BA’ZI A’ZOLARDA QON AYLANISHINING
XUSUSIYATLARI
O’pkada qon aylanishi.
O’pkada har ikkala qon aylanish doirasiga aloqador
tomirlar bor. O’pkaning arteriya va venalari katta qon aylanish doirasi
tomirlariga qaraganda ancha kalta va diametri kengroq. Yirik arteriyalarning
devori ancha yupqa, silliq muskul qavati yaxshi rivojlangan tipik arteriolalar
o’pkada uchramaydi.
O’pka kapillyarlari diametri taxminan 8 mkm. Bu kapillyarlar bir-biri bilan
ulangan bo’lib, alveolalarni qalin to’r kabi o’rab turadi. O’pka kapillyarlarining
“funksional uzunligi” (alveola devori bilan chatishgan qismi) o’rtacha 350 mkm.
Qon bu masofani 0,7-1 s da bosib o’tadi.
Tinch holatda o’pka kapillyarlari yuzasi 60 m
2
, jismoniy ish bajarganda
yopiq alveolalar va kapillyarlar ishga tushib, bu yuza 90 m
2
ga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |