Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   359
Bog'liq
falsafa

Axloqshunoslik
bir necha ming yillik tarixga ega bo‗lgan qadimiy fan. U bizda ―Ilmi 
ravish‖, ―Ilmi axloq‖; ―Axloq.‖, ―Odobnoma‖ singari nomlar bilan atab kelinran. Ovro‗poda esa 
―Etika‖ nomi bilan mashhur, biz xam yaqin-yaqingacha shu atamani qo‗llar edik. Uni birinchi 
bo‗lib, yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch 
rupuhra bo‗ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi rupuhra u falsafa, matematika va fizikani; 
Ikkinchi rupuhra - etika va siyosatni; uchinchi rupuhra esa - san‘at, hunarmandchilik va amaliy 
fanlarni kiritadi. SHunday qilib, kadimgi yunonlar axloq xaqidagi ta‘limotni fan darajasiga 
ko‗targanlar va ―Etika‖ deb ataganlar.Hozirgi kunda bu fanni ilmiy va zamonaviy talablar nuqtai 
nazaridan ―Axloqshunoslik‖ deb atashni maqsadra muvofiq deb o‗ylaymiz. Axloqshunoslik 
axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini 
o‗pganadi. ―Axloq‖ so‗zi arabchadan-olingan bo‗lib, ―xulq‖ so‗zining ko‗plik shaklidir. ―Axloq‖ 
iborasi ikki xil ma‘noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot ob‘ektini anglatsa, 
muayyan tushuncha sifatida inson fe‘l-atvori va xatti-xarakatining eng qamrovli qismini 


226 
bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatda olib, uni doira shaklida aks etgiradigan bo‗lsak, 
doiraning eng kichik qismini odob, undan kattapoq qismini hulq, eng qamrovli qismini axloq 
egallaydi. 
Odob
- inson xaqida yoqimli taassurot uyg‗otadigan, lekin jamoa, jamiyar va insoniyat 
hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‗lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli 
hatti-harakatlarni o‗z ichiga oladi. 
Xulq
- oila, jamoa, mahalla - miqyosida ahamiyatli bo‗lgan, ammo jamiyat va insoniyat 
hayotira sezilarli ta‘sir ko‗rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui. 
Axloq 
esa - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‗la oladigan ijobiy xatti-
harakatlar yig‗idisidir.
Bu fikrlarimizni misollar misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik metroda 
yoshgina yigit, talaba hamma qatori o‗tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi, chiqib, 
unning ro‗parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: ―O‗tiring, otaxon!‖ deb joy bo‗shatsa, u 
chiroyli a‘mol qilgan bo‗ladi, chetdan qarab turganlar unra ich-ichidan minnatdorchilik bildirib, 
―Baraka topgur, odobli yigitcha ekan‖, deb qo‗yadi. Aksincha, talaba yo teckari qarab olsa, yoki 
o‗zini mudraganga solib, qariyaga joy bo‗shatmasa, g‗ashimiz keladi, ko‗nglimizdan: ―Buncha 
beodob, surbet ekan!‖ degan fikr, o‗tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taaccurot uyg‗otadi. Lekin, 
ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo‗shatgani eki bo‗shatmagani oqibatida vagondagi 
yo‗lovchilar hayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi - muhim o‗zgarish po‗y bermaydi. 
Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri 
imkon boricha qo‗ni-ko‗shnilarning barcha ma‘rakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qo‗lidan 
kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko‗ngil, ochiq qo‗l, doimo uz bilimini oshirib borishga 
intiladi, tirishqoq oila a‘zolariga mehribon va h.q Unday odamni biz xushhulq inson deymiz va 
unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo‗lsa, u qo‗ni qo‗shnilar 
bilan qo‗pol muomala qilsa, to‗y-ma‘rakalarda janjal ko‗tarsa, sal gapga o‗dag‗aylab, musht 
o‗qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning 
badxulqliligidan oilasi, ba‘zi shaxslar jabr ko‗radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin 
xatti-harakatlar 
jamiyat ijtimoiy hayotiga 
yoki insoniyat tarixiga biror ta‘sir 
o‗tkazmaydi.Axloqqa kelsa, masala jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik bir tuman yoxud viloyat 
prokurori o‗zi mas‘ul hududda qonun ustuvorlirini, adolat qapop topishini ko‗zlab ish yuritadi, 
lozim bo‗lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga 
erishadi; oddiy fuqaro nazdida nafaqat o‗z kasbini e‘zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq 
posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi, u – umpni millat, vatan va inson manfaatira 
bag‗ishlagan yuksak axloq egasi; u, o‗zi yashayotgan, jamiyat uchun namuna bo‗laroq o‗sha 
jamiyatning yanada taraqqiy topishira xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha. Qonun 
himoyachisi bo‗la turib, o‗zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo‗lida oqni qora, qorani oq deb 
tursa, u axloqsizlik qilgan bo‗ladi: oddiy fuqaro nazdida boshqa kishi prokuror-amaldor emas, 
balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg‗onadi. va tasavvurning muntazam 
kuchayib borishi esa, oxir-oqi6at o‗sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi. Albatta, har 
uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. CHunonchi, hozirgina misol 
keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan yakka xukmronligi yo‗lida millionlab 
begunoh insonlarni o‗limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Gitler, Pol Pot singari shaxslar orasida 
farq bor: agar prokurorning axloqsizliri bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar 
tuzum humdorlari xatti-harakatlari umum6ashariy miqyosdagi fojialarga olib keladi. Bu o‗rinda 
shuni alohida ta‘kidlash joizki, axloqiy tar6iya natijasida odoblilik-xushxuqlilikka, xushxulqlilik 
- yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo‗lga qo‗yilmagan joyda muayyan shaxs, 
vaqti kelib, odobsizlikdan- badxulqlilikka, badxulqllidan - axloqsizlikka o‗tishi mumkin. 
SHunday qilib, axloqshunoslik mazkur uch axloqiy hodisani bir-biri bilan uzviylikda va 
nisbiylikda o‗rganadi.
Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan uch yarim mign yil avval dunyodagi 
birinchi yozuv bo‗lmish mix xatda giltaxtalarga yozilgan maqol va matallardir. Somir (SHumer) 
alqovlarida (gimnlarida) deyarli barcha bosh ma‘budlar ezgulik, adolat, haqiqat va yaxshilik 


227 
tarafdorlari bo‗lganlari uchun xam madx ztiladi. CHunonchi, yosh ma‘budi Utu axloqiy 
me‘yorlarning bajarilishini maxsus kuzatib turgan, ma‘buda Nanshe esa, ba‘zi matnlarda haqiqat 
adolat va shafqat xomiysi sifatida tasvirlanadi. Lekin, ayni paytda, ma‘budlar tomonidan. 
o‗rnatilran. ―Me‖ deb atalran qonunlar ro‗yxatidan olam harakatini tartibga solish, uninr 
to‗xtovsiz va uyg‗un bo‗lishini taminlash maqsadida yuqoridagi axloqiy fazilatlar bilan 
birralikda – ―yolg‗on‖, ‖nifoq‖, ―gina‖, ―kudupat‖, ―qo‗rquv‖ tushunchalari xam o‗rin olgan. 
SHuningdek somiriylarning maqol va matallari, xikmat-iboralari ham diqqatga sazovor, ularning 
ko‗pchiliri umuminsoniy hikmatlar darajasiga ko‗tarilgan va SHarqda bir oz boshqacharoq 
shaklda hozir qo‗llaniladi. Bundan tashqari, turli axloqiy muammolar esa ―Gilgamesh‖ eposi 
dostonlarida ko‗tarilgan. 
Dastlabki axloqiy qonun-qoidalar ana shu tanlovni ro‗yobga chiqrishga, yana ham aniqroq 
aytganda, uni osonroq amalga oshirishga xizmat qilgan ilk axloqiy qoida ―O‗zingga ravo 
ko‗rmagan narsani boshqaga ham ravo ko‗rma‖ mazmunida dunyoga kelgan. Uning hozirgi 
zamondagi o‗zbekchasi ―pichoqni avval o‗zingga ur, og‗rimasa o‗zgaga ur‖, ―O‗zingni er 
bilsang, o‗zgani sher bil‖ kabi maqollarda aks etgan. Axloqing oltin qoidasi deb atalgan ushbu 
qoida, bizningcha, eng qadimiy axloqiy talablardandir. Zero xun olish talabi keyinroq paydo 
bo‗lgan va insonning asl mohiyatiga to‗g‗ri kelmaydigan qoidalardan barcha muqaddac 
kitoblarda insonni zo‗rlik bilan jonsiz qilishning mumkin emasligi ta‘kidlanadi. Biz ko‗rib 
o‗tganimiz, bundan deyarli XXX asr muqaddam tarqala boshlagan zardushtiy dinining muqaddas 
kitobi ―Avesto‖dayoq axloqiy qonun-qoidalar ishlab chiqilgani diqqatga sazovor. Unda insonni 
inson tomonidan o‗ldiririshgina emas, balki it, ot kabi hayvonlarni jonsiz qilish, daraxt va 
o‗simliklarni behuda halok etish qatiyan man qilinadi, inson faqat ezgu uy, ezgu niyat na ezgu 
a‘mollar bilan yashashi lozimligi ta‘kidlanadi. Bibliyoda Qobilni o‗ldirgan Hobildan Tangri xun 
olmaslikni va uni o‗ldirmaslikni talab etadi. Buddha ta‘limoti jonlini jonsiz qilishni eng katta 
gunoh deb biladi. Injilda ―O‗z qavmdoshingni cev‖, ―odam o‗ldirma‖, degan da‘vatlar asosiy 
qoidalar sifatida namoyon bo‗ladi. Kur‘oni Karimda esa xun olishdan qo‗ra tovon olmoq 
ma‘qulligi aytiladi na musulmonlar o‗zaro faqat go‗zal munosabatlar qilishi lozimligi 
ko‗rsatiladi. Demak, dastlabki axloqiy qonun-qoidalar muqaddas kitoblarda o‗z aksini topgan 
zo‗ravonlikka zo‗ravonlik bilan javob bermaslik tamoyili asosida yaratilgan.
Ana shu, inson axloqiy hayotining-asosi bulgan qonun qoidalar hozir ham o‗z 
ahamiyatini yo‗qotgani yo‗q. Odamlar ularni og‗ip majburiyat deb bilmasdan, dil-dildan 
bajaradigan zamonning tezroq kelishi uchun tinmay harakat qilishlari axloqiy taraqqiyotdan 
dalolatdir. Zero ana shu yo‗lda inson uz yaratganiga maqbul komil inson bo‗lib etishadi. 
Hozirgacha bo‗lgan bizdagi ananaviy axloqshunoslikda axloqni tarixiy materializm 
tamoyiliga asoslanib davriylashtirish qabul qilingan quldorlik axloqi, feodalizm axloqi, burjua 
axloqi v.h . Tarixiylik nuqtai nazarini rad etmagan holda, biz bunday davriylashtirishga ehtiyot 
bo‗lib munosabat qilishni tavsiya etardik. Negaki, u axloq ilmini soxtalashtirishga, bir 
tomonlama qatiy hukm chiqarishga asoslangan. CHunonchi, unda ―Quldorlik axloqi‖, degan 
tushuncha mavjud va u qatiy ravishda ―qul - rasmona odam emas, jonli napca‖ degan tamoyil 
bilan ish ko‗radi. SHunday ekan, u holda, yuqorida kelgirganimiz, Qadimgi Misr donishmandi 
Pxatotepning ―Pandnoma‖sidagi ―Qimmatbaho toshdek yashirindir oqilona so‗z, holbuki uni don 
tuyayotgan cho‗ridan topish mumkin‖, degan hikmatini qanday tushunish mumkin?. Qadimgi 
yunon masalchisi, qul Ezopga xo‗jayinining munosabati bekasining uni sevib qolishi yoki 
Qadimgi Rumoda ba‘zi bir ozod etilgan qullarning keyinchalik senatorlardan ham kattapoq 
obro‗ga ega bo‗lganini qanday izohlaymiz. YOki ―O‗tgan kunlar‖dagi Hasanalining 
YUcufbekhoji oilasidagi mavqei-chi? Xuddi shuningdek, o‗rta asrlarda ajdodlarimiz yaratgan 
durdona pandnomalarda, odatda, amaldorlar va feodallar emas, balki oddiy xalq vakillari ko‗p 
hollarda axloqiy jihatdan ustun kilib tasvirlanadi. Abu Bakr ar-Roziy o‗zining ―Kambag‗allar 
tabobati‖ degan nom bilan mashhur bo‗lgan kitobida, hatto, mana bunday deb yozadi ―qo‗li 
qisqa kishilarning bolalari kambag‗al va kamtarona yashayotganliklari tufayli halol, fazilat 
egalari bo‗lib etishishlari mumkin, zero ularning boshqalarga nisbatan sabr-toqat ko‗rsatishlari, 
tarbiya hamda mashg‗ulotlarda qiyinchiliklarga bardosh berishlari oson ko‗chadi‖. Xo‗sh, bu 


228 
misollar istisnomi? aslo. Istisnoli holatlarning bunchalik ko‗p bo‗lishi mumkin emas. Gap 
shundaki, ―quldorlik axloqi‖ yoki ―feodalizm axloqi‖ deganda, aslida axloqiy tamoyil emas, 
balki mazkur davr yoki tuzum ishari surgan huquqiy tamoyillar nazarda tugilgan. Natijada 
yuqoridagi misollarda ko‗rganimizdek, ichki axloqiylik bilan tashqi huquqiylik doimo kurashib 
kelgan. Ana shu nomutanosiblik sababli ko‗pgina mutafakkirlar chalkash xulosalarni 
chiqaradilar. CHunonchi Sartr, AQSHdagi fuqarolar urushi davrida ko‗tarilgan axloqiy 
muammolar hozir ham insoniyat oldida turibdi, bu borada tashlanish ro‗y bergan emas, deydi.
Demak, Sartr to‗g‗ridan-to‗g‗ri axloqiy taraqqiyot yo‗q, degan fikrni ilgari suryapti. 
Bunga qo‗shilib bo‗lmaydi. Agar ezgulik va yovuzlik, yaxshilik na yomonlik, ixtiyor erkinligi, 
tanlov singari tushunchalar hanuzgacha o‗z nomini saqlab qolganini, o‗zgarmaganligi nazarda 
tutsak, balki Sartr haqdir. Lekin axloqiy tushunchalarning nomlari o‗z-o‗ziga mavhum va 
mantiqiy hodisalardir. Ularning muayyanlashuvi va yashashi makon va zamon ichidagi inson 
xatti-xarakatlariga bog‗liq. Masalan, nomus tushunchasini olaylik. U yuqorida keltirganimiz 
talon - xun olish davrida ham bor edi va ana shu xun olishning amalga oshirilishi orqali ma‘no 
kasb etardi. Tarixga nazar tashlasak, xatto xun olish jarayonining ham taraqqiy topib borganini 
ko‗rish mumkin. Hozirgi davrga kelib esa, xun olish axloq muammosi sifatida kun tarti6idan 
chiqib ketdi. Endi nomus tushunchasining asosiy qamrovi – boshqacha. Demak, insoniyat 
tarixida axloqiy taraqqiyot bo‗lgan va u davom etib kelmoqda. To‗g‗pi, bu davom etish qatiy 
tadrijiylikka ega emas. U goho susayish, ba‘zan esa bir oz optta chekinish, "ba‘zan bir qancha 
muddat qoim turish xususiyatlariga ega. Lekin katta davrlar va tarixiy oraliqlarni olib qaraydigan 
bo‗lsak, axloqiy taraqqiyotning mavjud ekaniga ishonch hosil qilish qiyin emas. Mustabid 
tuzumlar va shaxslar keltipib chiqargan axloqiy tanazzzular hammasi qiziq muddatli hamda 
o‗tkinchi hodisalardir. Zero insonning asosiy mohiyati o‗zini va o‗z jamiyatini taraqqiy ettirib 
borish bilan belgilanadi. Axloq esa ana shu taraqqiyotdan hech qachon chetda turmaydi. 
Axloqqa gap borganda, albatta uning muayyan tuzilmasi, unga asos bo‗lgan omillar, 
unsurlar to‗g‗risida to‗xtalmaslik mumkin emas. Axloq tuzilmasini, odatda, uch omil-asosdan 
iborat deb hisoblaydilar. Bular - axloqiy anglash (axloqiy ong), axloqiy his etish (axloqiy 
hissiyot) va axloqiy munosabatlar (axloqiy hatti-xarakatlar). Bazi mutaxassislar (chunonchi, 
mashhur rus axloqshunosi A I. Titarenko) axloqshunoslik mezoniy tushunchalarini 
(katetoriyalarini), axloqiy meyorlar va tamoyillarni axloq tuzilmasi tarzida taqdim etadilar. 
Bizning nuqtai nazarimizdan bu fikr unchalik to‗g‗ri emas. CHunki mazkur tushunchalar, 
tamoyillar va meyorlar ko‗proq axloqqa emas, balki uni o‗rganadigan fanga – axloqshunoslikka 
taalluqlidir.. Umuman, shuni aytish kerakki, axloqshunoslik fanida ancha-muncha chalkashliklar 
mavjudki, ularning sababini mazkur fanning boshqa fanlarga nisbatan aloqqa xususiyatlarga 
egaligidan, yani unda ko‗p hollarda ilmiy-nazariy jihatlarning ilmiy-amaliy tomonlar bilan 
omuxtalashib ketganidan qidirmoq lozim. 
SHunday qilib, axloq tuzilmasi uch asosiy omilni axloqiy anglash, axloqiy aks etish va 
axloqiy munosabatlarni uz ichiga oladi. Ayni paytda ana shu omillarning tuzilmadagi o‗rni, 
to‗g‗rirog‗i, mavqei masalasida ham turli xil qarashlar mavjud. Ba‘zi axloqshunoslar axloqiy 
anglashni, boshqa birovlar axloqiy hissiyotning o‗zini asosiy unsur deb talqin etadilar. YAna 
ba‘zi birovlar axloqiy anglash - axloqiy ongga etakchilik mavqeini beradilar. Xo‗sh, aslida 
qanday qarash haqiqatga yaqinroq? 
Avvalo, shuni ta‘kidlash kerakki, juda ko‗p hollarda axloq tuzilmasidagi mazkur uch omil-
unsurning birortasisiz axloq tushunchacini tasavvur qilib bo‗lmaydi. Boshqacha aytganda, 
axloqni inson ko‗zi oldida gavdalanuvchi axloqiy munosabatlarning aks etish va axloqiy 
anglashsiz yuzaga chiqishi yani mavjud bo‗lishi mumkin emas. Bunday holat axloqiy his etishga 
ham, axloqiy anglashga ham taaluqli. Zero tuzilmadagi bu uch unsur-omil bir-birisiz kamdan-
kam mavjud bo‗ladi, doimo bir-birini taqozo qiladi. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish