darvozalar ochilgan bo’lsa, inaktivatsion darvoza yopilib ulgurmaydi.Bu davrda
ikkala darvoza ochiq bo’lib, kanaldan natriy kationining o’tishiga to’siq
bo’lmaydi. Ammo depolyarizatsiya hali davom etaveradi, u inaktivatsion
darvozani sekin yopib, kanalni berkitadi. Natriyni hujayra ichiga o’tishi
to’xtaydi. Depolyarizatsiya to’xtagandan so’ng inaktivatsion darvoza sekin
ochiladi, aktivatsion darvoza esa tez yopiladi – kanallar asli holiga qaytadi.
Aktivatsion darvozalarning ochilib-yopilishi membrana potensialiga bog’liq.
Ularning membranaga botiq uchi musbat zaryadga ega. Hujayra tinch holatda
bo’lganda membrananing ichki yuzasidagi manfiy zaryadlar uni o’ziga tortadi.
Darvoza kanalga nisbatan ko’ndalang holatda uni to’sib turadi. Depolyarizatsiya
boshlanib, membrananing qutblari o’zgaradi. Darvozaning musbat zaryadli
ucchini manfiy zaryadga ega bo’lib qolgan tashqi yuza torta boshlaydi. Darvoza
kanal ”qirg’og’ida” faraz qilingan nuqtadagi o’q atrofida aylanib, kanaalga
nisbatan uzunasiga joylashadi, kanal ochiladi.
Bu gaplar natriy kanallari faoliyatiga taalluqli. Natriy kanallari faoliyatini
to’xtatib qo’yadigan maxsus modda – tetrodotoksin yordamida olingan
natijalarga muvofiq, kanallar soni turli hujayralar membranasining kvadrat
mikronida bir necha o’n onnadan bir necha minggacha yetishi mumkin.
Kaliy kanallarining tuzilishi va faoliyat ko’rsatishi natriy kanallarinikiga
o’xshash, farqi faqat bu kanallarnning selektivlik (tanlab o’tkazish) darajasida va
inaktivatsiya rivojlanishining tezligida. Kaliy kanallarining tanlab o’tkazish
qobiliyati juda yuqori, ulardan boshqa kationlar, masalan Na
+
deyarli o’ta
olmaydi. Nerv tolalaridagi kaliy kanallarining inaktivatsiyasi depolyarizatsiya
bir necha sekund davom etsagina yuzaga chiqadi.
Demak, ta’sirot membranada boshlang’ich depolyarizatsiyani yuzaga
keltiradi, u esa natriy kanallarining oz qismi ochilishiga sabab bo’ladi.
Kanallarning ochilishi hujayra ichiga qaratilgan natriy oqimini hosil qiladi. Bu
oqim boshlang’ich depolyarizatsiyani kuchaytiradi va boshqa kanallarning
ochilishiga olib keladi. Natriy kationlarining hujayraga juda tez kirishi
depolyarizatsiyani cho’qqisiga yetkazadi. Inaktivatsion darvozalar yopilishi
bilan natriy oqimi to’xtaydi.
Shu vaqtning o’zida depolyarizatsiya natijasida kaliy kanallari sekin-asta
ochiladi va tashqariga qaratilgan kaliy oqimi tezlashadi. Musbat kaliy
ionlarining tashqariga chiqishi membranani repolyarizatsiyalaydi. Kaliy oqimi
davomli bo’lsa, membrana giperpolyarizatsiya holatiga o’tishi mumkin. Bu
vaqtda membranadagi potensiallar farqi tinchlik potensiali miqdoridan oshib
ketadi.
Harakat
potensialining
egri
chizig’ida
iz
potensiallarining
giperpolyarizatsiya (musbat) bosqichi paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: