Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

GLIAL HUJAYRALAR
Neyronlar oralig’i glial hujayralar bilan to’lgan. Bu hujayralar miya kul rang
moddasining 30-56% hajmini egallaydi. Nerv va glial hujayralar o’rtasida eni 20
nm bo’lgan, hujayralararo suyuqlikka to’lgan yiriq bor. Glial hujayralar ikki
xilga – astrotsitlar va oligodendrotsitlarga bo’linadi. Astrotsitlarda tanasidan har
tarafga taralgan o’siqlar ko’p. Oligodendrotsitlarning o’siqlari kam. Astrotsitlar
miya kapillyarlariga yaqin joylashgan, oligodendrotsitlar esa neyronlarning
aksonlari bilan bog’langan. Oligodendrotsitlar soni astrotsitlar sonidan 10-15%
ko’p. Glial hujayralarning miyadagi umumiy soni 100 milliarddan oshadi.
Oligodendrotsitlar neyronlardan ajratib turuvchi bir nechta muhim xossalari bor.
Ulardan birinchisi – glial hujayralar hayot davomida bo’linish qobiliyatini
yo’qotmaydi. Ikkinchidan, glial hujayralar o’siqlari bilan neyronlarni
”paypaslab”, faol harakat qiladi. Oligodendrotsitlar rittmik ravishda goh
kattalashib, goh kichiklashib tuaradi. Glial hujayralar katta miqdordagi – (80-90


mV) membrana potensialiga ega bo’lsada, ularda harakat potensiali vujudga
kelmaydi. Faqat tevarak-atrofdagi neyronlar uzoq qo’zg’alib turganda, glial
hujayralarning membrana potensiali ma’lum chegarada pasayadi.
Glial hujayralarning funksiyalaridan biri miyelin hosil qilishidir.
Oligodendrotsitlarning o’sig’i akson atrofida bir necha marta o’ralib, miyelin
parda shakllaydi. Miyelin elektr tokiga yuqori qarshilik ko’rsatganidan,
tolalarning elektr izolyatsiyasini ta’minlaydi. Oligodendrotsit o’sig’i akson
atrofida qancha ko’p aylansa, tolaning elektr izolyatsiyasi shuncha ishonchli
bo’ladi. Har bir oligodendrotsitning 30 ga yaqin o’sig’i bo’lishi mumkin.
Demak, bir glial hujayra akson atrofida 30 ta bo’g’indan iborat miyelin parda
hosil qiladi. Aksonlarning MNT dan tashqaridagi qismida miyelin pardani
oligodendrotsitlarning bir turi – Shvann hujayralari o’siqlari shakllaydi. Agar
Shvann hujayrasi akson atrofida bir qavat parda hosil qilgan bo’lsa, u miyelinsiz
tola deyiladi. Atrofida Shvann hujayrasi o’sig’i ko’p marta aylangan, ko’p
qavatli pardaga ega bo’lgan tola miyelinli tola deyiladi. Miyelin parda ma’lum
teng masofalarda (1-2 mm) uzilgani tufayli Ranvye bo’g’ilmalari hosil bo’ladi.
Ranvye bo’g’ilmalarida tola miyelin bilan qoplanmagan. Qozg’alishning
miyelinli va miyelinsiz tolalar orqali o’tkazilishida katta farq bor.
Glial hujayralar elektrolitlar va mediatorlar almashinuvida katta ahamiyatga
ega. Neyronlarning uzoq vaqt faol holatda bo’lishi kaliy ionlarining hujayradan
tashqariga chiqishiga va tashqi suyuqlikda kaliy miqdorining sezilarli darajada
oshishiga olib keladi. Bu o’zgarish neyron qo’sg’aluvchanligiga katta ta’sir
qilishi mumkin. Ammo glial hujayralar membranasi kaliyga nisbatan yuqori
o’tkazuvchanlikka ega. Shu tufayli ortiqcha kaliy ionlari glial hujayralarga
o’tadi. Neyronlar tinch holatga o’tishi bilan kaliy hujayralararo suyuqlik orqali
ularga qaytib kiradi. Neyronlar faol bo’lganidan glial hujayralar sinapslar
atrofida ko’payib ketgan mediatorlarni ham o’zida vaqtincha saqlab turadi.
Glial hujayralar himoya funksiyasini ham bajaradi. Astrotsitlar va ular qoplab
turgan miya kapillyarlarining devori qonni neyronlardan ajratib turadigan to’siq
– gematoensefalik to’siqni hosil qiladi. Bu to’siq miyaning ichki muhiti –
serebrospinal suyuqlikning barqarorligini saqlashda muhim rol o’ynaydi.
Gematoensefalik to’siqdan ko’p moddalar, jumladn toksinlar, ba’zi biologik faol
moddalar neyronlar atrofidagi suyuqlikka o’ta olmaydi. Bundan tashqari, glial
hujayralar fagotsitoz qobiliyatiga ega.
Glial hujayralar neyronlarga trofik faoliyat ko’rsatadi. Astrotsitlar bevosita
miya kapillyarlarida joylashgan. Shu tufayli kislorod va almashinuv uchun zarur
moddalar bilan yaxshi ta’minlanadi. Neyronlarning ba]zi moddalar bilan
ta’minlanishida va ulardan almashinuv qoldiqlarining yo’qotilishida glial
hujayralar ishtirok etadi.
Keyingi yillarda glial hujayralar shartli reflekslar hosil bo’lishida, xotira
mexanizmlarida muhim ahamiyatga ega degan fikrlar aytilmoqda.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish