Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan


MARKAZIY NERV TIZIMINING QON AYLANISHINI



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

MARKAZIY NERV TIZIMINING QON AYLANISHINI
BOSHQARISHDAGI ISHTIROKI
Yurak-qon tomir tizimi faoliyatini boshqarishda markaziy nerv tizimining
deyarli hamma qismi ishtirok etadi. Bu qismlarning qon aylanishini
boshqarishdagi o’zaro munosabatlari juda murakkab. Ular tomirlar holatiga
bevosita, refleks yo’li bilan yoki ichki sekretsiya bezlari orqali, ularning
faoliyatini o’zgartirib, ta’sir o’tkazadi. Tabiiy sharoitda bu ta’zirlarni bir-biridan
ajratib bo’lmaydi. Agar bu jarayonlarni juda soddalashtirsak, qon aylanishini


boshqarishda markaziy nerv tizimining ishtirokini to’rt bosqichga bo’lish
mumkin.
Orqa miya markazlari eng pastki bosqichda turadi. Bu markazlarning qon
aylanishiga ta’siri orqa miya ko’ndalang kesilganda yaqqol namoyon bo’ladi.
Agar kesim oxirgi bo’yin segmenti va birinchi ko’krak segmenti o’rtasiga
tushsa, hayvon mustaqil nafas olish imkoniyatini saqlab qoladi. Bunday
hayvonning qon bosimi avvaliga keskin pasayib ketadi, hayvon spinal karaxtlik
holatiga tushadi. Keyin bosim asli holiga keladi. Endi hayvonlarda qon
aylanishni o’zgargan sharoitga bemalol moslashishini kuzatish mumkin.
Masalan, tomirlardagi qonning 25% tashqariga chiqarilsa, bosim sog
hayvonlarda kuzatiladigan tezlikda asli holiga keladi. Bu moslashish
reaksiyasini orqa miyadagi simpatik markazlar ta’minlaydi. Tabbiiy sharoitda
orqa miya markazlarining gemodinamikaga ta’siri uncha sezilarli emas.
Ayni vaqtda miya stvolidagi markazlar qon oqishini boshqarishda yetakchi
rol o’ynaydi. Bu iikinchi bosqichdagi markazlarni uzunchoq miya va Varoliy
ko’prigida joylashgan tuzilmalar tashkil qiladi. Ulardan biri V.F.Ovsyannikov
kashf etgan tomirlarni harakatlantiruvchi markazdir. Markaz shikastlanganida
qon bosimi 60-70 mm.s.u. gacha pasayib ketadi. Demak, tabiiy sharoitda
tomirlarni harakatlantiruvchi markaz doimiy tonusga ega bo’lib, tomirlarni
toraytirib turadi. Markaz faoliyatini batafsil o’rganish uning ikki qismdan –
pressor va depressor qismlardan tuzilganligini ko’rsatdi. Pressor qismining
qo’zg’alishi arteriyalarni toraytirib, qon bosimini oshiradi. Depressor markaz
qo’zg’alganda, arteriyalarni kengaytiradi va qon bosimini pasaytiradi. Miyaning
stvol qismidagi markazlar organizm tinch holatda bo’lganda gemodinamikaning
asosiy ko’rsatkichlarini bir me’yorda saqlab turish qobiliyatiga ega. Asosan
tomirlarni toraytiruvchi simpatik nervlarni tonusini o’zgartirish yo’li bilan ta’sir
qiladi. O’z navbatida bu nervlar to’nusi tomir refleksogen sohalaridan keladigan
afferent impulslar ta’sirida o’zgarib turadi. Afferent impulslarning kuchayishi
vazokonstriktorlarning tonusini pasaytirib, tomirlarni kengaytiradi. Bu
impulsatsiyaning kamayishi vazokonstriktorlar tonusini oshirib, tomirlarni
toraytiradi.
Tomirlarni harakatlantiruvchi markazga qo’shni nafas markazidan va
markaziy nerv tizimining yuqori qismlaridan keladigan impulslar ham ta’sir
qiladi. Yuqori markazlardan birinchi galda gipotalamusning gemodinamikaga
ta’siri kuchli. Miyaning bu qismi stvol qismidagi markazlarni uzluksiz nazoratda
tutadi. Ularning tonusi va reflektor faoliyatini o’zgartirib, tana qismlari o’rtasida
qonni qayta taqsimlaydi. Bundan tashqari, gipotalamus turli hissiyotlar(qo’rqish,
g’azablanish, quvonch) bilan bog’liq gemodinamika o’zgarishlarini shakllaydi.
Gipotalamus qon aylanishini boshqaruvchi mexanizmlarning uchinchi bosqichi
bo’lsa, to’rtinchi eng yuqori bosqichi miya yarim sharlari po’stlog’idir. Qon
aylanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi sohalar bir nechta. Birinchidan, bu
premotor va motor sohalar. Ularning qo’zg’alishi pressor reaksiyalarni yuzaga
chiqaradi. Yarim sharlarning medial yuzasidagi sohalar, peshona va tepa


sohalarining bazal yuzasi ham qo’zg’alganda qon aylanishiga ta’sir qilib,
bosimni pasaytiradi.
Miya po’stlog’i rejalashtirilgan xatti-harakatlardan oldin maqsadga erishish
uchun zarur bo’lgan gemodinamika o’zgarishlarini shakllaydi. Bu muhim
reaksiyalar vegetativ nerv tizimi tomonidan boshqariladigan qon aylanishini
somatik nervlar yordamida idora etiladigan skelet muskullarining faollik
darajasiga moslashishini ta’minlaydi.
Faoliyat boshlanishidan oldin rivojlanadigan gemodinamika o’zgarishlari
shartli refleks yo’li bilan yuzaga chiqishi mumkin.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish