Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

Qo'zg'alishning o'tkazilishi.
Yuqorida aytib o'tilgan jarayonlar tolalarning
faol holatini saqlab turishda juda muhim. Ularning hammasi qo'zg'alishning
o'tkazilishini ta'minlashga qaratilgan.
Ma'lum bo'lishicha, qo'zg'alishning toladan o'tish mexanizmlari ikki
jarayondan ibborat. Bular mahallaiy javob yuzaga keltirgan katelektrotonik
signalni membrananing yon atrofdagi qismlariga ta'sir etishi va shu sohalarda
harakat potensialining hosil bo'lishidir.
Yuqorida ko'rsatilganidek, membrananing ta'sirlangan qismida, masalan,
unga o'rnatilgan katod ostida depolyarizatsiya rivojlanadi. Buning sababi tola
ichiga natriy ionlarining zudlik bilan o'tishida. Tola ichida ko'paygan natriy
ionlari tola bo'ylab ikki tarafga tarqaladi va membrananing qo'shni sohalarini
depolyarizatsiyaga uchratadi (13-rasm). Elektroton deyiladigan bu passiv
depolarizatsiya mahalliy javob paydo bo'lishiga va uning miqdori membrana
depolyarizatsiyalanishini kritik darajaga yetishiga sabab bo'lishi mumkin. Bunda
harakat potensiali vujudga keladi va u membrananing yondash qismlarini
qo'zg'atuvchi kuch bo'lib xizmat qiladi. Demak, membrananing qo'zg'atilgan
qismi yon-atrofdagi tinch holatda turgan qismlar uchun qo'zg'atuvchi rolini
bajaradi va shu tarzda qo'zg'alish tola bo'ylab ikki tarafga tarqaladi.
Miyelinsiz tolalarda qo'zg'alish uzluksiz holda, tolaning boshidan oxirigacha
harakat potensiallari vujudga kelishi tarzida tarqaladi. Ushbu hol harakat
potensiali yuzaga kelishi uchun zarur bolgan natriy va kaliy kanallarining nerv
tolasi membranasida tekis taqsimlanganligiga bog'liq. Tola membranasida
potensiallarning rivojlanishi «Bor yoki yo'q» qonuniga bo'ysungani uchun
ularning amplitudasi pasaymaydi, ya'ni qo'zg'alish masofada so'nmaydi.
Qo'zg'alishning miyelinli tolalardan o'tishida katta farq bor. Bu tolalardan
qo'zg'alish sakrab-sakrab, saltator ravishda o'tadi. Saltator o'tkazishning sababi
shundaki, miyelinli tolalarda potensialga bog'liq bo'lgan natriy va kaliy kanallari
membranada tekis taqsimlanmagan. Ranvye bo'g'ilmalarida ularning soni
miyelinsiz tola membranasidagi kanallar sonidan 200 marta ko'p. Tolaning
miyelin bilan qoplangan qismida bunday kanallar deyarli yo'q, ya'ni tolaning bu
qismlari qo'zg'aluvchanlikka ega emas. Bu shariitda bir Ranvye bo'gilmasida
vujudga kelgan harakat potensiali elektrotonik ravishda yondosh bo'g'imlarga
tarqaladi. Bu yerda membranani kritik darajagacha depolyarizatsiyalayda va
yangi harakat potensiali rivojlanishiga olib keladi. Agar qo'zg'algan bo'g'ilmaga
eng yaqin turgan bitta yoki ikkita bo'g'ilma shikastlangan bo'lsa, qo'zg'alisg
uchinchi, to'rtinchi bo'g'ilmalarga sakrab otib, ularda harakat potensialini hosil


qiladi. Bu tolada rivojlangan va miqdori 80-100 mv ga teng bo'lgan
potensiallarning bo'sag'a potensialidan 5-6 marta ko'p bo'lishiga bog'liq.
Qo'zg'alishning miyelinli tolalarda saltator o'tkazilishida ikkita afzallik bor.
Birinchidan, bu o'tkazilish energiya sarfi nuqtai nazaridan tejamli, chunki faqat
membrana yuzasining 1% ini tashkil qiluvchi Ranvye bo'g'ilmalari qo'zg'aladi.
Ikkinchidan, qo'zg'alishning o'tish tezligi miyelinsiz tolalardagiga nisbatan juda
yuqori. Shu sababdann, miyelinli tolalar nerv tizimi muhim faoliyatlarining aniq
va tez boshqarilib turishini ta'minlovchi qismlarida ko'p.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish