292
qabul qilindi (2009 y.iyun)
284
. 2010 yilda tartibga solishning yevropa tizimini
tashkil etish to‗g‗risidagi zaruriy hujjatlar nashr etildi va 2011- yil oxirida
moliyaviy islohat to‗g‗risidagi tegishli qonun qabul qilindi.
Yevropa moliyaviy nazorat tizimi quyidagi tuzilmalardan tashkil topgan:
tizimli risklar bo‗yicha Yevropa kengashi (
European Systemic Risk Board,
ESRB
);
evropa banklari tashkiloti (
European Banking Authority, EBA
);
evropa sug‗urta va pensiya ta‘minoti tashkiloti (
European Insurance and
Occupational Pensions Authority, EIOPA
) va qimmatli qog‗ozlar va bozorlar
bo‗yicha Yevropa tashkiloti (
European Securities and Markets Authority, ESMA
).
ESRB mikrodarajadagi yevropa moliyaviy nazorat tizimida muhim o‗rin
tutib, uning vazifasi tizimli risklarni tahlil qilib borish va YeI moliyaviy tizim
barqarorligini oshirish. Xuddi ushbu struktura XVF va moliyaviy barqarorlik
bo‗yicha Kengash bilan hamkorlikdagi moliyaviy barqarorlik masalalari yuzasidan
o‗tkaziladigan muhokamalarda ―YeI ning yagona ovozi sifatida‖ ishtirok etadi
285
.
YeVA yevropa bank nazorati bo‗yicha Qo‗mitaning o‗rniga, ―investorlarni
himoya qilish, moliya tizimi barqarorligini ta‘minlash
va nazoratni xalqaro
koordinatsiyasini
kuchaytirish‖
uchun
YeI
mamlakatlarining
turli-tuman
manfaaatlarini hisobga olgan xolda, ichki bozor faoliyati samaradorligini oshirish
maqsadida tashkil etilgan
286
. YeVA ning asosiy vazifasi–moliyaviy
xizmatlar
sohasida o‗zaro mos texnik standartlarni kiritish bo‗yicha samarali vositalarni,
shuningdek inqirozli vaziyatlardan avvaldan ogohlantiruvchi vositalardan biri
hisoblangan bank stress-testlarini yaratishdir.
Yana bir yevropa nazorat organi EIOPA YeI dagi fuqarolar va tadbirkorlar,
iqtisodiyotning qisqa,o‗rta va uzoq muddatdagi moliyaviy barqarorligini ta‘minlash
uchun ijtimoiy manfaatlarni himoya qilish masalalari bilan shug‗ullanadi.
Bu strukturaning asosiy vazifasiga:
raqobat uchun teng sharoit yaratish;
YeI darajasida sug‗urtalash, qayta sug‗urtalash,
shuningdek pensiya
sohasida samarali nazorat tizimini yaratish kiradi.
ESMA korporativ boshqaruv, audit, moliyaviy xizmat, yutilish va qo‗shilish
hamda derivativlar sohasidagi faollikda ―butunlik, shafoflik,
samaradorlik va
moliya bozorlarini tegishli faoliyatini‖ ta‘minlash masalalari bilan shug‗ullanadi.
ESMA tashkiloti ESRB hamkorlikda bozorning asosiy ishtirokchilari uchun tizimli
riskni o‗lchash va identifikatsiyalashga, miqdor va sifat indikatorlarni ham
qo‗shgan xolda yagona yondoshuvni ishlab chiqmoqda. Bugungi kunda aynan
ESMA reyting agentliklari nazorati uchun javob beradi.
284
Proposal for a Regulation of the European Parliament and of the Souncil on
Community Macro Prudential
Oversight of the Financial System and Establishing a European Systemic Risk Board. Brussels, 23.09.2009.
285
Regulation (EU) No 1092-2010 of the European Parliament and of the Council of 24 November 2010 on European
Union macro-prudential oversight of the financial system establishing a European Systemic Risk Board. Official
Journal og the European Union. 2010. L 331(2).
286
Proposal for a Regulation of the European Parliament and of the Souncil establishing a European Banking
Authority.Brussels, 23.09.2009. R. 21.
YeK hujjatlari bilan yevropa tartibga soluvchilarga reyting agentliklari
faolligini kuzatib borish imkoniyatini beradigan ro‗yxatga
olish tartibi kiritilgan
bo‗lib, bundan asosiy maqsad reying agentliklari bilan ular baholaydigan obyektlar
o‗rtasidagi mavjud va bo‗lishi mumkin bo‗lgan mojarolardan qochishdir
287
. YeK
tomonidan 2015- yil boshiga qadar YeI da moliyaviy sektor faoliyatini yaxshilash
bo‗yicha 30 dan ortiq takliflar ishlab chiqilgan bo‗lsada, biroq asosiy vaziflar–
milliy nazorat sifatini oshirish, transmilliy moliyaviy guruhlar nazoratini
kengaytirish, bozordagi barcha moliyaviy institutlar uchun yagona yevropa to‗plam
qoidalarini yaratish hamda YeI moliya tizimi barqarorligining tizimli risklarini
kamaytirish faqat qisman hal etilgan.
Moliyaviy tartibga solishga prudentsial nazorat (prudential supervision) va
tadbirkorlik faoliyati nazorati (business conduct supervision).
Prudentsial nazorat
moliya instutlarini ishonchligi va barqarorligi ta‘minlash, tizimli risklarni
kamaytirish bilan bog‗liq.
Bundan tashqari, Jahon banki ekspertlarini fikriga ko‗ra
288
mazkur nazorat
axborotlar asimmetriyasini bartaraf etishga yo‗naltirilgan.
Tadbirkorlik faolligini
nazorati yoki tartibga solish raqobatli bozorlar faoliyatini qo‗llab-quvvatlash va
moliyaviy xizmatlar iste‘molchilarining huquqlarini himoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: