Musulmon ayolning asl niyati – Alloh rizosidir
Musulmon ayolning asl niyati va maqsadi har doim Allohning rizoligidir. U barcha
amallarida shu o‘lchovga diqqat-nazarini qaratadi va hassos tarozuda tortadi. Alloh
nimani xush ko‘rib, nimadan rozi bo‘lsa, o‘shanga amal qiladi. Alloh norozi bo‘ladigan
noxush ishlardan, noxush holatlardan qochadi.
Agar musulmon ayol Alloh rozi bo‘ladigan, Alloh xush ko‘radigan bir narsa bilan odamlar
xush ko‘radigan bir narsa o‘rtasiga tushib qolsa, u, albatta, Alloh rizosini afzal ko‘radi va
Alloh xush ko‘radigan yo‘lni tanlaydi. Hatto bu tanlashdan odamlar achchiqlanib hafa
bo‘lsalar ham, bu borada ikkilanmaydi. Alloh rizosini ustun ko‘radi va Alloh rizosiga
erishish uchun, u barcha ko‘ngil g‘uborlarini yuvib xotirjamlik his etadi. Va alal oqibat,
Alloh insonlarni ham undan rizo qilishga qodirligini biladi va o‘ylaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |