Musulmon ayol Allohga munosib bandadir Musulmon ayol Allohga qullik tushunchasini, bandalik mazmunini o‘zida go‘zal namoyon
etguvchidir. Sezgir, taqvoli musulmon ayol mustahkam ishonch sohibasidir, ayni vaqtda
yuksak niyat va maqsad uchun yaratilganini his etadi. Haqiqatda Parvardigorimiz bu
maqsadni shunday chegaralamoqda:
“Men jin va insni faqat O‘zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim” (Vaz-Zoriyot surasi, 56-oyat).
Haqiqatni his etgan musulmon ayol umrini, vaqtini behuda sovurmaydi. Uni munosib va
muvofiq kechirishni o‘ylaydi. Barcha iymonlilar shunday ekanini biladi. Shu sababli
iymonli insonlar Allohga bandalikni qanday amallar bilan ifoda etish zaruratini
tushunadilar. Mo‘min ayol qiladigan har qanday ishdan maqsad – Allohning rizoligiga
sazovor bo‘lish va shu niyatning qalbida ustivorligi va buyukligini his etib yashash.
Endi musulmon ayollarga ibrat bo‘ladigan, maqsadidan qaytmaydigan, niyatidan
Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi