
yoki tijorat qog‗ozlariga asosan qarz muddatini uzaytirilishi. Bu insturmentlar qisqa
muddat uchun qarz olishni ta‘minlaydi, chunki ular qo‗shimcha garov vazifasini
bajaradi (o‗z tasaruffidagi qimmatbaho qog‗ozlar). Biroq, ushbu insturmentlar
garovning umumiy qiymati miqdorida qarz olish imkoniyatini bermaydi, chunki
aktiv narxi va garov qiymati (garov sifatida qo‗yilishi shart bo‗lgan qimmatbaho
qog‗ozlar) o‗rtasidagi o‗zaro farq, bu bank kapitalidan moliyalashtirilishi shart
bo‗lgan aktiv qiymatini kamaytirish demakdir.
Banklar uchun eng katta xavf bu qisqa muddatli qarzlar olish muddatini
uzaytirishning imkonsizligi bo‗lib, bu borada ikkita turli risk mavjud:
Likvidlilik riskini moliyalashtirish-
bu garovga qo‗yiladigan mablag‗larning
―qiymatni kamaytirish‖ hajmining kamayish ehtimolligi, qisqa muddatli qarzga
olish muddatini uzaytirishni qimmatga tushishi, ya‘ni qisqa davrdagi foiz
stavkasining o‗sishi hamda depozit mablag‗larni qaytarib olishga bo‗lgan ehtiyoj
sababli yuzaga keladi.
Bozor likvidliligi riski-
bu aktivlar sotilishi, narxlarni tebranishini yuzaga
kelishi va bank balansi qisqarishlar sababli paydo bo‗ladi.
Individual banklarni mustahkamlashga doir harakatlar tizimli barqarorlikni
yetarlicha rag‗batlantirmaydi. Aslida, to‗lov qobilyatini saqlab qolishga individual
banklarning urinishlari, bank tizimini yaxlit holda inqirozga uchratishi mumkin.
Banklararo munosabatlarni ko‗rib chiqadigan bo‗lsak, qarz berayotgan
bankning boshqa (banklararo bo‗lmagan) qarzlaridagi yo‗qotishlardan zarar
ko‗rishlari, banklararo bozorda inobatga olingan qarzlar berishni qisqarishiga olib
keladi. Agar banklararo bozordagi qarz oluvchi bank moliyalashtirishning muqobil
manbalariga ega bo‗lmasa, bu bankni himoyalanganlik darajasini pasaytirib,
aktivlari sotilishini qisqarishiga olib keladi. Misol uchun, 2007- yilda Northern
Rockda, 2008 yilda Bear Stearns va Lehman Brothers kabi banklarda namoyon
bo‗ladi. Chunki, banklararo munosabatlarda bank tizimi orqali tizimli riskni
ko‗chib o‗tishi, ―domino effekti‖ deb ataladi.
298
Do'stlaringiz bilan baham: |