Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

LABILLIK
To’qimalar qo’zg’aluvchanligini baholashda ta’sirot bo’sag’asi, foydali vaqt,
xronaksiyalardan tashqari labillik tushunchasi ishlatiladi. Bu tushunchani
ifodalagan N.Ye.Vvedenskiy labillik yoki funksional harakatchanlik deganda
“… mazkur apparatning fiziologilk faoliyatiga hamroh bo’ladigan oddiy
reaksiyalarning ozmi-ko’pmi tezligi”ni tushungan. Olimning tasavvuriga ko’ra,
qozg’aluvchanlik to’qimaga tez-tez ketma-ket beriladigan ta’sirotlar tufayli shu
to’qima 1 sekundda qancha ko’p harakat potensialini yuzaga chiqara olsa,
o’shancha harakat potensialining miqdori labillik o’lchovi hisoblanadi. Ixtiyoriy
harakatlarni vujudga keltiruvchi harakatlantiruvchi nerv tolalaridan o’tdigan
impulslar soni bir sekundda 50 tadan oshmaydi. Sezuvchi nnerv tolalari
o’tkazishi mumkin bo’lgan impulslar soni 1 sekundda 1000 tadan ortiq. Demak,
sezuvchi tolalarning labilligi harakatlantiruvchi tolalarnikiga nisbatan
anchagina yuqori. To’qimalarning labilligi ularning faoliy holatiga qarab


o’zgarib turadi. Uning oshishi yoki kamayishi ham membrananing ionlar uchunn
o’tkazuvchanligi o’zgarishiga va bu o’zgarishlar natijasida taraqqiy etadigan
refrakterlikka bog’liq.
REFRAKTERLIK
Qo’zg’alish vaqtida qo’zg’aluvchanlikni aniqlashga qaratilgan tajribalar
natijasiga ko’ra, mahalliy javob vaqtida nerv tolasining qo’zg’aluvchanligi biroz
oshadi. Harakat potensiali cho’qqiga ko’tarilganida tola qo’zg’aluvchanligi
mutloq yo’qoladi. Repolyarizatsiya boshlanishi bilan, qo’zg’aluvchanlik asta
sekin tiklanadi.
Membrana qo’zg’aluvchanligi umuman yo’qolgan vaqt mutloq refrakterlik
davri, deb atalgan. Bu holatning rivojlanishiga natriy kanallari deyarli to’la
inaktivatsiyalangani, kaliy uchun membrana q’tkazuvchanligi oshgani sabab
bo’ladi. Repolyarizatsiya natriy kanallarining faolligi tiklanishiga va kaliy
oqimining sekinlashishiga olib keladi. Natijada qo’zg’aluvchanlik sekin
tiklanadi. Bu vaqqtni refrakterlikning nisbiy davri deymiz.
Nerv tolalarida mutloq refrakterlik davrining davomiyligi 1 ms dan kam,
nisbiy refrakterlik esa 5-10 ms davom etishi mumkin. Odamning yurak muskuli
tolalari olinsa, bu fazalarning davomiyligi 270 ms (mutloq refrakterlik) va 30 ms
(nisbiy refrakterlik) tashkil qiladi. Juda qisqa mutloq refrakterlikka ega bo’lgan
nerv tolasi 1 sekundda 1000 ta harakat potensialini vujudga keltirishi mumkin,
yurak muskuli esa shu vaqt davomida faqat 3-4 marta qo’zg;alish qobiliyatiga
ega. Demak, nerv tolasining labilligi yurak miskulinikiga nisbbatan 250-300
marta yuqori.
Nerv yoki muskul tolalarining qo’zg’alishi iz potensiali bilan tugasa, bu
davrda ham qo’zg’aluvchanlik o’zgaradi. Iz depolyarizatsiyalanish vaqtida
qo’zg’aluvchanlik odatdagidan biroz yuqori, iz giperpolyarizatsiyalanish vaqtida
esa biroz past bo’ladi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish