224
muhit bilan o‗zaro munosabatlari, xususan iqtisodiyot, ijtimoiy hayot sohasidagi faol
fundamental tadqiqotlar mahsuli bo‗ldi. SHu sababli «tabiat» atamasining mazkur ma‘nosi
ijtimoiy falsafada ayniqsa ko‗p ishlatiladi va odamlar yashaydigan tabiiy muhitni ham, inson
qo‗llari bilan yaratilgan (o‗zgartirilgan) sun‘iy muhitni ham qamrab oladi. Boshqacha aytganda,
ayni holda o‗zaro bog‗liqlik va birlikda inson yashaydigan makonni tashkil etadigan «birlamchi»
va «ikkilamli» tabiat nazarda tutiladi.
Butun tarix mobaynida odamlar o‗zlarining atrof muhitga ta‘sir ko‗rsatish qobiliyatlarini
tinimsiz rivojlantirdilar va takomillashtirdilar. SHu tariqa jamiyatning tabiat bilan o‗zaro
munosabatlari ham o‗zgarib bordi.
Bugungi kunda tarix, arxeologiya, geografiya, etnografiya
sohasida va boshqa fanlarda mavjud ilmiy ma‘lumotlar tabiatga antropogen ta‘sir insoniyatning
son va sifat jihatidan o‗sishiga mutanosib ravishda tinimsiz kuchayib borgani va pirovard
natijada ijtimoiy rivojlanishning asosiy bosqichlarini aks ettirganini tasdiqlaydi. Bu
bosqichlarning har biriga atrof muhit bilan inson munosabatlarining o‗ziga xos shakllari va uning
ongida tabiatning har xil in‘ikosi xosdir.
SHuni ta‘kidlash lozimki, tabiat va jamiyat o‗zaro aloqasining u yoki bu bosqichlarini
ajratish nafaqat masalaning ob‘ektiv tomoniga, ya‘ni ko‗rsatilgan o‗zaro aloqalarni tavsiflovchi
tabiiy o‗zgarishlarga, balki bunday ajratish natijasida qanday maqsadlar ko‗zlanishiga ham
bog‗liq bo‗ladi. Ayni holda bizni insonning atrof muhitga ta‘siri xususiyati
va uning tabiatga
bog‗liqligi masalalari ko‗proq qiziqtiradi. Bundan maqsad qanday qilib inson o‗zining avvalgi
tabiatga to‗la qaramlik holatidan fan va texnikani faol rivojlantirib, ularning yordamida tabiatni
o‗ziga bo‗ysundirib, uni xizmatkoriga aylantirishga harakat qilib, pirovardida keskin ekologik
muammolarni yuzaga keltirganini ko‗rsatib berishdir.
Insoniyat jiddiy ekologik tangliklar xavfi bilan to‗qnash kelgach, odamlar xulq-
atvorining axloqiy tomoni ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi va endilikda «jamiyat-tabiat»
tizimida muammolar keskinlashuvidan oldingiga qaraganda o‗zgacha ma‘noga ega, zero, inson
o‗z faoliyatida asosiy e‘tiborni biosferaga qaratishi lozim. YUzaga kelgan vaziyatda bu
odamlarning yangicha axloqqa asoslangan tegishli xulq-atvorini taqozo etuvchi ob‘ektiv
zaruriyatdir. Mazkur axloq insoniyat bu sohada erishgan eng sara yutuqlarni aks ettiribgina
qolmasdan, balki hozirgi hayotning eng muhim muammolarini ham hisobga olishi lozim.
Xususan, qadimgi
rivoyatlarda keltirilgan, umumiy axloqiy qoida sifatida Kant
tomonidan ta‘riflangan («SHunday ish ko‗rginki, xohish-irodang maksimasi ayni vaqtda umumiy
qonunchilik tamoyili kuchiga ham ega bo‗lsin») axloqiy imperativ endilikda tabiatga nisbatan
ham tatbiq etilib, umumiy ekologik imperativga aylanishi lozim. Ekologiyaga tatbiqan bu
talabning ma‘nosi shundan iboratki, ish ko‗rayotgan har bir sub‘ekt (u
xoh ayrim inson, xoh
jamiyat yoki butun insoniyat bo‗lsin) o‗zining tabiatga bevosita yoki bilvosita daxldor bo‗lgan
barcha niyatlari, ishlari va xatti-harakatlarida o‗zini shunday tutishi lozimki, bu xulq-atvor
me‘yori umumiy ekologik qonunga aylana olsin.
Ijtimoiy hayotga ham, inson mavjudligining tabiiy sharoitlariga ham tegishli bo‗lgan bu
axloqiy qonunga o‗z holicha rioya qilish ekologiyaning barcha muammolarini bartaraf etishni
uzil-kesil kafolatlovchi birdan-bir va shak-shubhasiz talab hisoblanmaydi. Ammo har bir inson
va butun jahon hamjamiyati tomonidan odamlarning tabiat bilan munosabatlarida asos qilib
olingan
taqdirda, u muqarrar tarzda turli mamlakatlar va xalqlarni shunday bir holatga
keltiradiki, ular o‗zining tabiatni o‗zgartiruvchi siyosatini mazkur qonunga muvofiq qayta
tuzishga majbur bo‗ladi, shu tariqa jahon hamjamiyatiga yanada faolroq birlashish yo‗lidagi
ekologik g‗ov-to‗siqlarni bartaraf etadi. Aks holda nafaqat noosferaga erishish, balki
umuminsoniy muammolarni hal qilish ham mumkin emas.
16-Mavzu:
Do'stlaringiz bilan baham: