Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

SILLIQ MUSKUL
Silliq muskullar umurtqali hayvonlarning ichki kavak a’zolarida, tomirlarida
va terisida uchraydi. Ularning nisbatan sekin ritmik qisqarishlari kavak a’zolar
bo’shlig’idagi suyuqliklarni va qayta ishlanayotgan ovqatni harakatlantiradi.
Silliq muskullarning kuchli va davomli tonik qisqarishi tufayli (bu qisqarish
sfinkterlar tarkibidagi silliq muskullarda yaqqol kuzatiladi), o’t pufagida o’t,
qovuqda siydik, to’g’ri ichakda najas ma’lum miqdorda ma’lum vaqtgacha
yig’ilib, chiqib ketmay turadi. Qon tomirlardagi silliq muskullarning uzluksiz
tonik qisqarishi qon bosimining bir me’yorda saqlanishi uchun katta ahamiyatga
ega.
Silliq muskullar bir yadroli, qalinligi 2-10 mkm, bo’yi 50-400 mkm bo’lgan
duksimon hujayralardan tashkil topgan. Bu hujayralar bir-biri bilan elektr tokiga
qarshiligi kam bo’lgan neksuslar orqali bog’langan. Silliq muskul hujayralarida
ham miofibrilla va sarkomerlar bor. Ammo ular ko’ndalang targ’il
muskuldagidek to’gri takrorlanmagani uchun silliq muskulda targ’illik
kuzatilmaydi. Silliq muskullarni simpatik va parasimpatik nervlar nervlaydi.
Shuning uchun ular faoliyatiga xohish bilan ta’sir o’tkazib bo’lmaydi.
Silliq muskullarning targ’il muskullarda yuqorida ko’rsatilgan uchta asosiy:
qo’zg’aluvchanlik, o’tkazuvchanlik va qisqaruvchanlik xossasi mavjud. Bu


xossalar ikki turdagi muskullar uchun umumiy bo’lsada, silliq muskullarda
o’ziga xos xususiyatlari bor.
Silliq muskul tolalarining qo’zg’aluvchanligi ancha past. Ularning tinchlik
potensiali –60-70 mV. Bu miqdor ko’ndalang targ’il muskul tolasidagi TP
miqdoridan kamroq.
Silliq muskul tolasidagi TP ning kamroq bo’lishi membranasining natriy
uchun o’tkazuvchanligi yuqori bo’lishiga bog’liq.
Silliq muskullarning harakat potensiali ham skelet muskullarinikidan ozroq,
+70-90 mV dan oshmaydi. Ichki a’zolardagi silliq muskul tolalarida ikki turdagi
harakat potensiallari qayd qilingan: cho’qqili potensiallar va yassi potensiallar.
Cho’qqili potensiallar 5-80 ms davom etadi va odatda izli
giperpolyarizatsiyaga ega. Yassi harakat potensiallari siydik yo’llari, bachadon
va ba’zi tomirlardagi silliq muskul tolalariga xos bo’lib, 30-500 ms davom etadi.
Bir qatir silliq muskullarda membrananing depolyarizatsiyalanishi natriy
kanallarining faollashishiga emas, Ca
2+
kanallarining aktivlanishiga bogliqligi
aniqlangan. Kalsiy kanallarining faollanishi va noaktiv holatga o’tishi uchun
ko’p vaqt kerak. Tezkor natriy kanallarining inaktivatsiyaga uchratadigan
moddalar 
kalsiy 
kanallariga 
ta’sir 
qilmaydi.
Silliq muskul hujayralarning bir qismi hech qanday ta’sirotsiz, o’z-o’zicha
harakat potensialini vujudga keltirish qobiliyatiga (avtomatiyaga( ega. Ularnni
peysmeker yoki ritmni yetaklovchi hujayralar deyiladi. Peysmeker hujayralarda
harakat 
potensiali 
rivojlanishiga 
membrananing 
o’z-o’zidan
depolyarizatsiyalanishi sabab bo’ladi. Vaqti-vaqti bilan vujudga keladigan
harakat potensiallari 2-10 sm/s tezlikda boshqa hujayralarga tarqalib, silliq
muskullarning miogen tonusini ta’minlaydi. Ba’zi bir ichki a’zolarda, masalan,
ingichka ichakda, peysmeker hujayralar aniq bir joyda to’plangan. O’n ikki
barmoq ichakning umumiy o’t yo’li ochilgan qismida ingichka ichakning ritmik
qisqarishlarini boshqaruvchi ritm yetakchisi jaylashgan. Bu yetakchi vujudga
keltiradigan impulslar chastotasi minutiga 18-19 bo’lib, nerv va gumoral
ta’sirotlarga javoban deyarli o’zgarmaydi. Bir toladan ikkinchi tolaga
qo’zg’alish neksuslar orqali o’tadi. Qo’zg’alishning silliq muskulda
ko’ndalangiga (neksuslardan o’tib) tarqalish tezligi uzunasiga tola bo’ylab
o’tkazilish tezligiga nisbatan 10 marta kam.
Qo’zg’alishdan so’ng qisqarish sodir bo’lishi – elektromexanik bog’lanish –
silliq muskullarda ham kalsiy ionlari ishtirokida yuzaga chiqadi. Ammo silliq
muskul hujayralarining sarkoplazmatik retikulimda joylashgan kalsiy nasoslari
juda kuchsiz. Shu sababdan, qisqarish vaqtida erkin holga o’tgan kalsiy ionlarini
mioplazmadan yo’qotish ancha vaqt davom etadi, muskul sekinlik bilan
bo’shashadi.
Silliq muskul hujayralarining qisqarishi ham aktin iplarining miozin iplarga
nisbatan 
sirg’anishiga 
bog’liq. 
Ammo 
bu 
sirg’anishning 
va 
ATF
parchalanishining tezligi targ’il muskuldagiga qaraganda 100-1000 barobar
kam. Shu tufayli, silliq muskullar charchamasdan uzoq va turg’un qisqarishga


moslashgan. Teng ko’ndalang kesimfa ega silliq va ko’ndalang targ’il muskullar
hosil qiladigan tortish tarangligi teng miqdorda bo’ladi va ular bir xil yukni
ko’tara oladi. Ammo, silliq muskul shu sharoitda targ’il muskulga nisbatan 100-
5—marta kam kislorod sarflaydi.
Yakka ta’sirga silliq muskul ham yakka qisqarish bilan javob beradi. Ammo,
qo’zg’aluvchanligi past bo’lganidan silliq myskulni qo’zg’atib, qisqartirish
qobiliyatiga ega bo’lgan bo’sag’a kuch ko’ndalang targ’il muskulga nisbatan
ancha katta bo’lishi kerak. Yakka qisqarishning latent davri ham silliq
muskullarda davomliroq. Quyon me’dasining silliq muskuli impuls berilgandan
so’ng 0,25-1 s o’tgach, qisqara boshlaydi va bu qisqarish 5-6 s davom etadi.
Baqa me’dasining yakka qisqarishi 1 daqiqa va byndan ko’p davom etadi.
Silliq muskullar sekin qisqarganidan, chastotasi juda kam bo’lgan ritmik
impulslar ham ularni tetanussimon, uzoq davom etuvchi turg’un qisqarishni
yuzaga keltiradi. Bunday qisqarish juda kam energiya sarfiga muhtoj.
Silliq muskullarni ko’ndalang targ’il muskullardan ajratib turuvchi o’ziga xos
xususiyatlardan biri ularning plastikligidir. Ya’ni, silliq muskullar ma’lum
chegarada cho’zilsa ham, tarangligini o’zgartirmaydi. O’t pufagi va qovuq
faoliyatlari uchun plastiklikning ahamiyati katta. O’t-safro va siydik jigar hamda
buyraklarda uzluksiz ishlab chiqarilib, aytilgan kavak a’zolarda yig’iladi.
Suyuqliklar hajmining oshishi silliq muskullarnui cho’zadi, ammo ularning
tarangligi o’zgarmagani tufayli pufaklarda bosim ko’tarilmaydi. Bu kavak
a’zolarning bo;shashini ta’minlovchi reflekslar ma’lum vaqtgacha so’nib turadi.
Suyuqliklarning, masalan, siydikning miqdori ko’payib ketsa, qovuq devoridagi
muskullar tarangligi oshadi, bosim ko’tariladi, retseptorlar qo’zg’aladi,m odam
siygisi qistaganini sezadi.
Silliq muskullarning kuchli va tez cho’zilishi ularning qisqarishiga sabab
bo;ladi. Silliq muskullarning bu fiziologik xususiyati ingichka va yo’g’on ichak,
siydik yo’llari va boshqa kavak a’zolarning me’yoriy faoliyati uchun katta
ahamiyatga ega. Ko’rsatilgan a’zolarning to’lib ketishi muskullarni cho’zadi,
ular faol qisqarib, yig’ilib qolgan suyuqliklarni harakatlantiradi.
Silliq muskullar ba’zi bir kimyoviy moddalar, chunonchi: atsetilxolin,
adrenalin, noradrenalin, gistamin, serotonnin, bradikinin va prostaglandinlarga
juda sezgir. Atsetilxolin aksariyat a’zolardagi silliq muskullarni qo’zg’atib,
qisqartiradi, ammo qoon tomirlar silliq muskullarini tormozlaydi. Adrenalin
bachadon myskulini umuman bo’shashtiradi, ammo homilali bachadonni
qisqartiradi. Demak, gumoral ta’sirotlarning natijasi silliq muskul turlari va
ularning fiziologik holatiga bog’liq.
Silliq muskullarni nervlovchi simpatik va parasimpatik tolalar ta’siri odatda
qarama-qarshi bo’ladi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish