Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

NERV TOLALARI


Nerv stvoli yoki nerv umumiy perinevral parda bilan qoplangan talaygina
nerv tolalaridan iborat. Yakka nerv tolasi esa nerv hujayralarining o’siqlari –
akson va dendritlardir. Nerv tolasi o’q silidr va uni qoplovchi plazmatik
membranadan iborat. Bu membrana qo’zg’aluvchan. Unda potensialga bog’liq
natriy va kaliy kanallari bo’lishi tufayli harakat potensiali (nerv impulsi) hosil
bo’lishi mumkin. Qo’zg’lishning toladan o’tishi ham o’q silindrning plazmatik
membranasiga bog’liq. O’q silindri gialoplazmaga to’lgan va unda
neyrofibrillalar, mikronaychalar, mitoxondriyalar kabi organellalar uchraydi.
O’q silindri tashqaridan Shvann parda yoki Shvann va miyelin parda bilan
qoplangan.
Umurtqali hayvonlarning aralash nervini tashkil qiluvchi tolalar yo’g’onligi,
qo’zg’aluvchanligi’ qo’zg’alishning ulardan o’tish tezligiga qarab asosiy uch
guruhga bo’linadi (1-jadval).
1-jadval
Nerv tolalari tasnifi
Tolalar turi
Diametri (mkm)
Qo'zg'alishni
o'tkazish tezligi
(m/s)
Mutlaq
refrakterlik
davomiyligi (ms)
A-alfa
13-22
70-120
0,4
A-beta
8-13
40-70
-
A-gamma
4-8
15-40
-
A-delta
1-4
5-15
0,8
B
1-3
3-4
1,2
C
0,5-1,0
0,5-2
2,0
Jadvalda keltirilgan raqamlarga ko'ra, guruhni tashkil qiluvchi tolalarning
diametri birinchisidan ikkinchisiga, ikkinchisidan uchinchisiga o'tishi bilan o'rta
hisobda ikki marta kamayadi va hokazo. Shunga yarasha qo'zg'alishning
tolalardan o'tish tezligi ham deyarli ikki baravar sekinlashadi. Qo'zg'alishdan
keyin taraqqiy etadigan refrakterlik esa tola qancha ingichka bo'lsa, shuncha
uzoq davom etadi. Demak, tola ingichkalanishi bilan uning labilligi kamayib
boradi.
A-turga mansub tolalarning hammasi miyelin bilan qoplangan. A-alfa
turidagi tolalar skelet muskullarini nervlaydi. Ular orasida murakkab retseptorlar
– muskul duklaridan boshlanuvchi afferent tolalar va skelet muskullarini
qo'zg'atib, harakatga keltiradigan efferennt tolalr tafovut qilinadi. A-beta va A-
delta tolalar markazga intiluvchi tolalar bo'lib, turli retseptorlardan (taktil, ichki
a'zolardagi, haroratni va ba'zi bir og'riqni sezuvchi retseptorlardan) impulslarni


MNT ga o'tkazadi. A-gamma tolalar esa afferent tolalardir. Ular muskul
duklarining qisqaruvchi elementlarini nervlaydi.
B-turdagi tolalarga simpatik va parasimpatik preganglionar tolalar kiradi. C-
turdagi tolalarni postganglionar vegetetiv tolalar va teridagi og'riqni sezuvchi
retseptorlar, ba'zi termoretseptorlar, hamda bosimni sezuvchi retseptorlar bilan
bog'langan afferent tolalar tashkil qiladi.
Neyronning o'siqlari somadan ajralgan holda yashay olmaydi. Tola
kesilgandan keyin uning soma bilan bog'liq bo'lmagan periferik qismi halokatga
uchraydi. Miyelin va uvalangan tola so'rilib ketadi. Saqlanib qolgan Shvann
hujayralari markaziy yo'nalishda soma tomon o'sa boshlayda. Tolaning markaziy
uchi yo'g'on tortadi, undan bir talay shoxchalar chiqadi. Bu shoxchalardan bir
qismi Shvann hujayralari hosil qilgan qinga qarab, periferik to'qima yoki a'zoga
yetib olguncha, bir kecha-kunduzda 0,5-4,5 mm tezlikda o'saveradi. Natijada
o'sha to'qima yoki a'zoda nerv oxirlari hosil bo'lib, ularning nervlanishi asl
holiga keladi. Bu jarayon odatda 5-6 hafta, ba'zan yillab davom etadi. Nerv
tolalarining asosiy vazifasi qo'zg'alishni o'tkazishdan iborat. Bundan tashqari,
neyronlar o'zi nervlaydigan to'qimalarga nisbatan trofik ta'sir ko'rsatadi. Trofik
ta'sir ahamiyatini denervatsiyalangan (nervlardan mahrum qilingan) to'qoma va
a'zolarda yaqqol ko'rish mumkin. Vaqt o'tishi bilan nervsizlantirilgan to'qima va
a'zolar distrofiya va atrofiyaga uchraydi. Masalan, skelet muskuli
denervatsiyadan keyin kichiklashib, kuchsizlanadi. Ushbu trofik ta'sir qisman
tola orqali to'qimaga yetib keladigan impulslarga bog'liq bo'lsada, uni yuzaga
chiqarishda akson bo'ylab neyronning somasidan nervlangan to'qimaga oqib
o'tadigan moddalar asosiy rol o'ynaydi. Impulslarga bog'liq neyrotrofik ta'sur
qo'zg'alish o'tayotgan vaqtda ajraladigan mediatorlarga bog'liq. Bu mediatorlar
membranadagi 
biokimyoviy 
jarayonlarga 
ta'sir 
qiladi 
va 
siklik
adenozinmonofosfat (sAMF), siklik guanozinmonofosfat (sGMF) va boshqa
moddalar miqdorini o'zgartiradi. Neyronning trofik markazi hujayra tanasida,
yadroga yaqin sohada joylashgan. Bu yerda sintezlangan oqsil, RNK,
mediatorlar va boshqa moddalar akson bo'ylab hujayra organellalari
(mitoxondriyalar) bilan oqib, presinaptik sohaga yetib keladi. Hozir
aniqlanishicha, bu oqim teskari yo'nalishda, presinaptik sohadan somaga
qaratilgan bo'lishi ham mumkin. Quturish, poliomiyelit, uchuqqa sabab
bo'ladigan viruslar va ba'zi bakterial toksinlar teskari yo'nalishda oqib,
periferiyadan MNT ga yetib keladi.
Moddalarning nerv tolalaridagi oqimi aksonlarda yaxshi o'rganilgan. Hozir
tez va sekin akson oqimi borligi aniqlangan. Tez akson oqimida (250-400
mm/24 soat) mitoxondriyalar, mediatorga to'la pufakchalar, oqsillar neyron
tanasidan tola oxiri – oxirgi tarmoqlargacha tashiladi. Bu oqim akson ichidagi
mikronaychalar va neyrofilamentlar shikastlanganda, hamda aksonda ATF va
Ca
2+
yetishmovchiligida to'xtaydi.
Sekin akson oqimi – bu umuman aksoplazmaning oqimidir. Bu oqimda
aksoplazmadagi unsurlarning (oqsillar, mikronaychalar, neyrofilamentlar, RNK,


ion kanallari va nasoslari) hammasi ishtirok etadi. Akson o'rtasidan qattiq
bog'lansa, periferik qismidagi aksoplazma oqishda davom etadi va tolaning bir
qismi bo'shab, ingichkalashadi. Markaziy qismining oxiri esa somadan oqib
kelayotgan aksoplazmaga to'lib,shishib ketadi. Sekin akson oqimining tezligi 1-
4 mm/24 soat. Bu oqim tolalarning o'sishi va qayta tiklanishida
(regeneratsiyasida) muhim ahamiyatga ega.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish